344
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHNING SOG‘LOM TURMUSH
TARZINING SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI
MAMADIYAROV M.U., RASULOV Z.O‘., Samarqand davlat universiteti
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimizda barcha sohalarda rivojlanish jarayoni jadallashadi.
Shu jumladan sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratiladi. 1992 yil 14-
yanvardagi Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi ayniqsa sportga bo‘lgan e‘tiborni yanada
kuchaytiradi. Sport sohasiga e‘tibor berishi natijasida Respublikamiz
sportchilarining Osiyo, Jahon chempionatlari,
olimpiada o‘yinlaridagi qo‘lga kiritgan yutuqlar miqdori ko‘payib bordi. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
mahkamasining 2013 yil 15-avgustdagi 226-sonli ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi
Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilinishi
mamlakatimizda sportning yanada ravnaq topishi uchun katta imokoniyatlar yaratib berdi.
Bu qaror sport tibbiyoti
markazi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi:
-
Sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boorish, sport turning xususiyatini, yo‘l qo‘yiladigan
jismoniy yuklamani, sport patalogiyasini davolash va oldini olishning ilg‘or uslublarini,
munosabatlarga tayyorgarlik
ko‘rishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning ahvolini diagnostika va korreksiya qilish
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-
Sportchilarni sport turlari bo‘yicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqgan holda
musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarda dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va rasionining sportchilarning
fiziologik holatiga ta‘sirinmi tadqiq qilish;
-
Iqtidorli yosh
va istiqbolli sportchilarni, ularning individulal, genetika va fenotipik imkoniyatlarini
hisobga olgan holda tanlashning tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
-
Sportchilarda sport jarohatlarini, patalogiyalari va sindiromlarini shu jumladan respublikaning boshqa
ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda,
oldini olish, diagnostika
qilish va davolash;
-
Sport federatsiyalari, klublar va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish,
ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam
ko‘rsatish;
Bu vazifalarni hal etilishi natijasida sport turlari rivoji jadallashib sportning har xil turlari bo‘yicha natijalari
yuksalib bordi. Mamlakatimizda sport bilan bir qatorda jismoniy tarbiya ham rivojlanib bordi.
Jismoniy tarbiya va
sportning rivojlanishini jadallashtirish mavzuning dolzarbligini aks ettiradi. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishi sog‘lom
turmush tarzini shakllanishga olib keldi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilinishi mamlakatimizning barcha
hududlarida aholi salomatligini yaxshilanishi, tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga, aholini
o‘sish va rivojlanishini yaxshilanishiga jumladan bolalar va o‘smirlarda aksilerasiyaning miqdor ko‘rsatgichlarining
ortishiga olib keldi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllanish aholini umr ko‘rish
darajasini ortishiga,
jismoniy va aqliy ish qobiliyatining o‘sishiga katta turtki berdi. Bu mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Aholi orasida ko‘p uchraydigan, gipertoniya, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon va o‘n
ikki barmoq
ichak yarasi kabi kasalliklarning kamayishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Bundan tashqari tashqi belgilarning o‘zgarishi bilan bog‘liq, lordotik, kifotik, skoliotik qad-qomatlarning
yuzaga kelishini kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu kasalliklarning kamayishiga erishish mavzuning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Yuqorida aytilgan kasalliklar, holatlar sog‘lom turmush tarzi shakllanish
darajasi sportning
rivojlanishi kuzatish va statistik usullardan foydalanib o‘rganilgan.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jismoniy sog‘lom va hayot mobaynida faoliyatning barcha
turlarini oliy darajada amalga oshirishga qodir shaxsning shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari u
tarbiyaviy ahamiyatga ega: Shaxsning keng dunyoqarashga ega bo‘lishini, ma‘naviy, ijtimoiy va biologik
barkamollikka erishishini ta‘minlovchi asosiy omillardan biridir. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam
organizmining tashqi muhitning turli xil o‘zgargan omillarga moslashishini tezlashuvini ham ta‘minlaydi. Xulosa qilib
aytganda xalqimizning jismoniy va ijtimoiy faoliyatini yuksalishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: