II bob. Tajriba sinov qismi
2.1 Bolalar kiyimining mintaqalararo tahlili
Kiyimlar tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bolalar kiyimlari ham alohida
tarixiga ega. Qadimgi Misrda bolalar umuman kiyim kiyishmagan. O’smirlik
davriga kelib, mushak va gavdalari rivojlanishni boshlagach, ma’lum qismlarni
berkitadigan kiyimlar kiyishni boshlashgan [13].
Yevropa mamlakatlarida XVI asrga qadar bolalar uchun tikilgan maxsus ust
kiyimlar bo’lmagan, ular kiyimlarni ustma-ust kiyish natijasida sovuqdan
saqlanishgan. Tikuvchilik mashinalari ixtiro qilinganidan so’ng bolalar uchun
tikilgan kiyimlar tikila boshlangan. Bu kiyimlar ota yoki onalarining eskirgan
kiyimlarini kichraytirish natijasida hosil bo’lgan. Shu sababli, ham katta yoshlilar
kiyimining bichimi, rang va bezaklari bolalar kiyimlarida ham aynan qaytarilgan.
Qiz bolalar kiyimida belgacha to’g’ri, yubka qismi esa quyosh bichimida bo’lgan
kengaytirilgan, ko’ylakning orqa bel qismida shnurlardan foydalanilgan kiyimlar
urfda bo’lgan. Ular yosh bo’lishlariga qaramay, bu kiyimlarni shishirib turadigan
yubkalar bilan kiyishgan.[14]
Kiyimlarga mutanosib tarzda bosh kiyimlar ham loyihalangan. Obrazga
nafis ruh berish maqsadida oq rangdan keng foydalanilgan. (2.1-rasm)
2.1-rasm. Qiz bolalar kiyimi.XVI asr
25
Bolalar modasi XVII asrga kelib shakllana boshlagan. Mato ishlab chiqarish
hajmining ko’pligi, tikish uskunalarining takomillashgani hamda boylikni
ko’z-ko’z qilishga intilish bunga zamin yaratgan. Bolalar uchun
loyihalanayotgan kiyimlar oddiygina bo’lib qolmasdan, davr modasi elementlarini
aynan qaytargan: bo’yin, bel va etak qismiga urg’u berilgan. Bolalar uchun
mo’ljallangan kiyimlarga to’ldiruvchi vosita sifatida bosh kiyimlar ham
tayyorlangan [13]. (2.2-rasm)
2.2- rasm. XVI asr bolalar kiyimi
XVIII asrga kelib esa, bolalar kiyimi bir muncha soddalashtirilgan. Bunga
asosiy sabab dabdabali kiyimlarning bolaning erkin harakatlanishiga to’sqinlik
qilishi va dinning ta’siri bo’lgan. Bolalar kiyimlarida sipo ranglar-qora, jigarrang
asos sifatida ishlatilgan. (2.3-rasm)
2.3-rasm. Bolalar matroscha kiyimi
26
“Matroscha” kiyimlar tezda dunyo bo’ylab ommalashgan. Bunga sabab
ushbu kiyimlarda tabiiy matolardan foydalanilganligi va harakatlanishga
noqulaylik tug’dirmasligidadir.
O’rta Osiyo mamlakatlarida ham bolalar modasi deyarli mavjud bo’lmagan.
Ular ham Yevropa mamlakatlariga o’xshab, o’zlaridan katta opalarining, yoki ota-
onalarining kiyimlarini kiyishgan. Amirlik davrida esa bolalar uchun zardo’zi to’n,
qavima chopon va do’ppilar tikila boshlangan. (2.4-rasm)
2.4-rasm. O’rta Osiyo bolalar kiyimi. XVII asr
27
Do'stlaringiz bilan baham: |