Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz?
- Bolajonlar, bular qanday hayvonlar? (Quyon va tipratikan)Kunlardan bir kuni quyon bilan tipratikan suhbatlashib qolishibdi. Ular nima haqida suhbatlashganliklarini hozir men sizlarga o’qib beraman. (Tarbiyachi rivoyatni ifodali qilib o’qib beradi).
Rivoyat bo’yicha savollar beradi:
1. Quyon tipratikanga nima dedi?
2. Tipratikon quyonga nima deb javob beribdi?
3. Nima uchun tipratikan “bu tikanlarim, meni it va bo’rilarning o’tkir tishidan saqlaydi”, deb javob beribdi? Siz bu javobni qanday tushundingiz? Tipratikanning javobi to’g’rimi?
4. Quyon tipratikanga bergan savolidan uyalib qoldimi? Siz nima deb o’ylaysiz? Nima uchun?
Tarbiyachi rivoyatni yana bir marta ifodali qilib o’qib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |