107
oqibatli va sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblayman.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish
bo’yicha Respublika Prezidentining qarori ayni muddao bo’ldi. Zamon shiddat bilan taraqqiy
etayapti. Texnika va texnologiyalar yil sayin yangilanib borayotgan davrda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o’quv
reja va
dasturlarini takomillashtirishga katta e`tibor qaratilgan. 2200 ta maktabgacha ta’lim
tashkilotsining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, jumladan qishloq aholi punktlarida
yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quriladi, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan
inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlanadi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so’m mablag’ ajratilishi ko’zda
tutilmoqda. Yangi qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avvalgilaridan farqli
ravishda yangi loyiha asosida qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, bolalarning yangi shakldagi
va qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalarini, suzish basseynlarini qurish inobatga olingan.
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib:
-
yuqori sifatli maktabgacha ta’lim ta’minlanib, bolalarni sifatli maktabga
tayyorlashni tubdan yaxshilanadi va ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlar joriy etiladi;
-
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisha muddatli
guruhlar tashkil etiladi;
-
3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni
ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga
tayyorlash tizimi joriy etiladi;
-
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud
tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash
orqali
kengaytiriladi;
-
qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to’lovi 30
foizgacha kamaytiriladi. Bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga
erishiladi.
Yurtimizda o’g’il-qizlarning hech kimdan kam bo’lmay, barkamol voyaga etishi, o’z
iqtidori va salohiyatini to’liq namoyon etgan holda jamiyatda munosib o’rin topib, davlatimiz
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi yo’lida uzoqni ko’zlab amalga oshirilayotgan keng
qamrovli islohotlar bugun o’z samarasini bermoqda. Ta’lim-tarbiya sohasida
o’tkazilayotgan chuqur o’ylangan islohotlar, avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o’zgarishlarga
yo’l ochib, pirovardida xalq ma(naviyati takomilida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etmoqda.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti boshlab bergan ezgu amallar bugun
davom ettirilib, malakali kadrlar tayyorlash tizimi o’zining strategik maqsadlarga ega ekani
bilan mamlakatimizning buyuk kelajagini qurishda muhim rol o’ynamoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida bolalarning qalbida ilm, tarbiya, sport bilan shug’ullanishga bo’lgan ilk
tasavvurlarini
shakllantiradigan, ularning ma(naviy yetuk, jismonan barkamol bo’lib
ulg’ayishlariga mustahkam poydevor yaratadigan, shaxs kamolotida debocha vazifasini
bajaradigan muhim hujjat bo’lib xizmat qilishi, shubhasiz. Sog`lom ona va bola yili” davlat
dasturida maktabgacha ta’limni har tomonlama takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgani
tizimda faoliyat olib borayotgan barcha pedagog, metodist, tarbiyachilar zimmasiga ulkan
mas’uliyat yuklaydi. Dasturda “Sog`lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini
kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog`ini yanada rivojlantirish, boshlang`ich
ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini
108
tubdan oshirish, sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish tadbirlarini amalga oshirish”
vazifalari belgilangan.
O’yin maydonchalari tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududini
obodonlashtirish va atrofini o`rash MTTning vazifasi hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tarmog`ini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, bolalarni
maktabga tayyorlash va har tomonlama kamolga yetkazish bo`yicha qo`shimcha chora-
tadbirlar ishlab chiqish zarur. Jumladan: bolalar maktabgacha ta’lim va boshqa tegishli
tashkilotlar uchun sotib olinadigan jihozlar, mebellarga talablar va standartlarni rivojlangan
mamlakatlarda to`plangan ilg`or tajribani hisobga olgan holda tubdan qayta ko`rib chiqish, eng
avvalo, jihozlarning ergonomikligi, qo`llashga qulayligi va foydalanish uchun xavfsizligi, uzoq
muddat qo`llashga
yaroqliligi, zararsiz materiallardan tayyorlangani va energiya tejamkor,
samarali texnologiyalardan foydalanilganiga e’tibor qaratish; bolalarda mantiqiy fikrlash
hamda motorikani erta rivojlantirish maqsadida 2016-2018-yillarda 3000ta maktabgacha ta’lim
tashkilotsini ko`rgazmali qurollar, didaktik materiallar, o`yinchoqlar, 1620ta maktabgacha
ta’lim tashkilotsini mebellar jamlamasi, o`yin va sport faollik markazlari, o`quv-
metodik
materiallar va 50 nomdagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; maktabgacha ta’limga qamrab
olinmagan 3-6 yoshli bolalarni oilada maktabga tayyorlash maqsadida maktabgacha yoshdagi
farzandlari bor 200 ming oilani 7 nomdagi ertak va she’rlar to`plami, ota-onalar uchun
bolalarini maktabga tayyorlovchi qo`llanmalar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar uchun “Sog`lom ona va bola
yili” davlat dasturida belgilanganidek, 5 mingta maktabgacha ta’lim tashkilotsi qoshida tashkil
etilgan “Zumradoylar davrasi” to`garaklarida mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha metodik
qo`llanmalar, bukletlar ishlab chiqish va nashr etish lozim.
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish.
Mutaxassislar inson o’z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5
yoshgacha bo’lgan davrda olishini ta’kidlashadi. Endi shu o’rinda kelajak avlodga ta’lim-
tarbiya berishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini tasavvur qiling.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini
oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi
zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi
hamon pastligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-
dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon
talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Ushbu Qaror 2017-2021-yillarga mo`ljallangan
keng ko`lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. Unda bolalarni maktabga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim
dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismo niy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. Jumladan, maktabgacha ta’lim
sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlariga
alohida urg`u beriladi.
Oila va bog`chada bolalarning ta’lim-tarbiyasida qator tafovvutlar mavjud. Bu avvalo
bolaning maktabga tayyorlash jarayonida ko`rinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasiga bormagan bola to`g`ridan-to`g`ri maktabga kelganda
dastlab boshqa bolalarga qo`shila olmaydi. Chunki ular ko’proq oila muhitida ulg’ayganligi
sababli nisbatan tortinchoq bo’lishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa bolalarni nafaqat
tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko’nikmalari rivojlantirladi. Shu ma`noda,
ushbu Dastur asosida maktabgacha ta’lim sifati tubdan yaxshilanadi, undagi ta’lim-tarbiya
jarayonlariga zamonaviy ilg’or tajribalar joriy etiladi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga
109
faqatgina harfni o’rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida
atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas
tuyg’ular singdiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha an`anaviy maktabga tayyorlash shakllari bilan bir qatorda
uning muqobil shakllarini yaratish va rivojlantirish ham ko’zda tutilgan. Jumladan, yurtimiz
bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6100 ta qisha muddatli guruhlar tashkil etilishi
rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim muassasidagi qisha muddatli guruhlarni tashkil etish
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning samarali shakli bo’lib qoladi.
Qisha muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati, bu guruhlar bir tomondan yosh
oilalarga qulaylik tug’diradi, ya`ni ularga moliyaviy yengillik beradi.
Eng muhimi esa,
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi oshib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilar orasidagi
tavofutga barham beriladi. Yana muhim jihatlardan biri maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
bolalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha zarur didaktik o’yin va o’yinchoqlar
bilan ta’minlanishi, kichik kutubxonalarning tashkil etilishidir. Bolajonlarda badiiy adabiyotga
bo’lgan qiziqishini yoshligidanoq o’yg’otish va eng asosiysi, ona-Vatanimizga nisbatan mehr-
oqibatli va sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblaymiz.
Vazirlar mahkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-son qaroriga 2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: