musiqada qo‘llanilmaydi. Musiqaviy tovushlar esa ma’lum balandlikka ega bo‘lib,
insondagi eshitish analizatori bu tovushlarni payqab oladi. Musiqiy tovushlar turi,
xususiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlar tovushning balandligi,
qattiqligi, davomiyligi va tembrdan iboratdir. Tovushlar balandligi tebranuvchi
jismning tezligiga bog‘liqdir. Tebranish qancha tez bo‘lsa, tovush shunchalik
baland bo‘ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo‘lsa, tovush shunchalik past
bo‘ladi. Tovush qattiqligi tovush manbayi bo‘lgan jismning tebranish
ampletudasiga bog‘liqdir. Tovush qanchalik qattiq bo‘lsa, shuncha qattiq ishlatiladi
va aksincha. Tovush cho‘zimi manbayi tebranishining davom etishiga bog‘liq
bo‘ladi.
Musiqa ijrochiligi uchun belgilangan musiqaviy sistema o‘zaro munosabatda
Do'stlaringiz bilan baham: |