Maktabgacha yoshidagi bolalar muomalasi.
Bola endi maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muomalada bо‘lgan bо‘lsa, endi maktab о‘qituvchisi, sinf rahbari bilan ham muomalada bо‘ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi.
Bolalar nutqining о‘sishida ularning maktabda о‘qishi katta rol о‘ynaydi. Bola maktabgacha yoshda о‘ylamasdan gapiradi, maktabda esa bola gaplashayotgan til о‘qitiladigan va о‘rganiladigan ilm bо‘lib qoladi. Grammatikani о‘qib о‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati tо‘g‘ri bо‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda о‘qitilayotgan hamma fanlarni о‘rganish jarayonida о‘quvchi nutqining lug‘ati boyiydi, sо‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining о‘sishida muhim bosqich bо‘ladi. Bola о‘z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. О‘quvchi о‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganda о‘zining shu ishiga baho berilishini, о‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. О‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni о‘ziga - о‘zi gapirib berishni mashq qilib turishi о‘quvchi nutqining о‘sishiga katta ta’sir qiladi. Bolalar nutqining о‘sishida о‘qituvchining nutqi katta rol о‘ynaydi, chunki uning nutqi о‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun о‘qituvchi о‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak. Maktabda bolalarda eng avvalo faol ishlatiladigan sо‘zlarning miqdori oshadi. Yozma nutqni, о‘qish va yozishni о‘zlashtirish о‘quvchi hayotida hosil qilingan malaka hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish orqali sо‘z tuzish malakasini egallab olgach, ba’zida matn mazmunini notо‘g‘ri tushunadilar. Unga о‘quvchilarning sо‘z boyligining kamligi yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab bо‘ladi. Shu munosabat bilan о‘qituvchi oldida bolalarda lug‘at boyligini oshirish va ularni о‘qigan narsalari yuzasidan mustaqil reja tuzishga barvaqtroq о‘rgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va sо‘zlarni yozishda katta qiyinchiliqka duch keladi. Dastlab bola bо‘tun e’tiborini yozish texnikasiga va о‘tirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. Avval bolaning yozma nutqi uning og‘zaki nutqi orqali belgilanadi, ya’ni u sо‘zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bо‘yicha muntazam mashqlar о‘tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli о‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki nutqiga qaraganda ancha bо‘sh bо‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida о‘sadi. Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va yozma nutqni о‘stirish bilan birga nutq madaniyatini ham о‘rgatib borishlari zarur.
Xulosa
Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muomala jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan. Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari vyo’nalishlari etib belgilansin: sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish;sog’lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog’lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o’zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o’z qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, ularning ro’zg’or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;sog’lom bolani voyaga yetkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug’ilishida sog’liqni saqlash tizimiva tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog’liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo’yicha keng ko’lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish;sog’lom bolani shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta’minlash, boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan yordam va madadni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas’ul bo’lgan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish, ularni rivojlantirishga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish, sog’lom bolani tarbiyalash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani keng ko’lamda o’rganish va amalda joriy etish;sog’lom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun ularga ko’mak berish, bolalarni turli to’garaklarga jalb etish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar va jamiyatda o’zaro hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordamni o’z vaqtida va manzilli ko’rsatish borasida mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining mas’uliyatini kuchaytirish;«Sog’lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to’g’risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog’ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.
. Har qanday millatning ravnaqi bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsining har tomonlama rivojida nutq katta ahamitga ega. Chunki nutq kishilar aro aloqa quroli, barcha sohalarda qudratli muomala vositasidir. Nutq – insonning muloqot fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi.
Nutqni rivojlantirish til va nutqning ayrim hodisalarini eng sodda shaklda bo‘lsa-da, anglab yetishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy ta’lim-tarbiyasiga nisbatan bir paytning o‘zida ham nutqni rivojlantirish, ham ona tilini o‘qitish haqida so‘z yuritish lozim.
Inson omilining jamiyatdagi salmog‘i ko‘p jixatdan intelektual resurslarga bog‘liq. Shu bois bu borada malakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’limning uzluksiz tizimi yaratildiki, u o‘z samarasini mutassil namoyon etmoqda.
Shunday ekan, bolalarimizni muomala jarayonida mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XX1 asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo muomalaga о‘rgatish zarur. Yosh avlodni muomalaga о‘rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni о‘qishga tavsiya qilish, muomala jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik о‘yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |