206
oson kechilar eka. Yangi xarakatlarni bolalar bir necha marta qaytarishda o‗rganib oladilar. Bu yoshdagi bolalarda
sport
turlari xarakatlariga qiziqishi katta, ularning o‗rganishi yaxshi tayyorlanishi va yutuqlarga erishishi
doimiy intilishlar
mavjud.
Jismoniy mashqlarga o‗rgatish ularning ruxiy va jismoniy rivojlanishiga katta yordam berib tarbiyaviy axamiyati
kengdir. O‗rgatishning amalga oshirilishi umumiy metodik asosida bo‗ladi. Metodlardan foydalanishda ko‗rgazma
uslublar (mashqlarni ko‗rsatish, ko‗rgazmali qurollar, qo‗llanmalar, imitatsiya taqlidli o‗qituvchining yordami), so‗z
uslubidan foydalangan (tushintirish, ko‗rsatma berish, buyurishlar, suxbat, so‗rov va boshqalar) mashqlar, o‗yinlar va
musobaqalashuv metodlaridan unumli foydalanishlar.
Maktabgacha yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasining bosh vazifalari asosiy xarakatlarning shakllantirish va
rivojlantirish (yurish, yugurish,sakrash, buyumlarni uloqtirish,ilib olish,tirmashib chiqish va x.k.): umumiy
rivojlantiruvchi va ayrim saflanish mashqlarni shakillantirish
rolikli konkida, velosiped, samakatlarda uchish, suzish,
shuningdek o‗ynash elementlar ko‗nikmalariga o‗rgatish. Shular qatorida jismoniy sifatlar (tezlik,
chaqqonlik,abjirlik,kuch va boshq). Eng muhimi, ahamiyatlisi to‗g‗ri qaddi-qomatni shakllantirish.
Tanlangan sport turi texnika asoslari chuqurlashtirilgan trenirovka bosqichining boshlanishiga o‗zlashtirilgan
bo‗ladi, shuning uchun yosh sportchi ularni puxta mustahkamlashga kirishadi. Oldingi bosqichda shakllantirilgan qator
harakat faoliyatlari puxta mustahkamlangan malakalar darajasiga yetkaziladi.
Bu tayyorgarlik bosqichida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: har xil tashqi sharoitlar paytida sport
texnikasini takomillashtirish, harakat faoliyatining
ayrim qismlarini qayta ishlash, jismoniy va irodaviy sifatlarni
tarbiyalash, qaysiki yosh sportchining texnik va taktik mahoratini takomillashtirishga ta‘sir ko‗rsatadi.
Sport texnikasini mustahkamlash va kelajakda takomillashtirish bosqichida harakat faoliyatlarida nisbatan
uncha katta bo‗lmagan o‗zgarishlar kuzatiladi, harakat ko‗nikmasi va malakasining jiddiy qayta qurilishini talab
etmaydi. Sport texnikasini takomillashtirish paytida mashg‗ulotlarda uzoq tanaffuslar qilish bo‗lmaydi,
chunki
malakaga aylangan harakat juda tez so‗nib ketadi. Shunday ekan o‗rganilayotgan texnik usulnito‗g‗ri bajarish
qobiliyatini kelajakda takomillashtirish uchun doimo puxta mustahkamlash kerak. Buning uchun o‗zlashtirilgan texnik
usulni bir qancha mashg‗ulotlarda ketma-ket ko‗p karra takrorlashlar ayni muddaodir.
O‗rgangan texnikani mustahkamlash va kelajakda takomillashtirish bosqichi yosh sportchilar yo‗l qo‗ygan
xatolarni qanchalik yaxshi bartaraf qilsalar, u shunchalik muvaffaqiyatli o‗tadi. Xatolarning sabablarini aniqlashning
qiyinchiliklari shundan iborat, bir va shu kabi noto‗g‗ri bajarilgan harakat har xil sabablarga ko‗ra paydo bo‗lgan
bo‗lishi mumkin. Murabbiy qanchalik tajribali bo‗lmasin, xatolarning sabablarini yosh sportchilar bilan hamkorlimda
aniqlashlari lozim. Avvalo asosiy xatolar bartaraf qilinadi, chunki ikkinchi darajalilar kamdan-kam asosiyni tiklay oladi.
Xatolarni tuzatish paytida yosh sportchi mashqni bajarishning noto‗g‗ri usulini namoyish kiladi. Undan so‗ng
xatolarni tuzatishda kirishiladi.Sport texnikasining takomillashtirish jarayonida tezkor informatsiyaga
katta ahamiyat
beriladi.Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashni o‗rgatish paytida murabbiy yosh sportchiga sakrash uzoqligi
to‗g‗risida, rejaviy topshiriqning bajarilishi yoki bajarilmaganligi to‗g‗risida unga dalillar bilan ma‘lumot beradi.
Qayd qilish zarur, yosh sportchilar tomonidan qo‗yilgan xatolar, kamdan-kam murabbiyning o‗zining noto‗g‗ri
faoliyati natijasi hisoblanadi. Ulardan eng ko‗p tarqalganlariga quyidagilar kiradi: yosh sportchilar tayyorgarligida
ko‗rsatish va tushuntirishni faol idrok qilishning muhimligini baholay olmaslik; noaniq ko‗rsatish; tushuntirishni
cho‗zib
yuborish, ular mashqlarni bajarish paytida xatolarni yosh sportchi ongiga yetarlicha yetkazmaslik; individual
yondashuvning yo‗qligi.
Tanlangan sport turining chuqurlashtirilgan trenirovka bosqichida sport texnikasini takomillashtirishda
musobaqa metodiga sezilarli rol ajratiladi. Avvalo bu asosan o‗quv musobaqalarida o‗rganilgan harakat faoliyatini
sifatli bajarishga, so‗ngra miqdoriy natijalarga erishish (masalan, sakrash, nafaqat imkon qadar to‗g‗ri, balki yuqoriroq,
ham va h.k.). Natija ko‗rsatishga belgilangan musobaqani yosh sportchilar qanchalik
yaxshi ongli tahlil qilishi,
baholashi va muskulni his qilishni shunchalik anglay olishi o‗rgatilgan bo‗lsa, musobaqa faoliyati shunchalik
muvaffaqiyatli bo‗ladi.
Yosh sportchilar texnikaning biomexanik asoslari to‗g‗risidagi maxsus bilimlarni egallashlari shart. Murabbiy
yosh sportchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish lozim, ularni mustaqil nazorat qilishga, xususiy harakatlari va
o‗rtoqlarining harakatlarini baholashga o‗rgatish.
Rang-barang taktik usullarni qo‗llash
yosh sportchining jismoniy, texnik va irodaviy tayyorgarlik rivojlanish
darajasiga bog‗liq. Maxsus bilimlar muhim ahamiyatga ega. Alohida sport turlarida taktik tayyorgarlik hajmi har xil.
Sport o‗yinlari va yakkakurashlarda taqqoslash bo‗yicha, masalan, qisqa masofaga yugurish bilan hajm rang-barang
taktik imkoniyatlarning katta oqibatida bo‗ladi.
Maxsus jismoniy, texnik, taktik tayyorgarliklarining solishtirma og‗irligi sezilarli ortadi. Shunday qilib, sport
trenirovkasining barcha o‗ziga xos qonuniyatlari bu bosqichda nihoyatda sezilarli namoyon bo‗ladi. Trenirovka jarayoni
chuqurlashtirilgan sport ixtisosligining ifodalangan qirralarini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: