Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Korreksion ta’limda og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi



Download 357,25 Kb.
bet17/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

Korreksion ta’limda og‘zaki, kо‘rgazmali va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi. Aqli zaif bolalarning rivojlanishi xususiyatlarini kо‘rib chiqqanda biz ularda nutqning kechikib shakllanishini va kо‘pchilik aqli zaif bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinish vaqtida nutqi deyarli rivojlanmagan bо‘lishi haqida tо‘xtab о‘tgan edik. Bu demakki, о‘qitishning dastlabki bosqichlarida nutq ijtimoiy tajribalarni – bilim, tevarak – atrof haqidagi ma’lumotlarni harakat usullarini bolaga berishning asosiy vositasi, kо‘nikma va malakalarga о‘rgatish vositasi bо‘lib xizmat qila olmaydi. Demak, aqli zaif bolalarga ta’lim berishning dastlabki yillarida og‘zaki metodlar yetakchi metod bо‘la olmaydi. Lekin buni og‘zaki metodlar ta’limdan chiqarib tashlanishi lozim degani emas. Aksincha ulardan albatta foydalanish lozim. Muhimi ulardan tо‘g‘ri foydalanish kerak.

Ta’limning dastlabki bosqichlarida nutq qanday rollarni bajaradi?

Avvalo, nutq bolalarning diqqatini yig‘adi. Ularning faoliyatni shakllantiradi, mashg‘ulotda boshqaradi. Og‘zaki shaklda pedagog va tarbiyachilar bolpalar oldiga topshiriqlar vazifalar faoliyat maqsadini qо‘yadilar. MAshg‘ulot, о‘yin, mashqlar davomida kattalar bolalarning faoliyatini borishini erishilgan natijalarni ta’kidlab boradilar. Bolalar olgan tajribalarni umumlashtiradilar.

Bu davrda korreksion-tarbiyaviy ishning asosini kо‘rgazma va Amaliy metodlar tashkil etadi. Ammo bu yerda ham ish juda murakkab bо‘ladi.

Buni tushuntirish uchun Yana bir bor maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlariga e’tibormizni qaratishimiz lozim.

Ma’lumki, aqli zaif bolalarda psixik rivojlanishining buzilishlari, tizimli xarakter kasb etadi. Ularda faqatgina nutqning rivojlanishi orqada qolmay, balki idrok, tafakkur, faoliyatning rivojlanishi ham orqada qoladi.

Kо‘rgazmali metodlardan foydalanish uchun idrok ma’lum darajada rivojlangan bо‘lishi lozim. Bola diqqatini yetarli darajada predmetga qarata olishi, uni kо‘zdan kechirishi, xususiyatlarini va munosabatini ajrata olishi, predmet va harakatlarni rasmlarda taniy olishi kerak. Bularning barchasi aqli zaif bolalarda maktabgacha tarbiya yoshining boshlanishiga kelib ham shakllanmay qolgan bо‘ladi. Bu pedagoglarni ta’limning kо‘rgazmali vositalarini tanlashda ehtiyotkorlik va aniqlik Bilan harakt qilishlarini talab etadi.

Aqli zaif bolalarning diqqati ixtiyorsiz, tarqoq bо‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida bolalarning kо‘zi ostida faqatgiga Ushbu mashg‘ulot uchun lozim bо‘lgan predmetlargina bо‘lishi lozim. Ortiqchalari ularning diqqatini tarqatadi. Eng yaxshisi, bolalarning diqqati 1-2 tagina predmetlarga qaratilishi lozim. Shuni aytib о‘tish kerakki, Ushbu predmetlar yirik, rangli bо‘lishi talab etiladi.

О‘qitishning 1- yilida kо‘rgazma materiali sifatida rasmlardan ehtiyotkorlik Bilan foydalanish tavsiya etiladi. CHUnki aqli zaif bolalar kо‘pincha predmetlarni tasvirda taniy olmaydilar, ayniqsa qanday harakatlar tasvirlanganligini tushunmaydilar, rasmdagi yuz ifodasini va ishoralarni esa umuman tushunmaydilar.

Ta’limda rasmlardan notо‘g‘ri foydalanish bolalarning dastur materialini formal ravishda о‘zlashtirishga, xususan predmetlarni va harakatlarni ifodalaydigan sо‘zlarni tushunmaslikka olib keladi. Kо‘pincha bolalar bir rasmda predmetning nomini bilib olib, о‘sha predmetni boshqa rasmda nomlay olmaydilar yoki real predmetni uning tasviriga moslab olmaydilar. Rasmlardagi harakat nomlarini eslab qolib, ularni Yangi holatlarga, real hayotga tatbiq eta olmaydilar.

Rasmlardan kо‘rgazma vositasi sifatida foydalanishdan avval bolalarni tasvirni idrok etishga, ularni real predmetlarga. Harakatlarga. Holatlarga moslashtirishga maxsus о‘rgatish zarur.

Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bо‘lgan idrok etishning sekinligi harakatlanuvchi tasvirlarni – kino va telekо‘rsatuvlarni tо‘la idrok tо‘sqinlik qiladi.

Bolalar kо‘pincha tasvirlanayotgan viqea-hodisalarning ketma-ketligini kuzatishga ulgurmaydilar, muhim joylarini о‘tkazib yuboriladilar. Shuning uchun Ushbu metodlar ham idrokni tayyorlash bо‘yicha maxsus ish bilan bog‘lanishi lozim.

Aqli zaif bolalarni о‘qitishdagi dastlabki davrda amaliy metodlardan foydalanish bolalarning faoliyatini va bolalar tajribasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Amaliy metodlarni qо‘llashning namunasi sifatida yuqorida yoritib о‘tilgan «katta kichiklik” haqidagi tasavvurlarni shakllantirish bо‘yicha ishlarni keltirish mumkin.

Ta’limning tashkil qilishda bolaga ijtimoiy tajribani berish usullarini tо‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga egadir. Bunday usullar-og‘zaki tasvirlash yoki sо‘z kо‘rsatmasi, kо‘rsatish (taqlid) namuna, ishorali kо‘rsatma, bolani kata odam bilan birgalikdagi harakatlaridir.

Bolaga ijtimoiy tajribani о‘rgatish usullari о‘rtasidagi munosabatlar faol bо‘lib, ular doimo bir – birini о‘rnini olib turishi lozim. Masalan, namuna bо‘yicha harakat qila oladigan bolani taqlid qilishda, mustaqil harakat qila oladigan bolani namunada ushlab о‘tirish kerak emas. Shu bilan birga bola harakatni sо‘z kо‘rsatmasi bо‘yicha bajara olmasa namuna bо‘yicha, zarur bо‘lganda, taqlid qilishga о‘tish mumkin va hokazo. Shuni ham ta’kidlab о‘tish zarurki, bolalar turli topshiriqlarni turlicha bajaradilar. Bu topshiriqning murakkabligi va bolaning ushbu faoliyat bilan tanishligi darajasiga bog‘liq.

Shuni eslatib о‘tish lozimki, kо‘rgazmali va amaliy metodlar albatta nutq bilan – sо‘z kо‘rsatmasi, topshiriqni og‘zaki tushuntirish, og‘zaki tasvirlash bilan birga qо‘llanilishi, ammo nutq asta sekinlik bilan kiritilishi zarur.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish