Nazorat uchun savollar:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida asosiy ta’lim shakli nima?
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotning qanday turlari mavjud?
Mashg‘ulotning bolalarni maktabga tayyorlashdagi ahamiyati nimada?
Mashg‘ulot jadvali tuzish talablarini ayting.
Mashg‘ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi qanday amalga oshiriladi?
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish tartibi qanday
?
Adabiyotlar
1.M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2.Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. “Maktabgacha
pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.
3.D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz” 2018 y.
Darslik.
4.”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2018 y.
5.Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти ва
халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”,
101
Mavzu-24-25-Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish. Bolalarga davlat va
nodavlat maktabgacha tashkilotlarda ta’lim-tarbiya berish.
Maktabgacha
ta’lim tashkiloti-maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy tarbiya
maskani.
Reja
Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni.
Tayanch iboralar:
pedagogik jarayon, istiqbol reja, yillik reja, smeta, Maktabgacha
ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, metodik qo’llanma, meyoriy hujjat.
Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta’lim tizimining birinchi boshichi, jamiyatning
eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o`rin tutadi.
Barcha turdagi maktabgach ta’lim tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida» 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar
Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga
qo`yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining ish tartibi va bolalarning ushbu tashkilotda
bo`lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining ustavi va muassisning qarori bilan
belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida,
quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
-
12 soatli;
-
10,5 soatli;
-
9 soatli;
-
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi joylashgan hududda yashaydigan aholi
talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsida yoki uning alohida
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsida ovqatlanishni tashkil etish ushbu tashkilot
zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining tibbiyot
xodimlari va ushbu tashkilotga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog`liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi xodimlari bilan birgalikda
bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari
102
o`tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va
sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va
sog`lig`ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’limvazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish
hududiy sog`liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining
faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy
jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish
sog`liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish tashkilotlarida har uch yilda kamida bir marta
bepul amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo`lgan davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotsiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha
ta’limtashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limlari
tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo`llanmalari asosida
amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo`lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Bo`sh o`rinlar mavjud bo`lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni
maktabgacha ta’limtashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo`limlarining yo`llanmalari bo`yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotsiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar:
-
I va II guruh nogironlari;
-
ko`p bolali oilalarning bolalari;
-
harbiy xizmatchilarning bolalari;
-
talabalar va pedagoglarning bolalari;
-
chin etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotsiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos
bo`ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotsidagi mavjud bo`sh o`rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi
sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi.
Bo`sh o`rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining mudirlari
tomonidan imzolanadi va ularning to`g`riligi va o`z muddatida kiritilishi uchun davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudiri shaxsan javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida
20 nafar bo`lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo`lmasligi lozim.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o`tgan bolalar bilan to`ldirish o`quv yili oxiridan yangi
o`quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to`ldirilishi
o`rinlar bo`shashiga qarab amalga oshiriladi.
103
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsida o`quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi,
keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o`quv yili boshlangunga qadar sog`lomlashtirish
davri davom ettiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotsi quvvatidan ortiq bo`lgan
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to`xtatish hududiy
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko`ra
maktabgacha ta’limtashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo`limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni.
Maktabgacha ta'lim tashkilotsida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-
metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit,
foydalanadigan vosita
, ishning usul va
metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini
oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim tashkilotsi ishini rejalashtirish mumkinligini va
zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va
tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning
asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat
usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi
belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim- tarbiya
dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi
hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni
tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va
usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil
etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib,
tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-
tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja (tarbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisda taqsimlab,
пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik
ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash
imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama
rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan
kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.
104
Shuning uchun MTTda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:
MTTning yillik rejasi
,
Lstiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTT mudirasi, metodist
tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar tashkilotsida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o’z
ichiga oladi.
lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib
boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maksadga qaratilgan va
samarali bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTTda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo’limllari
o’z aksini topadi.
lstiqbol rejasida dasturning hamma bo’limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ta'lim-
tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik mavzular buyicha belgilab
chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya
mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish
darajalari, maktabgacha ta'lim tashkilotsining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-
atrofdagi narsa va buyumlar to’g’risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga
qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o’stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va
malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTT tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning
maiaka va ko’nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko’rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga
erishmog’i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek o’zidan oldingi va keyingi
guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina
guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’limida bolalarni hayvonlar, o’simliklar va
shunga o’xshashlar to`g’risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi
belgilangan.
O’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga,
voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o’stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va
tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-
hodisaiar o'rlasidagi o'zaro bog’liqlikni topa bilishga o’rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta
va tayyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- hodisalar to`g’risidagi haqiqiy tasavvur
va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog’liq ekanligini shakllantirish dasturning
muhim vazifasidir.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |