Maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/40
Sana01.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#421727
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar uchun kiyim loyihalashning oziga xos xususiyatlari

Hollofayber.
Isituvchi materiallar orasida eng ommaboplaridan biri –
hollofayberdir. U mato bo’lmagan material, ustki kiyimlarga hamda ko’rpa-
to’shaklarga isituvchi qatlam sifatida keng qo’llaniladi. “Hollofayder” xorijiy so’z
bo’lib, “hollow”- kovakli, g’ovakli, “fiber”- tola degan ma’nolarni anglatadi.


44
Zamonaviy texnologiyalar yordamida hollofayber o’ta yengil va yumshoq
qilib ishlab chiqariladi. Uning tarkibi asosan poliyesterlardan iborat bo’ladi.
Shunga ko’ra, ishlab chiqarilayotgan paytda polyester vertikal buralgan yoki
burchakka qaragan holatda buralib ishlab chiqarishi mumkin. Bunda
xollofayberning ikkala ko’rinishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Hollofayber
quyidagi xususiyatlarga ega:
-o’zining dastlabki shaklini yo’qotmaydi, kuchli deformatsiyalarga uchragan
taqdirda ham;
-juda issiq (sintepon va sintepuxga qaraganda)
-iliq mikroiqlimni to’laligicha ta’minlaydi;
-gigiyenik toza, havoni yaxshi o’tkazadi; hasharotlar hujumiga uchramaydi;
-yengil va yumshoq;
-yuvish oson, qo’lda yoki kir yuvish mashinasida bemalol yuvish mumkin;
-uzoq muddatga xizmat qiladi;
-tinsuleyt va sintepuxga qaraganda yupqa shakl beradi;
-namlikni o’ziga shimmaydi;
-elektrlanmaydi;
Hollofayber yengil sanoat sohasida keng ishlatiladi: erkaklar, ayollar va bolalar
kiyimini tikishda ishlatiladi. Qolaversa, ko’rpa, yostiqlar va chaqaloqlar
konvertlari hamda kolyaskalar jildida ham ishlatiladi. Lekin bu hollofayber
ishlatiladigan sohalarning barchasi emas. Undan mebel ishlab chiqarish va hatto,
kosmik aviatsiya sohasida ham foydalaniladi.[http://tkanchik.ru/tkani/xollofajber/]
Bolalar kurtkasida ishlatiladigan isituvchi materiallar imkon darajasida
yengil bo’lishi kerak. Chunki, kichik maktab yoshida ular o’ta harakatchan bo’ladi.
Og’ir isituvchi materialdan tikilgan kurtka ularning harakatini cheklaydi va tez


45
charchab qolishiga sabab bo’ladi. Ma’lum isituvchilar orasida o’tkazilgan
labaratoriya tahlillaridan kelib chiqib, quyida natijalari diagrammalar shaklida
tuzildi. (2.1-diagramma)
2.1-diagramma. Isituvchi materiallar og’irligining tahlili
Tadqiqot natijalariga ko’ra isituvchilarning yuza zichligi quyidagicha:
tinsuleyt 204,8 gr/m², vatin 111,8 gr/m², sintepon 255 gr/m², izosoft 160,7 gr/m²,
sintepux 220,7 gr/m², hollofayber 134,6 gr/m² tashkil qildi, isituvchilar orasida
eng og’iri sintepon, eng yengili esa vatin. Orasidagi farq 143,2 gr. Sintepondan
qilingan bolalar kurtkasi, boshqa isituvchilarga qaraganda, hajmli bo’ladi,
kurtkaning, ayniqsa, yeng qismi bola qo’llarini tez charchatadi. Vatin esa kurtkada
qo’llash uchun juda ham yupqa, qish mavsumida kerakli haroratni ta’minlay
olmaydi.Tinsuleyt isituvchisi tadqiqot etilgan isituvchilar orasida og’irligi
bo’yicha uchinchi o’rinda, sintepondan 50,2 gr yengil, vatindan esa 93 gr og’ir.
Bu isituvchi sintepondan yengil bo’lsa-da, issiqlikni yaxshi saqlaydi. Bunga
sabab, unda sinteponga nisbatan yupqa tolalardan foydalanilib, mikroiqlimni
normallashtiradigan g’ovaklarning ko’proq shakllantirilganligidadir.
Isituvchining o’g’irligi bevosita uning qalinligiga bog’liq boladi. Kurtka
modeli va iste’molchi yoshiga ko’ra turli qalinlikdagi isituvchilar tanlanadi.
Isituvchi materiallarning eng qalini – sintepon, 3 sm. Eng yupqasi esa vatin, 0,4
sm. Hollofayber va sintepux yig’ma shaklda, shu sababli ham, kurtka fasoniga
ko’ra uni kerakli hajmga keltirish mumkin.


46
Tadqiqot etilayotgan isituvchilarning qalinligi 2-diagrammada ko’rsatib
o’tilgan:
2.2-diagramma. Isituvchi materiallarning qalinligi, sm
Isituvchilarning namlikni shimuvchanlik xususiyati ham muhim ahamiyat
kasb ketadi. S hu sababli ham namlikni shimuvchanlik tahlili o’tkazildi:
2.3-diagramma. Isituvchilarning namlikni shimuvchanligi,%
Isituvchilar orasidagi namlikni shimuvchanlik ko’rsatkichlari quyidagicha:
tinsuleyt 1,8%, vatin 3,1%, sintepon 2,6%, izosoft 1,9%, sintepux 1,7%,


47
hollofayber 2,3%. Natijalardan ko’rinib turibdiki, eng yuqori ko’rsatkich vatin,
eng past ko’rsatkich esa sintepuxga tegishli.
Isituvchi materiallarning gigroskopikligi bo’yicha labaratoriya tahlillari
quyidagicha:
2.4-diagramma. Isituvchi materiallarning gigroskopikligi,%
Isituvchi materiallarning gigroskopikligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
kiyim ostidagi mikroiqlimni saqlab turishi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tahlil
ko’rsatkichlari quyidagicha: tinsuleyt 2,6%, vatin 2,9 %, sintepon 2,1%, izosoft
1,9%, sintepux 2,7%, hollofayber 2,3% gigroskopiklikga ega. Demak,
gigroskopiklik xususiyati eng yuqori isituvchi vatin, eng past ko’rsatkich esa
izosoftga tegishli.
Havo o’tkazuvchanlik xususiyati materialga bo’lgan talablarning eng
asosiylardan biridir, ayniqsa, qishki mavsum uchun loyihalanayotgan kiyimlarda.
Chunki bir necha qavatdan iborat bo’lgan kiyimning havo o’tkazuvchanlik
xususiyati past bo’lsa, teri yaxshi nafas ololmaydi va ichki sekretsiya bezlarining
me’yori buzilishiga sabab bo’ladi [20]. Tahlili o’tkazilayotgan isituvchilarning
havo o’tkazuvchanligi quyidagicha: tinsuleyt 381%, vatin 324,2%, sintepon


48
379,7%, izosoft 390,7%, sintepux 336,3, hollofayber 375,2%, natijalarning
diagramma ko’rinishi quyidagicha:
2.5-diagramma. Isituvchilarning havo o’tkazuvchanligi, % qiymatida
Isituvchilarning keyingi va o’z xususiyatiga ko’ra eng muhimi – issiqlik
saqlovchanlik xususiyatidir. Quyida ularning ushbu xususiyati tahlilining natijalari:
2.6-diagramma. Issiqlikni saqlovchanligi, % qiymatida


49
Tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, eng yuqori issiqlik saqlash
qobiliyatiga ega bo’lgan isituvchi bu – tinsuleyt. Yuqorida tahlili o’tkazilgan
natijalarda ham tinsuleytning fizik-mexanik va gigiyenik xususiyatlari yuqori
ekanligi ma’lum bo’ldi. Shu sababli ham, bolalar uchun kiyim tanlashda ushbu
isituvchidan bemalol foydalanish mumkin.
Bu isituvchi material 1960-yilda Amerikaning “Z&M” kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarila boshlangan bo’lib, 1978-yilda rasman ro’yxatdan
o’tkazilgan. Dastlab, Arktika va Antartktida ekspeditsiyachilarining kiyimlarida
qo’llangan. Bugungi kunga kelib esa tinsuleytning kiyim uchun ikki xil ko’rinishda
- yupqa va qalin; hamda o’yinchoqlar uchun ishlab chiqariladigan turlari mavjud.
Bu isituvchi yupqaroq, biroq issiqlikni qalin qatlamga ega bo’lgan isituvchilardan
yaxshiroq ta’minlaydi. Tinsuleyt alohida-alohida qatlam sifatida shakllanganligi
tufayli, kiyim ostidagi ortiqcha namlikni chiqarib, mikroiqlimni mo’tadil holatda
ushlab turadi. (2.12-rasm)
Ortiqcha namlikning tashqi
muhitga chiqarilishi
Mo’tadil iqlimning
me’yorlashishi
2.12-rasm. Tinsuleyt isituvchisining xossalari
Bu isituvchi ishqalanishlarga chidamli, yuvish mobaynida o’z
xususiyatlarini yo’qotmaydi. Allergiya chaqirmaydi, ekologik jihatdan toza,
terlatmaydi va kiyim shaklini yaxshi saqlaydi, ISO 9002 talablariga javob beradi.
http://wearpro.ru/spectkani/universalnyj-uteplitel-tinsulejt-thinsulate-chto-eto.html


50

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish