Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa xollarda 2.4



Download 476 Kb.
bet40/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

2.3.3.Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa xollarda
2.4. Ishga kiruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaati maxsus xisob daftariga ro‘yxatga olinishiraqamlanishi tikilishi va Tashkilotning muxri bilan tasdiqlanishi kerak. U kadrlar muassasaida devonxonada raxbarning qabul xonasida ish beruvchi tomonidan belgilangan boshqa joyda saqlanadi.


2.5.Mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvlar bo‘yicha muzokoralarida belgilab olinadi:
-ish joyi:
-ishga kiruvchining mehnat majburiyatlari,u ishlaydigan ixtisoslik, malaka, lavozim:
-mehnatga xak tulashning mikdori va shartlari:
-mehnat shartnomasini muayyan muddatga tuzish vaktida uning amal kilish muddati:
-ishni boshlash kuni:
-o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul kilish paytida xar kungi ishning davomiyligi
-mehnat ta’tili.
2.6.Agar mehnat shartnomasida uning amal kilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb xisoblanadi.
2.7.Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi mehnat shartnomasining mazmuniga anik muvofiklikda ishga kabul kilish to‘g‘risida buyruk chikaradi va xodimga imzo qo‘ydirgan holda bundan xabardor kiladi.
2.8.O‘zining mehnat shartnomasini bekor kilish to‘g‘risidagi niyati xususida xodim tegishli arizani kadrlar muassasaiga topshirish yo‘li bilan ikki xafta oldin Tashkilot raxbarini yozma ravishda ogoxlantirishga majburdir. Xatto tomonlar kelishilgan takdirda ham bu muddatni uzaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


2.9.Faqat qo‘yidagi hollarda muddatli mehnat shartnomalari tuzilishi mumkin:
-bo‘lajak ish muddatli xarakterda bo‘lganligi sababli shartnomani noaniq muddatga tuzish mumkin emas;
-ishni bajarish shartlari ayni muddatli mehnat shartnomasini tuzishni talab qilsa (kasalligi, malakasini oshirish uchun yuborilganligi, ta’tilda, shu jumladan, bolaga qarash bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan vaqtinchalik ish joyida bo‘lmagan xodimning o‘rniga ishga qabul qilish va h.k.);
-xodim anna shunday shartnoma tuzishdan manfaatdor bo‘lsa va uning yozma arizasi mavjud bo‘lsa;
-muddatli shartnomani tuzish qonunda ko‘zda tutilgan bo‘lsa.
2.10.Ishga qabul qilanayotgan har bir xodim (shu jumladan, o‘rindoshlik yo‘li bilan kiruvchilar) bilan mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan, kamida ikki nusxada yozma shaklda tuziladi, ular tomonlarning har biriga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasi xodim va Tashkilot rahbarining imzolari bilan tasdiqlanadi. Rahbarning imzosi Tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi u bilgan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma nushasi bilan bir hil yuridik kuchga ega bo‘ladi.
2.11.Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi. Xodim mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan kundan boshlab mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishadi. Agar unda ishning bolanish sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan ishga tushishi kerak.
Tashkilot rahbari tomonidan yoki uning ruxsati bilan ishga qabul qilishni tegishlicha rasmiylashtirilmasdan turib, ishga qo‘yilgan shaxs ishga tushgan birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
2.12.Ish beruvchi quyidagi hollarda ishga qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas:
-agar rad etish xodimning amaliy xislatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa;
-ish beruvchining o‘zi tomonidan ishga qabul qilingan shaxslarni;
-nogironlarni, 18 yoshdan yosh bo‘lgan shaxslarni va joylardagi davlat hokimiyat organi tomonidan korxonaga belgilangan eng kam miqdordagi ish o‘rinlari hisobiga ishga mahalliy mehnat organlari yuborgan boshqa shaxslarni, shuningdek, muqobil xizmatdagi xizmatchilarni va h.k;
-homilador ayollarni va 3 yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollarni;
-qonunda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
2.13.Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilish rad etilganligining sabablarini yozma ravishda asoslashni talab qilishga haqlidir. Ish beruvchi uch kun ichida unga yozma asos ko‘rsatishi shart. Homilador ayollarga va uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga ish beruvchi, agar ular shunday talab bilan murojaat etmaganlari taqdirda ham, ishga qabul qilishni rad etish sababini yozma shaklda xabar qiladi.
Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganda xodim nazorat qiluvchi organga yoki sudga shikoyat qilishiga haqlidir.
2.14.Ishga birinchi marta tushgan va korxonada besh kun ortiq ishlagan shaxslarga ish beruvchi mehnat daftarchalarini yuritishi shart, o‘rindoshlar bundan mustasno.
Ish beruvchi xodimlari besh kunlik muddatdan kechiktirmay xodimning mehnat daftarchasiga tegishli yozuvni kiritishlari va u kiritilishi kerak bo‘lgan shaxsiy varaqa-T-2-shakliga imzo qo‘ydirgan holda yozuvning mehnat daftarchasidagi yozuv bilan aniq muvofiqligini tanishtirishlari shart.
Xodimning xohishiga qarab mehnat daftarchasiga Tashkilotda o‘rindoshlik bo‘yicha ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq yoki boshqa Tashkilotda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash davrlari to‘g‘risidagi yozuv kiritiladi.
2.15.Ish beruvchi va uning manfaatlarini himoya qiladigan boshqa mansabdor shaxslar xodimdan uning mehnat majburiyatlariga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga zid harakatlarni sodir etishni, shuningdek, xodimning yoki boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘igi xavf ostiga qo‘yadigan, or-nomusi va sha’nini kamsitadigan harakatlar, sodir etishni talab qilishga haqli emaslar.
2.16.Quyidagi hollarda va tartibda ish beruvchining yoki xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi:
-Ish beruvchi, agar mehnat shartlarini saqlashning imkoni bo‘lmasa yoki bunday o‘zgarishlarni Tashkilotda mehnatni tashkil etishdagi, xodimlar sonini yoki ish tarzini o‘zgartirishga olib kelgan ishlar hajmini qisqartirishdagi o‘zgarishlar belgilangan bo‘lsa, ularni o‘zgartirishga haqlidir. Mehnat shartlarini keyingi o‘zgartirish to‘g‘risida xodim kamida ikki oy oldin yozma ravishda, tilxat bergan holda ogohlantirilishi kerak. Bu muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
2.17.Bu holda mehnat shartnomasini bekor qilishga qo‘yidagi majburiy shartlar mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi:
-agar xodim mehnatining yangi shart-sharoitida ishlashni davom ettirishga rozi bo‘lmasa;
-agar Tashkilotda mehnatning ilgarigi shart-sharoitlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa.
2.18.Xodim qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda mehnat shartlarini o‘zgartirishni yozma ravishda talab qilishga haqlidir (homilador ayol yoki 14 yoshgacha bolasi bo‘lgan (16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan) ayollar iltimosiga ko‘ra to‘liq bo‘lmagan ish kunini yoki to‘liq bo‘lmagan ish haftasini belgilash, tibbiy xulosaga ko‘ra homilador ayollarga, VTEK tavsiyalariga ko‘ra nogironlarga maxsulot ishlab chiqarish me’yorlarini kamaytirish va h.k.).
Ish beruvchi xodimning talabini u berilganidan keyin uch kun ichida ko‘rib chiqishi shart. Talabni qondirishdan bosh tortilgan holda ish beruvchi xodimga bosh tortish sababini ma’lum qilishi shart.
2.19.Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o‘zgartirilishi, shuningdek, uning xodim talabiga ko‘ra mehnat shartlarini o‘zgartirishni rad etishi xususida sudga shikoyat qilishga haqlidir.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish