Maktabgacha ta’lim


III bob. Gо‘daklarning kattalar bilan bо‘ladigan muomalasi



Download 59,48 Kb.
bet11/14
Sana01.04.2022
Hajmi59,48 Kb.
#523670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boltayeva Nilufar kurs ishi

III bob. Gо‘daklarning kattalar bilan bо‘ladigan muomalasi.
Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a’zolari u bilan muomalaga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muomalaga darhol tayyor bо‘lmasdan, u uxlaydi, yig‘laydi va emadi. Chaqaloq о‘zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq о‘zining qichqirig‘i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka bо‘lgan ehtiyojini bildiradi.
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muomalada bо‘lmasdan yashay olmaydi. Bola tug‘ilganda uning onasi о‘zining mehrini muomala orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muomalada bо‘lmasdan turolmaydi. Kattalar tomonidan bо‘ladigan tо‘g‘ri muomala chaqaloqda muomalaga bо‘lgan ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloqda birinchi u bir oylik bо‘lganda “ga”, “da”, “ua” kabi nutq belgilari paydo bо‘ladi. Bolaning muomalai reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda bо‘ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muomalai dastlab kattalarning labi va kо‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muomalada bо‘lish uchun kattalar bolaga kо‘proq kulgulari bilan ta’sir etishlari maqsadga muvofiqdir. Bolani qо‘lga olib kо‘targanda u juda xursand bо‘ladi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga о‘zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi . Ona uchun ham bola barchadan aziz.
Kattalar gо‘daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda bо‘lishlari zarur. 4-5 yoshli gо‘dakning munosabati о‘ziga xos harakterga ega. U о‘z oila a’zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo gо‘dak atrofida parvona bо‘laversalar, u о‘yinchoqlar bilan о‘ynamaydi, balki gо‘dak onasidan ajrasa injiq bо‘lib qoladi. 7-9 yoshli bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi. Sо‘ngra u kattalarning og‘zidan chiqqan sо‘zlarni takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stolni ustini artishga, idish-tovoqlarni kо‘tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, predmetlar bilan harakat qilishga ham о‘rgatadilar, ya’ni hatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi.
О‘yinchoq -kо‘ngilochar predmet bо‘lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2-3 yoshli bola о‘yinchoqlar bilan о‘ynay boshlaydi. О‘yinchoqlar yorqin rangli, qо‘ng‘iroqli ovozli bо‘lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga о‘yinchoqlar bilan qanday о‘ynashni о‘rgatadi. О‘yinchoqlarning tovushlari bolaning kayfiyatini yanada kо‘taradi, uning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda о‘yin bо‘lib hisoblanadi. Kattalar о‘yinchoqlar tilidan bola bilan muomalada bо‘lishlari muhim ahamiyatga ega. О‘yinchoq bilan о‘ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og‘ziga solishga, ichini ochib kо‘rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi о‘yinchoqdan tashqari qog‘oz, qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bо‘ladi.
О‘yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muomalaini rivojlantirishda kattalar muhim rol о‘ynaydilar. Chunki bolalar hali mustaqil harakat qila olmaydi, ongi yaxshi rivojlanmagan. Bolaning ongini о‘stirish uchun о‘yinchoqlar va о‘yin turlaridan kо‘proq foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilk bolalik davrida ham о‘yinning ahamiyati katta. О‘yin orqali bolalarda ruhiy xususiyatlar rivojlanadi. Bu davrdagi bolalar predmetli о‘yinchoqlarni kо‘proq о‘ynaydilar. Ayniqsa didaktik о‘yinchoqlar bola hayotida muhim о‘rin egallaydi. Bola endi bitta о‘yinchoq bilan emas, balki bir necha о‘yinchoqlar bilan о‘ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar bilan muomalada bо‘lishga nisbatan kо‘proq о‘yinchoqlar bilan muomalada bо‘ladilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar о‘yinda kattalarning hatti-harakatlari, о‘zaro munosabatlarini taqlid qilish orqali ifodalaydilar. Bu ularda muomalani rivojlanishiga yordam beradi.


Download 59,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish