5.2. Ta’limning uslubga qo‘yadigan umumiy talabi
Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo‘llanishining
maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilingandagina
ta’minlanadi.
Ta’limning dars oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan
muvofiqligi. Darsning aniq vazifalari yo‘qligi ta’limga
nisbatan to‘g‘ri uslubni tanlashga imkon bermaydi. Misol
uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka
sakrashni o‘rgatish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda uslubni
aniqlashning qiyinligi ma’lum bo‘lib qoladi. Chunki bunday
umumiy ifodalashda teng darajada umuman o‘rganish uslubidan
ham, o‘rganishning qismlarga bo‘lib o‘rganish uslublaridan
ham foydalanish mumkin. Ko‘proq aniq vazifalarda masalan,
uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o‘rgatishda,
o‘rgatishning qismlar bo‘yicha o‘rgatish zaruriyati vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |