Barmoqlar mashqi
Tarbiyachi she’rni o’qib turadi. Bolalar harakatni bajaradilar.
Quyoncha
Dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
Mahkam ushlab qo’lida
Sabzisini quyoncha.
Barmoqlar tugiladi. Ko’rsatkich hamda o’rta barmoq ko’ tarilib u yon-bu yon qimirlatiladi.
“Kublar” usulida grammatik mashq
Bunda kubning to’rt tomonini ishlatish mumkin. Kubning bir tomonida jo’ja, boshqa tomonlarida tovuq, xo’roz, tuxum suratlari bor.
Tarbiyachi bu usuldan fikrlash uchun har xil yordamchi savollar berish bilan foydalanadi.
Bu nima?
Rangi qanday?
Jo’ja haqida nima deyish mumkin?
Jo’ja boqish yaxshimi? Sababini ayting.
Jo’ja haqida she’r bilasizmi?
Shu tariqa kubning boshqa tomonlaridagi suratlar ham tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |