6.4. Bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirish.
Bolalarning mexnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish
ma`quldir.
Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqdan
foydalaniladi. O’z mazmuniga ko’ra topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.
Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so’ngra uni
bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu
tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va
ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o’rgatish, barcha bolalarning
63
qo’lidan keladigan bo’lib borishiga ko’ra tarbiyachi o’zining alohida e`tiboriga
muhtoj bo’lgan bolalarning ismlarinigina ko’rsatib beradi.
Bolalar navbatchiligiga raxbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mexnat
hajmi va mazmunini, o’zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtirishda
foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko’rsatadi.
Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mexnat mazmuni
murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotgan bolalar tarbiyachining alox
4
ida
e`tiboriga muhtoj bo’lgan hollarda ko’rsatiladi. Vaqti - vaqtida navbatchilik
bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan vaqtda (katta guruhda)
bolalar bilan suhbat rejalashtirnladi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mexnatlarini tashkil qilish mazmuni va
tarkibi, o’tkazish vaqti ko’rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Navro’z va mustaqillik bayramlaridan avval uyushtiriladigan umumxalq
xasharlari, bayramlari maktabgacha ta`lim muassasasisida bolalarda Vatanga
muhabbat, baynalmilalchi xislatini tarbiyalash, ularga xalqning jangovor va
mexnat an`analarini tanishtirish maqsadlarida nishonlanadi.
Bayramlar tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirilishi lozim.
Rejada muassasaning butun jamoasi, shu jumladan bolalarning
ham
tayyorgarliklari aks ettiriladi.
Tarbiyachining joriy rejasida bolalarga u yoki bu bayram (yoki mashhur
sana) ning ahamiyati haqida hikoya qilinadigan, bolalar katta yoshlilarning
bayramga tayyorgarliklari bilan tanishish imkoniga ega bo’ladigan sayr -
tomoshalar o’tkaziladigan turli mashg’ulotlar nazarda to’tiladi. Bolalarni bayram
ertaliklarida qatnashishga tayyorlash: she`rlar, qo’shiqlar aytish, raqsga tushish,
libos va boshqa atributlarni tikishi xam rejalashtiriladi. Pedagoglar kengashida
bayram dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bolalarni bayramga tayyorlash
jarayonida ham, bayramni o’tkazish kunida xam uyushtirish shakllari o’ylab
chiqiladi va puxta rejalashtirnladi.
Umumxalq bayramlariga bag’ishlangan ertaliklardan tashqari tarbiyachi
bolalar bilan maishiy bayramlar va turli ko’ngil ochishlar: yangi yil bayrami,
bolalarni maktabga chiqarish, bir oyda tug’ilgan bolalarning tug’ilgan kunlarini bir
kunda nishonlash, shuningdek, qo’g’irchoq, soya teatrini, ko’ngil ochadigan
videofilm va kinofilmlar, oynai jahon ko’rsatuvlarini ko’rsatish va shu kabilarni
o’tkazishni rejalashtiradi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ota - onalar o’rtasida ishlashni rejalashtirish
pedagoglik targ’ibotini amalga oshirish rejalashtiriladi. Ularni oila va bolalar
muassasasining bolalarga ta`sir ko’rsatishda hamkorlikni yo’lga qo’yish
maqsadlarida ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi, bolalarni oilada
tarbiyalashning ilg’or tajribasini o’rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish
uzluksiz tarzida amalga oshiriladi va maktabgacha ta`lim muassasasisi mudirasi
tomonidan ham (yillik rejada), xar bir guruh tarbiyachisi tomonidan ham
rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari va ularning mazmuni quyidagilarni: ota -
onalar majlislarini, maslahatlarini o’tkazishni, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar
kunini, mashg’ulotlar o’tkazishni, bolalar ishlari ko’rgazmalarini tashkil etishni,
ota - onalar burchaklarini yangilash va shu kabilarni nazarda tutadi.
64
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim - tarbiyaviy ishlarning mazmuni va
vazifalarini tushuntirib bering.
2. Bolalarda xulq-atvor malakalarini tavsiflab bering.
3. Guruxlarda bolalar o’yinlarini rejalashtirishga qo’yiladigan pedagogik
talablarni qanday izohlash mumkin?
4. Dastur asosida bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirishning maqsadi va
mohiyatini tushuntiring.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y
2. Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y.
3. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y.
4. O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5. B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6. Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y.
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari. Toshkent 2008 y.
8. J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y.
9. R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
10. R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖. Toshkent
―Iste`dod‖. 2008 y
11. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
12. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
13. ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y.
65
VII BOB. Mashg’ulotlarda o’qitishni rejalashtirish (amaliy)
Reja:
1. Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va
etakchi shakli sifatida.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`limning o’ziga hos
hususiyatlari.
3. Ertalabki vaqt bo’lagi, sayr va kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarning mashg’ulotlarni, ertalabki vaqt bo’lagi,
sayr va kunning ikkinchi qismini rejalashtirish bo’yicha bilimlarini
mustahkamlash.
Mavzuning vazifalari: Materiallar asosida mashg’ulotlarni rejalashtirish
bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Mustaqil pedagogik jarayonlarni
rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |