Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети



Download 476 Kb.
bet36/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

IX. Yakuniy qoidalar

Komissiya hujjatlari Tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlar singari qat’iy hisobga qo‘yilishi va saqlanishi lozim.


Ish beruvchi tomonidan komissiyaning faoliyatiga tashkiliy jihatdan ko‘maklashish, hujjat yuritish va ularni saqlash uchun mas’ul shaxs tayinlanadi.
Komissiya faoliyatini tugatish taraflar kelishuviga ko‘ra jamoa shartnomasiga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2022 yil “12” martdagi 2 -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga


9-ilova


MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI TARKIBI

Ish beruvchi vakillari


1.Aslanova Nasiba
2.Choriyev Azamat
3.

Xodimlar vakillari


1.Xusinova Muxlisa
2.Rasulova Dono
3.Yo’ldoshova Movluda

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2022 yil “12” martdagi 2 -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga
10-ilova

TASHKILOT XODIMLARINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDAGI


NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Ustavlariga asosan, xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Nizom xodimlarni mehnat natijalari bo‘yicha, ularni moddiy manfaatdorligini oshirish, rag‘batlantirish, mukofotlash, mehnat faoliyati miqyosi darajasida shaxsiy ustamalar belgilash, yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha mukofotlash to‘lovi shartlarini belgilaydi.

P. XODIMLARNI MUKOFOTLASH VA RAG‘BATLANTIRISH MEZONLARI





  1. Tashkilot xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirish ularning lavozim maoshlariga xodimlarning ish faoliyati natijalari, mehnat samaradorligini oshirishda bajarilgan ishlarga qo‘shgan shaxsiy ulushi va yutuqlari asosida belgilanadi.

  2. Xodimlarni mukofotlash, rag‘batlantirish mezonlari va shartlari quyidagi omillarga asosan belgilanadi:

  • belgilangan ish rejalarini har oyda va yil yakunlari bo‘yicha to‘liq va sifatli bajarib borish, yuksak ijrochilik intizomiga amal kilish;

  • xodimning asosiy vazifasiga bevosita aloqasi bo‘lmagan jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda to‘lik va sifatli bajarish;

  • ish uslublarini yaxshilash, rivojlantirish va yangiliklarni tadbiq etish masalalarida faol ishtirok etish;

  • tashkilotda mehnat samaradorligini oshirish maqsadida soddalashtirilgan shakldagi ish uslublarini ishlab chiqish yuzasidan takliflarni joriy etish;

  • rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni mukammal ravishda va belgilangan muddatda bajarish;

- mehnat natijalarini yaxshilash sohasida yutuqlarga erishish;

  • tashkilot faoliyatini rivojlantirishda, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va xuquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida yangi yo‘nalishdagi uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish va shaxsiy namuna ko‘rsatish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat Qarorlari hamda tizim faoliyatiga tegishli barcha qonuniy va me’yoriy hujjatlar hamda qo‘llanmalarni tadbiq etish masalalarida yuqori natijalarga erishish;

  • tashkilot faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, loyihalar ishlab chiqish va ushbu masalalarga oid bo‘lgan xalkaro va respublika miqyosidagi grantlarni jalb etish;

  • respublika mustaqilligini va ravnaqini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol mehnat qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, huquqlarini himoyalashda namuna ko‘rsatish va kasaba uyushmasining faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shish.

III. XODIMLARNI MUKOFOTLASH, RAG‘BATLANTIRISH VA USTAMA HAQ TO‘LASH TARTIBI





  1. Har bir xodim uchun mukofotlash, rag‘batlantirish va ustama haq to‘lash yoki aksincha ushbu imtiyoz turlaridan qisman yoki to‘liq mahrum qilish masalalari tashkilot rahbarining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.

  2. Boshka holatlarda mukofotlash, rag‘batlantirish va boshka imtiyozlar bilan taqdirlash masalalari kasaba uyushmasining bildirishnomasiga muvofiq tashkilot rahbari farmoyishi asosida amalga oshiriladi.

  3. O‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga mukofot pullari xodimning lavozim ish haki miqdorida to‘lanadi.

  4. Joriy davr yoki yil yakuni natijalari bo‘yicha to‘lanadigan pul mukofotlari kalendar yili davomida to‘liq ishlagan xodimlarga beriladi. SHuningdek, kalendar yili davomida to‘liq ishlab, mukofot hisoblanishi arafasida ishdan bo‘shagan xodimlarga mukofot pullari belgilangan tartibda tashkilot rahbariyati yoki apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasining tavsiyalari asosida berilishi mumkin.

  5. Tashkilot rahbari va apparati kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan quyidagi holatlarda kalendar yili davomida to‘liq ishlamagan xodimlarga mukofot hisoblanishi mumkin:

  • rahbar lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan;

  • nafaqaga chiqishi munosabati bilan;

  • kasaba uyushmasi organlaridan tavsiyalar qabul qilinsa yoki tashkilotning alohida taklifi bilan ishga chaqirilgan xodimlarga;

  • nogironlik muddati va bola parvarish muddati tugashi munosabati bilan;

  • shtatlar qisqarishi munosabati bilan;

IV. XODIMLARNI MUKOFOTLASH VA RAG‘BATLANTIRISH TURLARI


Mukofot quyidagi turlarda amalga oshiriladi:


- xodimlarning munosib ish faoliyatlari va ish rejalaridan tashqari berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarganligi uchun to‘lanadigan pul mukofotlari;

  • joriy davr yoki yil yakuni natijalari bo‘yicha to‘lanadigan pul mukofotlari;

  • bayram va qadrli kun sanalari munosabati bilan beriladigan bir martalik pul mukofotlari;

  • tashkilot rahbarining mukofoti.

Rag‘batlantirish quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

  • tashakkurnoma e’lon qilish;

  • esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish;

  • tashkilotning “Fahriy yorlig‘i” bilan taqdirlash;

  • yuqori tashkilotlar “Fahriy yorlig‘i”ga tavsiya qilish;

  • davlat mukofotlariga tavsiya qilish.

V. XODIMLARNI MUKOFOTLASH MIQDORLARI


5.1. Xodimlar asosiy faoliyatining natijalari bo‘yicha har oyda lavozim maoshining 50 foizi miqdorida, shuningdek yiliga xodimning olti oylik lavozim maoshidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.



  1. Xodimlarning munosib ish faoliyatlari, ish rejalaridan tashqari berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘liq bajargani, samarali natijalarga erishgani va yozgi sog‘lomlashtirish mavsumlarida faol ishtirok etgani uchun to‘lanadigan pul mukofotlari har bir xodimning shaxsiy namunasiga muvofiq ravishda xodimlar lavozim maoshining 50 foizidan 100 foizigacha bo‘lgan miqdorlarda mukofotlanadi.

  2. Hisobot yilining birinchi yarim yili uchun xodimlar lavozim maoshining 50 foizidan 100 foizigacha hamda yil yakuni natijalari bo‘yicha pul mukofotlari har bir xodimning mehnat faoliyatida erishgan shaxsiy natijalariga ko‘ra, xodimlar ish haqi bo‘yicha yillik o‘rtacha daromadlaridan kelib chiqqan holda mukofotlanadi.

  3. Bayram va qadrli kun sanalari munosabati bilan beriladigan bir martalik pul mukofotlari, jumladan, “YAngi yil”, “Navro‘z”, “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Ro‘za xayiti” va “Qurbon xayiti” hamda kasb bayramlari munosabati bilan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda xodimlarning mehnatlariga mutanosib ravishda, xodimlar lavozim maoshining 50 foizidan 100 foizigacha bo‘lgan miqdorlarda mukofotlanishi mumkin.

  4. 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkilotda ishlovchi erkaklar va Vatan himoyasi hamda qurolli kuchlar armiyasi safida xarbiy xizmatda ishtirok etgan ayollarni moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 2 barobaridan 4 barobarigacha mukofotlash mumkin.

  1. Ayollarni qadrlash va e’zozlash maqsadida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Tashkilotda, uning tasarrufidagi tashkilot va tashkilotlarda ishlovchi ayollar hamda tashkilotda faol mehnat qilib nafaqaga chiqqan ayollarni moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 2 barobaridan 4 barobarigacha mukofotlash mumkin.

  2. Tashkilot rahbarining mukofoti bilan, ushbu Tartibning 2.2 bandi “Xodimlarni mukofotlash va rag‘batlantirish mezonlari” da ko‘zda tutilgan omillar hamda xodimlarning alohida ko‘rsatgan xizmatlari va samarali mehnatlariga muvofiq ravishda, xodimlar lavozim maoshining bir barobarigacha mukofotlanishi mumkin.

VI. XODIMLARNI RAG‘BATLANTIRISH MIQDORLARI





  1. Mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari, rahbariyatning topshiriqlarini to‘liq va samarali bajarganligi, kasaba uyushmasi va Tashkilot faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan xissasi uchun tashkilot rahbarining farmoyishi bilan tashakkurnoma e’lon qilinadi va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

6.2. Tizimda samarali mehnat qilgan va namunali faoliyat yuritgan xodimlar tashkilot rahbarining tavsiyasi va farmoyishiga asosan tashkilotning ''Faxriy yorlig‘i" bilan taqdirlangan respublikada belgilangan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
6.3. Tizimda samarali mehnat qilgan va namunali faoliyat yuritgan xodimlar tashkilot rahbari tomonidan yuqori tashkilotning ''Fahriy yorlig‘i" bilan taqdirlash uchun tavsiya etish orqali rag‘batlantiriladi.

  1. Respublika mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashda qo‘shgan ulkan hissalari hamda tizimda namunali faoliyati uchun tashkilot apparat xodimlari tashkilot rahbari toomnidan davlat mukofotlariga tavsiya qimlish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi.

  2. Xayfsan olgan xodimlar rag‘batlantirish to‘lovlaridan bir yillik mehnat faoliyati davomida mahrum qilinadilar(xayfsan bekor kilingan holatlar bundan mustasno).

6.6. Xodimlarni boshqa turdagi rag‘batlantirish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish, kompensatsiya va boshka to‘lovlar tashkilotning jamoa shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2022 yil “12” martdagi 2 -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga



Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish