“Maktabgacha pedagogika”


muddatli guruhlarni tashkil qilish



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana08.11.2022
Hajmi2,48 Mb.
#862330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
2-курс Мак пед.Маж

muddatli guruhlarni tashkil qilish.
 
Reja 

Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkiliy tuzilmasi.

Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish.
Tayanch iboralar:
komplektlash, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlar, 
tashkilot filiali, kun tartibi, qisqa muddatli guruh. 

 
Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkiliy tuzilmasi.
Qisha muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga ko'ra bir xil yoshdagi hamda turli 
uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni qabul qilish mumkin. Qisha muddatli guruhlarga 
bolalarni qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil 
etish tuman (shahar) bo'limi tomonidan berilgan yo'llanmalar va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi 
tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Qisha muddatli guruhlarni to'ldirishda tanlov asosida 
hamda test sinovi bo'yicha qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi. Qisha muddatli guruhlar 
tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta) 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tuzilgan taomnoma asosida 
amalga oshiriladi. Zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har 
tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Ushbu Qaror 
2017-2021-yillarga mo`ljallangan keng ko`lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda 
tutadi. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya 
jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. 
Jumladan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan 
yaxshilash chora-tadbirlariga alohida urg`u beriladi. Oila va bog`chada bolalarning ta’lim-
tarbiyasida qator tafovvutlar mavjud. Bu avvalo bolaning maktabga tayyorlash jarayonida 
ko`rinadi. Maktabgacha ta’lim muassasiga bormagan bola to`g`ridan-to`g`ri maktabga 
kelganda dastlab boshqa bolalarga qo`shila olmaydi. Chunki ular ko’proq oila muhitida
ulg’ayganligi sababli nisbatan tortinchoq bo’lishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 
bolalarni nafaqat tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko’nikmalari 
rivojlantirladi. Shu ma`noda, ushbu Dastur asosida maktabgacha ta’lim sifati tubdan 
yaxshilanadi, undagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ilg’or tajribalar joriy etiladi. Bola 
shaxsini kamol toptirish, unga faqatgina harfni o’rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni 
shakllantirish, uning ruhiyatida atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona 
Vatanni sevishdek muqaddas tuyg’ular singdiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’icha an(anaviy maktabga 
tayyorlash shakllari bilan bir qatorda uning muqobil shakllarini yaratish va rivojlantirish ham 
ko’zda tutilgan. Jumladan, yurtimiz bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6100 ta qisha 
muddatli guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim muassasidagi qisha 
muddatli guruhlarni tashkil etish bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning samarali shakli 
bo’lib qoladi. Qisha muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati, bu guruhlar bir tomondan 
yosh oilalarga qulaylik tug’diradi, ya`ni ularga moliyaviy yengillik beradi. Eng muhimi esa, 
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi oshib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilar orasidagi 
tavofutga barham beriladi. Yana muhim jihatlardan biri maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 
bolalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha zarur didaktik o’yin va o’yinchoqlar 
bilan ta’minlanishi, kichik kutubxonalarning tashkil etilishidir. Bolajonlarda badiiy adabiyotga 
bo’lgan qiziqishini yoshligidanoq o’yg’otish va eng asosiysi, ona-Vatanimizga nisbatan mehr-


107 
oqibatli va sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblayman. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish 
bo’yicha Respublika Prezidentining qarori ayni muddao bo’ldi. Zamon shiddat bilan taraqqiy 
etayapti. Texnika va texnologiyalar yil sayin yangilanib borayotgan davrda zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o’quv reja va 
dasturlarini takomillashtirishga katta e`tibor qaratilgan. 2200 ta maktabgacha ta’lim 
tashkilotsining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, jumladan qishloq aholi punktlarida 
yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quriladi, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan 
inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlanadi. 
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so’m mablag’ ajratilishi ko’zda 
tutilmoqda. Yangi qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avvalgilaridan farqli 
ravishda yangi loyiha asosida qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, bolalarning yangi shakldagi 
va qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalarini, suzish basseynlarini qurish inobatga olingan. 
Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib: 
-
yuqori sifatli maktabgacha ta’lim ta’minlanib, bolalarni sifatli maktabga 
tayyorlashni tubdan yaxshilanadi va ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlar joriy etiladi;
-
bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisha muddatli 
guruhlar tashkil etiladi;
-
3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni 
ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga 
tayyorlash tizimi joriy etiladi; 
-
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud 
tashkilotlarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali 
kengaytiriladi; 
-
qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to’lovi 30 
foizgacha kamaytiriladi. Bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga 
erishiladi.
Yurtimizda o’g’il-qizlarning hech kimdan kam bo’lmay, barkamol voyaga etishi, o’z 
iqtidori va salohiyatini to’liq namoyon etgan holda jamiyatda munosib o’rin topib, davlatimiz 
taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishi yo’lida uzoqni ko’zlab amalga oshirilayotgan keng 
qamrovli islohotlar bugun o’z samarasini bermoqda. Ta’lim-tarbiya sohasida 
o’tkazilayotgan chuqur o’ylangan islohotlar, avvalo, ong va tafakkurdagi ijobiy o’zgarishlarga 
yo’l ochib, pirovardida xalq ma(naviyati takomilida hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etmoqda.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti boshlab bergan ezgu amallar bugun 
davom ettirilib, malakali kadrlar tayyorlash tizimi o’zining strategik maqsadlarga ega ekani 
bilan mamlakatimizning buyuk kelajagini qurishda muhim rol o’ynamoqda. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining qabul qilinishi maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bolalarning qalbida ilm, tarbiya, sport bilan shug’ullanishga bo’lgan ilk 
tasavvurlarini shakllantiradigan, ularning ma(naviy yetuk, jismonan barkamol bo’lib 
ulg’ayishlariga mustahkam poydevor yaratadigan, shaxs kamolotida debocha vazifasini 
bajaradigan muhim hujjat bo’lib xizmat qilishi, shubhasiz. Sog`lom ona va bola yili” davlat 
dasturida maktabgacha ta’limni har tomonlama takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgani 
tizimda faoliyat olib borayotgan barcha pedagog, metodist, tarbiyachilar zimmasiga ulkan 
mas’uliyat yuklaydi. Dasturda “Sog`lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini 
kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog`ini yanada rivojlantirish, boshlang`ich 
ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini 


108 
tubdan oshirish, sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish tadbirlarini amalga oshirish” 
vazifalari belgilangan. 
O’yin maydonchalari tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududini 
obodonlashtirish va atrofini o`rash MTTning vazifasi hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari tarmog`ini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, bolalarni 
maktabga tayyorlash va har tomonlama kamolga yetkazish bo`yicha qo`shimcha chora-
tadbirlar ishlab chiqish zarur. Jumladan: bolalar maktabgacha ta’lim va boshqa tegishli 
tashkilotlar uchun sotib olinadigan jihozlar, mebellarga talablar va standartlarni rivojlangan 
mamlakatlarda to`plangan ilg`or tajribani hisobga olgan holda tubdan qayta ko`rib chiqish, eng 
avvalo, jihozlarning ergonomikligi, qo`llashga qulayligi va foydalanish uchun xavfsizligi, uzoq 
muddat qo`llashga yaroqliligi, zararsiz materiallardan tayyorlangani va energiya tejamkor, 
samarali texnologiyalardan foydalanilganiga e’tibor qaratish; bolalarda mantiqiy fikrlash 
hamda motorikani erta rivojlantirish maqsadida 2016-2018-yillarda 3000ta maktabgacha ta’lim 
tashkilotsini ko`rgazmali qurollar, didaktik materiallar, o`yinchoqlar, 1620ta maktabgacha 
ta’lim tashkilotsini mebellar jamlamasi, o`yin va sport faollik markazlari, o`quv-metodik 
materiallar va 50 nomdagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; maktabgacha ta’limga qamrab 
olinmagan 3-6 yoshli bolalarni oilada maktabga tayyorlash maqsadida maktabgacha yoshdagi 
farzandlari bor 200 ming oilani 7 nomdagi ertak va she’rlar to`plami, ota-onalar uchun 
bolalarini maktabga tayyorlovchi qo`llanmalar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar uchun “Sog`lom ona va bola 
yili” davlat dasturida belgilanganidek, 5 mingta maktabgacha ta’lim tashkilotsi qoshida tashkil 
etilgan “Zumradoylar davrasi” to`garaklarida mashg`ulotlar o`tkazish bo`yicha metodik 
qo`llanmalar, bukletlar ishlab chiqish va nashr etish lozim. 

Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish.
Mutaxassislar inson o’z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 
yoshgacha bo’lgan davrda olishini ta’kidlashadi. Endi shu o’rinda kelajak avlodga ta’lim-
tarbiya berishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini tasavvur qiling. 
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini 
oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar 
amalga oshirilmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi 
zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi 
hamon pastligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-
dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon 
talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Ushbu Qaror 2017-2021-yillarga mo`ljallangan 
keng ko`lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. Unda bolalarni maktabga 
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim 
dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismo niy 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. Jumladan, maktabgacha ta’lim 
sifatini oshirish, bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlariga 
alohida urg`u beriladi. 
Oila va bog`chada bolalarning ta’lim-tarbiyasida qator tafovvutlar mavjud. Bu avvalo 
bolaning maktabga tayyorlash jarayonida ko`rinadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasiga bormagan bola to`g`ridan-to`g`ri maktabga kelganda 
dastlab boshqa bolalarga qo`shila olmaydi. Chunki ular ko’proq oila muhitida ulg’ayganligi 
sababli nisbatan tortinchoq bo’lishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa bolalarni nafaqat 
tengdoshlari balki kattalar bilan ham muloqot qilish ko’nikmalari rivojlantirladi. Shu ma`noda, 
ushbu Dastur asosida maktabgacha ta’lim sifati tubdan yaxshilanadi, undagi ta’lim-tarbiya 
jarayonlariga zamonaviy ilg’or tajribalar joriy etiladi. Bola shaxsini kamol toptirish, unga 


109 
faqatgina harfni o’rgatish emas, balki unda ijobiy fazilatlarni shakllantirish, uning ruhiyatida 
atrof-olam, jamiyat va ota-onasiga nisbatan hurmat hissini, ona Vatanni sevishdek muqaddas 
tuyg’ular singdiriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-6 yoshli bolalarni 
maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha an`anaviy maktabga tayyorlash shakllari bilan bir qatorda 
uning muqobil shakllarini yaratish va rivojlantirish ham ko’zda tutilgan. Jumladan, yurtimiz 
bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 6100 ta qisha muddatli guruhlar tashkil etilishi 
rejalashtirilgan. Maktabgacha ta’lim muassasidagi qisha muddatli guruhlarni tashkil etish 
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning samarali shakli bo’lib qoladi. 
Qisha muddatli guruhlarning yana bir muhim jihati, bu guruhlar bir tomondan yosh 
oilalarga qulaylik tug’diradi, ya`ni ularga moliyaviy yengillik beradi. Eng muhimi esa, 
bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi oshib, boshlang’ich sinflarda o’quvchilar orasidagi 
tavofutga barham beriladi. Yana muhim jihatlardan biri maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 
bolalarning intelektual qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha zarur didaktik o’yin va o’yinchoqlar 
bilan ta’minlanishi, kichik kutubxonalarning tashkil etilishidir. Bolajonlarda badiiy adabiyotga 
bo’lgan qiziqishini yoshligidanoq o’yg’otish va eng asosiysi, ona-Vatanimizga nisbatan mehr-
oqibatli va sadoqatli farzandlar bo’lib voyaga etishlarida muhim rol uynaydi deb hisoblaymiz. 
Vazirlar mahkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-son qaroriga 2-ilova 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish