O‘qituvchining individual xususiyati va imkoniyati
bilan muvofiqligi. Har bir pedagog ta’limning barcha
uslublarini to‘la hajmda egallashi kerak, shunga qaramasdan
qator sabablar bo‘yicha bir o‘qituvchi bir xil uslublarni yaxshi
egallagan, boshqalari – boshqalarini. Bu xislatlarni hisobga
olmaslik mumkin emas. Agar aniq holda ikki uslublardan
taxminan bir xil natija kutilsa, u holda usha uslubni uni yaxshi
egallagan o‘qituvchi foydalanishi oqilona bo‘ladi. Bundan
tashqari jismoniy imkoniyatlarining yoshga qarab pasayishi
muqarrarligi o‘qituvchini uning pedagogik ko‘nikmasini
(binobarin, ular qo‘llaydigan uslublarni ham) qayta qurishiga
olib keladi. Bu darsda qisqa shaxsiy harakat faoliyati vaqtida
o‘qitishning sifatini saqlab qolishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |