Olimlarimizning badiiy adabiyotda obraz va obrazlilik, obrazlarning xillari, ularni yaratish usullari, masalan, partret chizish, muhit, peyzaj tasviri, qahramon nutqi, muallif nutqi, tipiklashtirishi, individuallashtirish, va boshыa masalalarga oid bu tadqiqotlardagi nazariy fikrlarning ko‘pligi bog‘cha yoshdagi bolalar adabiyotiga ham ta’luqlidir. kattalar va kichiklar adabiyotidagi ko‘pchilik nazariy fikrlar umumiylik kasb etsa – da, ularni qo‘llashda jiddiy farqlar ham mavjud. - X.Nazir Mirmuqsin, M.Murodov, X.To‘xtaboev, YA.Sa’dullaeva, S.Anorboev, P.Muxammadiyorova, M.Jaloldinova, I.Qo‘chqartoev, T.Rasulov, K.Rahim va boshqa yozuvchilarning kichkintoylar tafakkuriga mos tarzda yozilgan ko‘plab hikoyalarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldik: yozuvchilarimiz obraz yaratishda ko‘proq qahramon nutqini tasvirlash va muallif ta’rifidan foydalanilgan: bundan tashqari, kichkintoylar hikoyasida qahramon nutqini tasvirlvshda badiiy nutqning eng ko‘p qo‘llanadigan xili dialog ekanligini ham alohida qayd etish lozim. Bolalar yozuvchisi ham yigirmalar, elliklar, yuzlab qiz va o‘g‘il bolalar “ichidan eng harakterli” xususiyatlarni “ajratib olib”, yakka bir o‘g‘il yoki qizbola qiyofasiga birlashtira olsa, demak, u shu usul bilan “tip” yaratgan bo‘ladi va yaratilgan bunday obraz xuddi kattalar adabiyoti singari bolalar adabiyotida “san’at bo‘ladi”.
XULOSA. XULOSA. Ushbu bitiruv malakakaviy ishi maktabgacha tarbiya yoshdagi adabiyotning o‘ziga, xos xususiyatlari jumladan xalq og’zaki ijodining kichik yoshdagi bolalar uchun yaratilgan nasriy asarlardagi g‘oyaviylik va badiiylik muammolari asosida tekshirilib, quyidagi xulosalarga kelindi: - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar adabiyoti – o‘ziga xos adabiyot. Bu o‘ziga xoslikning asosini uning o‘quvchilariga emas, asosan eshituvchi tinglovchi bolalarga mo‘ljallanganidan izlash kerak. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta yoshli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta ishli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarning ba’zilari haqida fikr – yuritdik. - Barcha yoshdagi o‘zbek bolalar marsining mavzulari, g‘oyalari, obrazlari nihoyatda xilma – xil. Bu asarlarning pedagogik – tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda insoniylik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik, do‘stlik, to‘g‘rilik, xalollik, oqillik, qo‘rqmaslik, jasurlik, va boshqa ijobiy fazilatlar ulug‘lanadi: qo‘rqoqlik, munofiqlik, xudbinlik, xosiyolik, dangasalik, aldamchilik, ayyorlik, manmanlik, odobsizlik kabi yomon hulq - atvorlar qoralanadi: Adiblarimiz o‘zlarining eng yaxshi asarlarida badiiylikning asosiy bklgilarini tashkil etuvi aks ettirish va obraz yaratish usullari vositalaridan foydalanganlar va maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining o‘ziga xosligi masalalariga rioya qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |