BOLALAR MUSIQA VA SAN‘AT MAKTABI O‘QUVCHILARIDA ―AN‘ANAVIY XONANDALIK‖
FANIDAN KUYLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
QODIROV D., TDPU.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Bolalar musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi
to‘g‘risida‖gi qabul qilingan 910 sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabdagi
―Bolalar musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yillarga
mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida‖gi 24.35 sonli qarori ushbu siyosatning yorqin ifodasidir.
Qabul qilingan ushbu Dasturlar kelgusida farzandlarimizning iste‘dodi va qobiliyatini rivojlantirish,
yoshlarning milliy va jahon musiqalari namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga
qaratilgan. Dastur mohiyat e‘tibori bilan mamlakatimizda boshlang‘ich musiqiy ta‘lim tizimini tubdan
takomillashtirishni ko‘zda tutadi.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, musiqa va san‘at bilan shug‘ullanish bolalarni intellektual hamda
ma‘naviy rivojlantirishning eng muhim va hal qiluvchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu
masalaga g‘oyat jiddiy e‘tibor berilmoqda.
Qabul qilingan mazkur Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturlari mohiyatidan kelib chiqqan holda yosh avlodni milliy madaniyat va hurmat ruhida
tarbiyalash, o‘zbek xalq an‘anaviy qo‘shiqchilik mahorati maktabini yoshlarga singdirish hozirgi kunda ta‘lim
sohasidagi muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi kunda Respublikamizda 273 ta Bolalar musiqa va san‘at maktablarida yoshlarimiz musiqa va san‘at
bilan shug‘ullanib keladilar. Aytish joizki, mazkur barcha ta‘lim muassasalarida an‘anaviy ijrochilik bo‘limlari, O‘zbek
xalq musiqasi namunalari ijrosi bilan shug‘ullanib kelayotgan maxsus sinflar, mahorat maktablari faoliyat ko‘rsatib
kelmoqda.
Ushbu sohada o‘quvchilar orasida milliy musiqa, an‘anaviy ijrochilik, O‘zbek xalq qo‘shiqchilik maktabi
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishda kuylash malakalarini shakllantirish Bolalar musiqa va san‘at
maktablaridagi ―Ustoz-shogird‖ an‘anasi, mahorat maktablari oldidagi dolzarb vazifalarimizdan biridir.
O‘zbek xalq musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega.Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati,
oliy insoniy fazilatlari, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi tasvirlanadi. O‘zbek xalq musiqasi iborasi keng mazmunli,
serkalom tushuncha bo‘lib o‘z ichiga musiqiy merosning ichki qatlamining xalq ommaviy musiqasi va kasbiy
musiqasini oladi.o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlariga alla, lapar, yalla,terma qo‘shiqlar, kasbiy musiqasiga esa
maqomlar, katta ashula, mumtoz qo‘shiqlar kiradi.
Bolalar musiqa va san‘at maktablari ―An‘anaviy xonandalik‖ darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ijrochilik
maktabini o‘zlashtirishda eng avvalo, milliy ovoz va shu ovozda milliy bezaklar, nolalarni kuylab ijro etib bera olish
mahorati zarur bo‘ladi. Buning uchun kuylash malakalari haqidagi nazariy bilimlarni ko‘rib chiqamiz.
O‘zbek xalq qo‘shiqchilik maktabi ko‘p ming yillik tarixga ega. Xalqimizning milliy yashash turmush tarzi,
shodlik va quvonchlari o‘z qo‘shiqlarida aksini topgan.
Beshik qo‘shiqlari, to‘y-marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, lirik va epik qo‘shiqlar, marosimlari, o‘zbek
xalqining o‘z boshidan kechirgan butun o‘tmishini aks ettiradi. Bu namunalar birgina an‘anaviy kuylash uslublarida
aksini topgan. Qadimdan saqlanib kelayotgan «Ustoz-shogird an‘analari» avloddan-avlodga, tildan tilga, ustozlardan
shogirdlrga o‘tib qo‘shiqlarimiz yashab kelmoqda, o‘z navbatida o‘zbek xalqining ashulachilik maktabi shakllanib o‘z
fayzi tarovati bilan shinavandalar e‘tiborini qozongan. Ashulachilik maktabi ikki ijro uslubida bo‘lib ular «Binnigi» va
«Gulligi» uslublaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |