117
har tomonlama rivojlantirishda ta‘lim mazmuni, ya‘ni real borliqdagi voqealar, hodisalar tafakkur taraqqiyoti
qonuniyatlarini yosh avlod ongiga yetkazishda ta‘lim vositalari muhim omil hisoblanadi.
―Ахborot‖ tushunchasi bu – (lotincha ―informasion‖ ya‘ni, tushuntirish, xabar berish) kibernetikaning asosiy
tushunchalaridan biri bo‘lib, xabar ma‘lumot kabi ko‘rsatkichlar majmuasidir‖ - degan ta‘rifni anglatadi.
Demak, o‘qitishni axborotlashtirish – bu o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi xabarlar, ma‘lumotlar, ko‘rsatkichlar olib
kirish va bu axborotlarni yetkazuvchilar bilan yaqindan tanishish ko‘nikmasini hosildir.
Ta‘lim jarayoniga axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, ayniqsa, chet tillarini o‗qitish va
o‗rganishda tobora katta ahamiyatga molik bo‗lib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalari chet tillarini o‗qitishda
katta imkoniyatlarni taqdim etadi, fan bo‗yicha sifatli bilim olish va ta‘lim samaradorligini oshirishda muhim o‗rin
tutadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‗rganish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Qarorida «Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda o‗qitishning ilg‗or uslublarini joriy etish yo‗li bilan, o‗sib kelayotgan yosh
avlodni chet tillarga o‗qitish, shu tillarda erkin so‗zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan
takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng
ko‗lamda
foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar
yaratish» ishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‗rsatilgan. Mazkur hujjatda
2013–2014 o‗quv yilidan boshlaboq umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining birinchi sinflaridan chet tillari avval o‗yin
tarzida keyinchalik asosiy ta‘lim fani sifatida AKT vositalaridan foydalangan holda o‗qitish belgilab berilgan. Ushbu
muhim Qarorga muvofiq bugun, ayniqsa, chet tillarini o‗rganish darslariga yanada chuqurroq nazar tashlandi. Jahon
maydonida yurt sha‘nini munosib himoya qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o‗zining xorijiy tengdoshlari bilan
raqobatlasha olishi lozim.
Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo‗lgan ingliz tilida olib
borilmoqda.
Axborot texnologiyalari vositalari — kompyuter texnikasi, magnitofon, kitob, video uskunalari, elektron doska
orqali dars vaqtini tejash va yanada ko‗proq va samarali ma‘lumot olishga imkoniyat demakdir.
Boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi bir qator jihatlarni
inobatga olishi lozim.
Birinchidan, AKTdan foydalanib, dars o‗tishda o‗qituvchi unga Davlat standartlari asosida reja tuzib,
tayyorgarlik ko‗rishi kerak. Ikkinchidan, darsda AKT hech qachon o‗qituvchining o‗rnini egallay olmaydi, balki unga
ko‗makdoshlik vazifasini o‗taydi. Uchinchidan, dars mazmuniga ko‗ra AKT va boshqa pedagogik texnologiyalarni
navbatma-navbat oqilona qo‗llashi lozim. To‘rtinchidan, AKTni dars jarayoniga tatbiq etishdan maqsad darsni boyitish,
oddiy kitob bera olmaydigan ma‘lumotlarni, didaktik ko‗rgazmalarni berishdir.
Boshlang‘ich sinf ingliz tili fanini o‘qitish 1-2 sinflarda o‘yinli tarzda, ko‘rgazmali
vositalardan foydalanib
tashkil etilishi lozim. Bu bosqichda ko‘proq, narsa, voqea-hodisalar, turli xil predmetlarning ingliz tilida qanday
nomlanishini yod oldirishga e‘tibor qaratiladi.
3-4 sinflardan boshlab ingliz tiliga oid harflar bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o‘quvchilarga harflar
o‘rgatilishiga, soda so‘zlarni hosil qilish, so‘zlarni bir-biriga qo‘shish, sodda so‘z birikmalarini hosil qilish
ko‘nikmalarini shakllantirishga e‘tibor qaratiladi. Bunda o‘quvchilarning
eshitish, o‘qish, tinglash, yod olish,
so‘zlashish qobiliyatlari rivojlantiriladi. O‘qitishni bunday tarzda tashkil etishning sababi, kichik sinf o‘quvchilarining
yosh va individual-psixologik xususiyatlari inobatga olingan. Chunki, kichik sinf o‘quvchilarining xotirasi, tafakkuri,
diqqati, idrok etishi va tasavvuri o‘ziga xos hsioblanib, o‘qitish jarayonida bu kabi jihatlarni hisobga olish ta‘lim
samaradorligi oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ya‘ni, bilimlar
soddadan murakkabga tomon, osondan qiyinga qarab
o‘zgarib boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirishida o‘qituvchi bir vaqtning o‗zida turli
bilim saviyasiga ega o‘quvchilarga turli rasmli topshiriqlar berishi, yangi mavzuni tushuntirishda: dars sifatini
fotosuratlar, kliplar, kinolavhalar, videolavhalar orqali amalga oshirishi lozim. Bunda o‗quvchilar kitob matnidan turli
xorijiy davlatlar haqida oddiy ma‘lumot olibgina qolmay, shu davlatlarga tasavvuriy sayohat, chet davlatlarning an‘ana
va urf-odatlari haqida videolavhalar, qoshiqlar, kliplar tamosha qilishlari mumkin.
Chet tillarini o‗qitishda Internet hamda uning katta imkoniyatlaridan foydalanishlari natijasida, ta‘lim va
pedagogik jarayonlariga multimediya texnologiyalarining joriy etilishining istiqbolliligi tobora namoyon bo‗lmoqda.
Chet tili fani o‘qituvchisi Internet ma‘lumotlaridan maqsadli foydalanishi lozim. Ma‘lumki,
asosiy kommunikatsiya
vositasi sifatida Internet bilan tanishuv to‗rt yo‗nalishda:
• Internet axborot olish vositasi sifatida;
• Internet muloqot vositasi sifatida;
• Internet o‗qitish vositasi sifatida;
• Internet ko‗ngilochar vosita sifatida amalga oshiriladi.
118
Shu tariqa, Internetdan foydalanib, chet tilini o‗qitish orqali o‗qituvchilar ham va o‗quvchilar ham o‗z ishlarida
qulay imkoniyatlarga ega bo‗ladilar, shu boisdan ham AKTni dars jarayoniga joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, o‘qitishning axborot va kommunikativ texnologiylari ta‘lim-tarbiya jarayonini
samaradorligini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlarini tabaqalashtirish, bu jarayonda o‘quvchilarning
mantiqiy
fikrlashlariniyo‘lga qo‘yish va boshqarishni amalga oshirish hamda guruhiy yoki yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni
tashkil etib o‘quvchilarni alohida ishlashlarini ta‘minlaydi. Bu hol esa ta‘lim jarayonini jadallashtirish, o‘zlashtirish
samaradorligini oshirish, ta‘limni optimallashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: