7.1. Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va
etakchi shakli sifatida.
O’qitish shakli deganda, ta`lim beruvchining (pedagog, tarbiyachi) va
o’quvchilarning belgilangan tartibda hamda muayyan tartibda kechadigan maxsus
uyushtirilgan faoliyati tushuniladi. O’qitish shakllari o’quvchilarning miqdoriy
tarkibiga ko’ra, o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro harakatning
tabiatiga ko’ra (faollik va mustaqillik darajasi), faoliyat usullariga ko’ra (qaysi
metod va usullar bilan) o’tkazilish joyi, shuningdek, yaxlit o’quv jarayonida tutgan
mavqeiga ko’ra farqlanadi. Bu mavqe ta`lim jarayonining u yoki bu shaklida
tashkil etishda hal etiladigan ta`lim - tarbiyaviy vazifalarning tabiatiga ko’ra
belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`limni tashkil etishning yalpi guruhli va
alohida shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari bolalar bilan olib boriladigan
ta`limiy ish ular hayoti va kundalik muloqotidagi rang - barang o’qishdan tashqari
faoliyatini uyushtirish o’yinlarga rahbarlik qilish jarayoni bilan aloqadorlikda
amalga oshiriladi.
O’qitishning tashkiliy shakli bo’lmish mashg’ulotlar uchun quyidagi
qator xususiyatlar xos:
1. Bolalar mashg’ulotda «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» da
ko’zda tutilgan ta`limning u yokn bu bo’limiga oid ko’nikmalarni o’zlashtiradilar.
2. Mashg’ulotlar muayyan yosh guruhi bolalarning doimiy tarkibi bilan
o’tkaziladi.
3. Mashg’ulotlar pedagoglar tomonidan tashkil etiladi va o’tkaziladi. Ular
mashg’ulotlarning mazmuni va vazifasini belgilaydilar, metodlar va usullarni
66
tanlaydilar, bolalarning bilish faoliyatini bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirishga yo’naltiradilar hamda tashkil etadilar (A. P. Usova).
Mashg’ulotlarda
dastur
mazmunining
barcha
bolalar
tomonidan
o’zlashtirilishi amalga oshiriladi, shuning uchun ham ular o’qitishning asosiy
shakli hisoblanadi, Boshqa o’qitish shakllaridan bolalarning mashg’ulotlar
mazmunini o’zlashtirishga oid tajriba va tayyorgarliklarini boyitish yoki bilimlarni
o’zlashtirish jarayonini alohida - alohida o’zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi.
Sabab o’tilgan xususiyatlar mashg’ulotlarni o’qitish shakli sifatida maktabdagi
o’qitish shakli - darsga yaqinlashtiradi, bu bilan o’qitishdagi ketma - ketlik
ta`minlanadi. Dars va mashg’ulot o’rtasidagi asosiy farqlar yuklamaning
intensivlik darajasida o’qitish ishini olib borishda qo’llaniladigan tuzilish va
metodlardadir.
Mashg’ulotlar - maktabgacha ta`lim muassasasisida olib boriladigan ta`lim -
tarbiyaviy ish tizimida alohida o’rin tutadi. Ular vaqt jihatdan chegaralangan
bo’ladi. Sayrlarning mazmuni va tuzilishi (kuzatish, o’yin va mehnatni tanlash va
navbatlashtirib turish, yalpi yoki guruhli faoliyatni mustaqil va alohida faoliyat
bilan qo’shib olib borish) mashg’ulotdagi aqliy va jismoniy yuklamalarning tabiati
bilan muvofiqlashtiriladi. Mashg’ulotlar mazmuni bolalarning’ ertalabki vaqtining
bir qismi hajmida tashkil etish ko’zda to’tiladi. Mashg’ulotlar miqdori va ularning
davomiyligi guruhdan-guruhga o’tgan sayin tobora ortib boradi. Mashg’ulotlarni
qo’shib olib borishda bolalarning bu mashg’ulotlarning har biridagi faoliyatning
murakkablik darajasi va tabiati hisobga olinadi.
Mashg’ulotlarning mazmuni va tuzilishk. Mashg’ulotlar o’qitishning quyidagi
bo’limlari bo’yicha olib boriladi: atrof - muhit bilan tanishtirish va bolalar nutqini
o’stirish, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish, tasviriy faoliyat va
qurish - yasash, jysmoniy tarbiya musiqaviy tarbiya.
Mashg’ulotning aniq mazmuni «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» dagi
muayyan bo’limlar talablari asosida bolalarning o’quv bilish faoliyatining
shakllanganlik va dasto’rning oldingi mavzularini o’zlashtirganlik darajasini,
shuningdek,
turli
yosh
guruxlariga
mansub
bolalarni
tarbiyalash
va
rivojlantirishning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Mashg’ulot dasturi quyidagilarni ko’zda tutadi;
1) ob`ekt-larshing xususiyatlari va sifatlari (tasavvurlar va elementar
tushunchalar), ularning tub o’zgarishlari, aloqalari, ha-rakat usullari va hokazolar
haqidagi bilimlarning muayyan. hajmini, ularni dastlab o’zlashtirish, kengaytirish,
mustahkamlash, umumlashtirish va tizimlash;
2) faoliyatning mahsuldor turlarida qo’llaniladigan amaliy ko’nikma va
malakalar hajmini (ularning shakllanish darajasini ko’rsatgan holda);
3) o’quv-bilish faoliyatining ko’nikma va malakalari hajmini, ularning dastlab
shakllanishi yoki takomillashuvini, qo’llashga oid mashqlarini (vazifani qabul qila
olish, rejalashtirish, faoliyat natijalarini nutqda qo’llay olish va boshqa umumiy
hamda maxsus o’quv ko’nikmalari);
4) psixik va bilish jarayoni sifatlarini rivojlantirish vaznfalarini (diqqatning
jamlanganligi va erkinligini, idrokning tabaqalashtirilgan-ligini, solishtirish va
tavsiflash malakalarini o’stirishni va hokazolar);
67
5) muayyan mashg’ulotda beriladigan (o’zlashtiriladigan) bilimlarga, voqea
va hodisalarga bolalar munosabatini shakllantirish, o’z faoliyatiga munosabatni
tarbiyalash, tengqurlari o’rtasida o’zaro munosabatlarni o’rnatish, shuningdek,
o’qitish mashg’ulotlari sharoitida yurish - turish qoidalari va me`yorlarini
o’zlashtirishni.
Shunday qilib, mashg’ulotlar mazmuni ham ta`limiy, ham tarbiyaviy
vazifalarni ular birligida va o’zaro harakatida hal etishga yo’naltirilgandir.
Har bir mashg’ulotdagi o’quv mazmunining hajmi uncha katta bo’lmaydi. U
turli yosh guruhlaridagi bolalarning xotira va diqqati hajmini, ularning aqliy ish
qobiliyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, kuzatish chog’ida yangi
ob`ektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya yoshi guruhidagi bolalar 2 - 3 yorqin
belgini eslab qolish (o’zlashtirish), o’rta tarbiya yoshi guruhiga mansub bolalar 3 -
4 tagacha, katta tarbiya yoshi guruhidagilar esa 5 - 6 tagacha belgini (rang, shakl,
tuzilish, proportsiya, ko’lam, nimaga ishlatilishi) eslab qolishga qodirdirlar.
O’qitishning tashkiliy shakllaridan bo’lmish mashg’ulot uchun ko’proq ushbu
jarayonning tugallanganligi xosdir: ya`ni, ta`limning asosiy bo’g’inlarining va
bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning bosqichlarining mavjudligi.
Yangi materialni o’zlashtirish unga bevosita birikadigan eski materialni qayta esga
tushirish asosida kechadi. Yangi material «kichik» miqdorlarda beriladi. Bir
mashg’ulot davomida yangi materialni dastlabki idrok etish ham, uni tushunib
olish va mustahkamlash ham amalga oshiriladi, bu mashg’ulot tuzilishida ham aks
etadi. Takroriy mashg’ulotlarda bilimlar, ko’nikma va malakalarni yanada
kengaytirish, tushunib olish va o’zlashtirish yuz beradi. Bilimlarni rang - barang
faoliyatda va turli sharoitlarda xuddi shunday ko’p martalab idrok etishgina tarkib
toptiriladigan tasavvurlarning to’laqonli bo’lishini ta`minlaydi.
SHu bilan birga maktabgacha katta yoshdagi bolalar guruhlarida asosiy
mazmuni ko’nikma va malakalarni ishlab chiqishdan yoki bilimlarni tizimlashdan
iborat bo’lgan mashg’ulotlarni tashkil etish mumkin. SHunga muvofnq bolalarning
o’quv
faoliyati
uyushtiriladi,
metodlar
belgilanadi
(birinchi
holda
mashqlar,ikkinchi holda suhbatlar). Bunday mashg’ulotlarning tuzilishi odatdagi
namunaviy mashg’ulotlardagidan farq qiladi: unda o’quv jarayoniga tegishli vazifa
asosiy o’rin tutadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasilaridagi mashg’ulotlarning tuzilishida bi-
limlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni tekshirish o’tkazilmaydi. Bu ish
bolalarning mashg’ulotlardagi faoliyatini kuzatish jarayonida, bolalar faoliyati
natijalarini tahlil qilishda, shuningdek, kundalik hayotda va bolalar yutuqlarini turli
ilmiy metodikalar yordamida o’rganish chog’ida amalga oshiriladi.
Mashg’ulotlarni tashkil etish va bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish.
Mashg’ulotlar barcha bolalar bilan yalpisiga olib boriladi. Bu uni tashkil etilishi va
bolalar faoliya-tiga rahbarlik qilinishiga alohida e`tiborni talab qiladi. Avvalo,
bolalarning umumin yuqori ish qobiliyatini ta`minlaydigan g’igienik sharoitlar
yaratilishi lozim. Mashg’ulotlar toza, yaxshi shamollatilgan, bolalar bo’yiga mos
mebellar bi-lan jihozlangan xonada o’tkazilishi lozim.
Har bir aniq mashg’ulot uchun uyushtiriladigan vaziyat amalga oshiriladigan
o’quv faoliyatining tabiatiga mos bo’lishi kerak. Bolalar xonada ularning faoliyat
68
ko’rsatishlari uchun imkoniyat juda yaxshi bo’ladigan tartibda loyixalashtirilishi
zarur: bolalar stolda tarbiyachiga ro’para bo’lib yoki yarim doira yasab o’tirishlari,
birlashtirilgan stollar atrofida o’tirib yoki tura olishlari kerak.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o’qitishda ko’rgazmali va amaliy
metodlardan foydalanish buyumli, tasviriy, chizmali kabi xilma - xil ko’rgazmali
materiallarni qo’llanish bilan bog’liqdir. Ulardan biri bolalarning birgalikdagi
faoliyatida foydalaniladi, boshqalari tarqatma material sifatida ishlatiladi.
Mashg’ulotni tashkil etishda materialning oqilona joylashishi ko’zda to’tiladi,
undan foydalanish izchilligi, tavsiya etish usuli u bilan ishlash tabiati belgilab
olinidi.
Mashg’ulotning ichki mantig’i va tuzilishi uning asosiy qismlari, ya`ni,
mashg’ulotning boshlanishi, davom etishi, yakunida aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |