Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH SOG‘LOM AVLODNI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH SOG‘LOM AVLODNI
RIVOJLANTIRISH VOSITASIDIR 
 
BARAKAYEV B.U., UMAROV K.M., SamDU. 
 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov iborasi bilan aytganda: ―Biz sog‘lom avlodni 
taybiyalab voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq 
odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushinamiz‖. ―Sog‘lom tanda - sog‘ aql‖- deydi xalqimiz. 
Shu o‘rinda Ibn Sino ta‘kidlaganidek sog‘lom yashash va uzoq umr ko‘rish uchun jismoniy harakat qilish, toza 
mevalarni doimiy ravishda istemol qilish va o‘z vaqtida me‘yori bilan ovqat yeyish, dam olish vaqtida uxlash kabi tartib 
qoidalarga doimo rioya qilish zarurdir. 
Maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan sport mashg‘uloti va musobaqalar jarayonida quyidagi asosiy 
vazifalarini hal etish maqasad qilib olinadi: 
- bolaning salomatligini mustahkamlash; 
- maktab o‘quvchilarini har tomonlama garmonik rivojlantirish, o‘quvchilarning jismoniy va sport 
mahoratini oshirish
- jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakat ko‘nikmalarini shakllantirish; 
- kundalik mehnat faoliyatini yaxshilash; 
Bu maqsadlarni amalga oshirishda umumta‘lim maktablarining faoliyati turli sifatlardan, maktabdan tashqari 
vaqtlarda o‘quv sport mashg‘ulotlarini maqsadli, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnalogiyalar asosida tashkil qilishga 
qaratilishi lozim.
Ma‘lumki, bugungi kunda sport maktablarining to‘garak mashg‘ulotlari ―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ test-
me‘yori talablari asosida tashkil etiladi. Bunda jismoniy madaniyat talablaridan kelib chiqqan holda tarbiyalanib 
kelayotgan o‘quvchilarning sport to‘garaklariga qatnashishlari hisobga olinadi va shu asosida amalga oshiriladi. 
―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ talablari 2000-yildan amaliyotga tadbiq etildi. Talablarni muvaffaqiyatli 
topshirganlarga maxsus guvohnoma va ko‘krak nishoni beriladi. ―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ talablari yoshlarimizning 
jismoniy tayyorgarliklarini va harakat faoliyatlarini aniqlab beruvchi asosiy vositalaridan biridir. 
―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ talablari va ularning bajarilish jarayoni ayrim o‘quvchilarning jismoniy 
tayyorgarligi past ekanligi, binobarin, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash asosiy vazifalardan biri ekanligini amalda 
ko‘rsatmoqda. 
Turli yoshdagi bolalar o‘rtasida sport musoboqalarini tashkil etish alohida xususiyatlarga ega. Sport 
musobaqasi jarayonida o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda quyidagi fazilatlarini rivojlantirish nazarda tutiladi: 
- o‘sib kelayotgan yosh avlodni O‘zbekiston milliy istiqlol g‘oyalariga tayangan holda tarbiyalash; 
- yosh avlodning sog‘lig‘ini mustahkamlash, issiq-sovuqqa chidamli o‘sib kelayotgan organizmini yanada 
rivojlantirish, hayotda uchraydigan turli - tuman jismoniy sifat va yo‘nalishlarni tarkib toptirish
- umumta‘lim maktablarida ommaviy sportni rivojlantirish, sport mashg‘ulotlar jarayonini tashkil qilish 
to‘g‘risidagi ishlarini maromiga yetkazish; 
- o‘quvchilar o‘rtasida sport turlarini keng ko‘lamda ommaviy tus olishini targ‘ibot va tashviqot qilish. 
- oilada yoshlarni ma‘naviy va jismoniy g‘oyalarga tayangan holda tarbiyalash;
- yosh avlod tarbiyasida kundalik tartib - intizomga rioya qilishni nazorat qilish;
- o‘zida yuksak axloqiy sifatlar kuchli va mustahkam irodani hosil qilishga erishish; 
- Muntazam ravishda chiniqib borish, faol jismoniy harakatlarni tashkil etish hamda sport bilan doimiy 
shug‘ullanishga erishish;
Yuqoridagi takliflarga to‘la amal qilgan holda, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga 
erishilsa, o‘ylardikki, o‘quvchilarda sport va ma‘naviyat o‘z mazmun mohiyatini to‘la aks ettiradi.
Bugungi kunda bolalar sportini rivojlantirishda qaratilgan keng ko‘lamli rejalar tuzilgan. Sport tor ma‘noda 
insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirishga yordam beradi. Sport bilan 
muntazam shug‘ullangan shaxslarda eng qiyin bo‘lgan vaziyatlardan chiqa olish, do‘stlarga va yaqinlarga yordam 
berish kabi umumiy fazilatlar tarbiyalanadi.
Mazkur masalani o‘rganish jarayonida quyidagi xulosa va amaliy takliflarni bildirish joiz deb o‘ylaymiz: 
I. O‘quv kun tartibida sog‘lamlashtirish tadbirlarini amalga oshirish:
- Ertalabki badan tarbiya; 
- Darsgacha gimnastika mashqlari; 
- Jismoniy tarbiya daqiqasi; 
- Tanaffuslar vaqtida o‘tkaziladigan o‘yinlar; 
- Kuni uzaytirilgan guruhlarda sport soati;
- Sayllar; 
- Sinfdan tashqari ishlar; 
- Sport musobaqalari
- Sog‘lomlashtirish soatlari 


304 
II. Har bir umumta‘lim malktablarida bolalar va o‘smirlar sport maktablarida bolalar sportini rivojlantirish 
bo‘yicha aniq maqsadli reja ishlab chiqish va bolalarning yosh xususiyatlarini sportga bo‘lgan qiziqishlarini, urf - 
odatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. 
III. Umumta‘lim maktablarda jismoniy madaniyat davlat dasturidan kelib chiqqan vazifalarini amalga 
oshirish chora - tadbirlarini hayotga tadbiq etish lozim.
Sport mashg‘ulot jarayoni tuzilishini mahalliy sharoitga moslashtirish va shu asosida sport turlaridan 
musobaqalar o‘tkazib turish lozim. 
IV. Jismoniy madaniyat darslarida ―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ talablaridan o‘rin olgan mashqlardan keng 
yo‘nalishda bosqichma-bosqich o‘quvchilarni kundalik hayotiga tadbiq qilib borsak, ularda sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirib borgan bo‘lamiz.
V. Yil davomida maktab o‘quvchilari o‘rtasida ―Eng yaxshi sportchi‖ tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni 
taqdirlash lozim. 
Yuqorida qayd etilgan fikrlarimizga xulosa sifatida shuni aytish joizki, bugungi kunda yosh avlodni 
tarbiyalash, bolaning jismoniy va ma‘naviy jihatdan sog‗lom bo‗lib voyaga yetishida sportning o‗rni beqiyosdir. Shunga 
ko‘ra mutaxassislar, murabbiylar muntazam ilmiy izlanishda bo‘lishlari talab etiladi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish