2.3. Kichik maktab yoshidagi qiz bolalar kurtalarining tahlili
Bolalar uchun mo’ljallangan qishki ust kiyimlar sirasiga kurtka, palto, keyp,
kardigan, trenchkot kabi bir necha ust kiyimlarni kiritishimiz mumkin. Ushbu
kiyimlarni tayyorlash jarayoniga, mato tanlashdan boshlab, tikish jarayonlarida
katta odamlarning kiyimini tikishga qaraganda ko’proq e’tiborli bo’lish talab etadi.
Chunki sifatsiz material bola tanasida turli allergik reaksiyalarni keltirib chiqishi
va terining erkin nafas olishiga to’sqinlik qilishi mumkin, tor va to’g’ri bichimdagi
kurtkalar me’yorga rioya qilmay tikiladigan bo’lsa, bola harakatini cheklashi,
kiyimlarda qo’llaniladigan rang va bezaklar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin, ayniqsa, bir necha qavatdan iborat bo’ladigan qishki
kiyimlarda bu prinsiplarni inobatga olish shart [18]. Birgina bolalar kurtkasi
turlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda turli mato, bichim, rang va
bezaklardan foydalanilganining guvohi bo’lamiz. Bolalar uchun mo’ljallangan
qishki kiyimlar orasidagi eng aktuali - bu kurtkalardir. Dizaynerlar quvnoq
ranglardan tortib, sipo ranglargacha bo’lgan kurtka modellarini taqdim
qilishmoqda. Kurtkalarda ishlatilayotgan bezak elementlari ham xilma-xil: print
rasmlar, kompyuter kashtasi, applikatsiyalar, yelimli kashtalar, munchoqlar.
Bolalar kurtkasi to’g’ri, yopishgan va trapetsiyasimon shakllarda bo’lishi
mumkin.(2.5-rasm)
2.5-rasm. To’g’ri, yopishgan va trapetsiyasimon siluetli kurtkalar
31
Kurtka uzunligi mavsumga ko’ra tanlanadi: bahor –kuz mavsumida kalta,
qish mavsumida esa nisbatan uzunroq kurtkalar tanlash maqsadga muvofiq.
Umuman olganda, kurtkalar uzunligiga ko’ra bo’ksagacha, bo’ksani berkitadigan,
tizzagacha bo’ladi. (2.6-rasm)
2.6-rasm. Turli uzunlikdagi qiz bolalar kurtkasi
Ishlatiladigan taqilmasi turiga ko’ra: molniya taqilmali, tugmali va knopkali
ko’rinishda bo’ladi.(2.7-rasm)
2.7-rasm. Molniyali va tugmali qiz bolalar kurtkasi
Kurtkalarni tikishda oddiy molniya taqilmasidan foydalanib bo’lmaydi.
Buning birinchi sababi, oddiy molniya taqilmasi qalin qatlamlar orasida
32
harakatlanish kuchiga ega bo’lmasligida bo’lsa, ikkinchisi uni tayyorlashda
ishlatiladigan moddalar tarkibiga bogliq bo’ladi, qalin, orasida isituvchi materiallar
qo’llanilgan kurtkalar uchun poliesterdan ishlangan molniya taqilmasidan
foydalanish kerak.Uni kurtkada qo’llash ham ikki xil shaklda bo’lishi mumkin:
ochiq holatda va yopiq(plankali). (2.8-rasm)
2.8.-rasm. Ochiq va yopiq taqilmali qiz bolalar kurtkasi
Kurtkalar uslubiga kora qiz bolalar kurtkasi klassik, sport va romantik
uslublarda bo’ladi. (2.9-rasm)
2.9-rasm. Turli uslubdagi qiz bolalar kurtkasi
33
Moda o’zgaruvchan xususiyatga ega. Bir mavsumda urfga chiqqan libos
o’rnini kelgusi mavsumda unga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan libos egallashi ham
mumkin. Ushbu kuz-qish mavsumida kattalar va bolalar uchun birdek urfga
aylangan kiyimlardan biri bu bomberlardir. (2.10-rasm)
2.10-rasm. Paxta tolali matolardan tikilgan bomberlar
Bomberlardan ayni paytgacha yengil bahorgi ust kiyim sifatida
foydalanilgan. Sifatli isituvchi materiallardan foydalangan holda bomberlarni turli
usullarda qavib, ulardan qishki ust kiyim sifatida foydalansa ham bo’ladi.
Bolalar kurtkasida qo’llaniladigan qaviqlar turli – tuman. Kurtka turi, asosiy
va isituvchi material xususiyatlari, qo’llanilayotgan astarlik mato xossalariga ko’ra
qaviq turlari tanlanadi. (2.11-rasm)
2.11-rasm. Turli ko’rinishda qavilgan qiz bolalar kurtkasi
34
Do'stlaringiz bilan baham: |