Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kichik guruh



Download 42,88 Kb.
bet5/5
Sana10.06.2023
Hajmi42,88 Kb.
#950408
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridakichik gurhga rasm chizishga o\'rgarish

Kichik guruhda o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
Hayotni 4chi yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini biladilar. Ular
o’zlari chizgan shaklsiz rasmlarning predmetning biror bir belgisiga asosan o’xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o’xshash belgilarini topishga urinishni rag’batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni to’g’ri tasvirga o’rgatib borishi zarur.
Bu yoshda tasviriy faoliyatni o’rgatish vazifalari bir rejaga qo’yilgan
-Sodda predmetlarni asosiy belgilari (rang,shakl) berib turli xil to’g’ri va aylanasimon shakllarni tasvirlashga o’rgatish.
-Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish.
-Kompozision ko’nikmalarni, qog’ozni o’rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
-Texnik ko’nikmalarni o’zlashtirish.
Bu guruhda to’g’ri va egri chiziqlarni to’g’ri chizishga o’rgatish birinchi vazifa bo’lib qoladi.Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o’ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o’rgatiladi.Bularni, masalan tizimcha, yo’lakcha,qalam,yomg’ir shaklida chizish mumkin.Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo,ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat quyi bitta aylana va birgina to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo’lgan predmetni masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari)tasviri kiritilgan.Shakl qanchalik murakkablashsa rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi.Bolalar rasmda aniq predmetlarni tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o’rganadilar.Masalan qizil rang, bayroq, yashil rang archa va boshqalar.

Xulosa
Bu guruxning dasturi keyingi guruxlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg’uloti qog’oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o’yinchoqlardan bolalarga ma’lum bo’lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan to’g’ri faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog’oz toza edi,qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo’ldi. Qalamning ochilgan uchi qog’ozda iz qoldiradi.Ikki uch esa,iz qoldirmaydi.Agar sekin bosilsa,qog’ozda uning izlari ko’rinmaydi.Agar qattiq bosilsa,qog’oz yirtilib ketishi mumkin.Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko’rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishini uyg’otadi.Bulardan tashqari oddiy texnik ko’nikmalarni qalam, mo’yqalamni to’g’ri ushlash,ulardan tartibli foydalanish.Bo’yoqni mo’yqalamning to’g’ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish.Bo’yoqni mo’yqalamning uchiga olishni bilishkabilarni o’rgatishni dastur o’z ichiga olgan. Bu guruh bolalar(3 yoshli bolalar ) psixologik jihatdan rivojlanadi, turmush tajribalari o’sadi.Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo’yicha mashg’ulot olib borganda bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo’yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og’zaki ko’rsatmalarini tinglashga, tarbiyachinig ko’rsatib bergan usullarini bajarishga o’rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o’yin faoliyatiga o’tish bilan ajralib turadi.Masalan: doirachalar chizib, uni ichini qalam bilan urib chiqib,uni qush don cho’qiyapti deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi.Bolalar tasvirlash jarayonida so’z bilan ifodalashga o’rganadilar.Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so’z bilan to’ldiradi.Bolalarda mustaqillik, faollik o’sadi.Tarbiyachi bolalarga mashg’ulotda olgan bilim va ko’nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug’diradi.Kichik guruhda bolalarni narsalarni tasvirlash usullariga o’rgatib boriladi.Bolalar turli shakldagi predmetlarni tasvirlashga o’rgatilsdi< doira to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va turli yo’nalishdagi chiziqlar to’plamidan iborat narsalarni chizadilar.Predmetlarni shaklini to’g’ri tasvirlashga o’rgatish uchun bolalarni qo’llarini shakliy harakat qilishga o’rgatish lozim. Bolalarni predmet shakli bilan qo’lning shakl harakatlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatish lozim.Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o’rgatishdan oldin, uni mashg’ulot oldindan ko’rib chiqadi, ya’ni kuztish olib boradi. Bolalar jonu-dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa munchoqlarini tasvirlaydigan. To’g’ri to’rtburchak shaklini tasvirlashga bolalar bu guruxda qiynaladilar,shuning uchun bu shakl yilning 2-yarmida beriladi. Bolalar archa daraxt tursa yiqilmas qo’g’irchoq, aravachani tasvirlaydi.Ranglarni qizil,sariq,ko’k,yashil,qora,oqlarni bilishga o’rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti,havo rang va zarg’aldoq,jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu gurux bolalarini ranglarni to’g’ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlarni rang tusini haqqoniy tasvirlashga o’rgatib borishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati:


1,. M.Nurmatova,SH.Xasanova:Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T. 2012 y 107-108 bet
2,. N.B.Xalеzova., N.A. Kurochkina., G.V. Pantyuxina. Bolalar bog’chasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash. Darslik. T. «O’qituvchi». 1991 yil.
3,. К.Маdumarov “Texnik chizmachilik” 2011yil
4,. “Oʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʼyiladigan Davlat talablari” Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
5,. “Ilk qadam” Davlat oʼquv dasturi. Toshkent. OʼzRMTV 2018 yil
Download 42,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish