tomirga yuqori talablar ko‘rsatuvchi ishlarni uzoq vaqt
davomida bajarish qobiliyatiga aytiladi.
Ixtisoslashtirilgan predmet sifatida tanlangan muayyan
faoliyatga munosabati bo‘yicha chidamlilik ham maxsus
chidamlilik deb ataladi. Ixtisoslashtirilgan sport turlari qancha
bo‘lsa, chidamlilikning shuncha maxsus turlari mavjud.
Jismoniy tarbiyada chidamlilikning maxsus turlari: kuch,
tezlik, sakrovchi, statistik, dinamik va boshqa terminlar
ishlatiladi. Chidamlilikning o‘lchovi vaqtdir. Uning davomida
ishning berilgan xarakteri va jadalligini bajarish mumkin.
Chidamlilikni o‘lchashning to‘g‘ri va egri usullari mavjud.
Birinchisiga quyidagilar tegishli: veloargometrda uzoq vaqt
ishlash, tretbanning yo‘laklari bo‘ylab yugurish, bir tekis tezlik
44
bilan o‘yingohda yugurish, metronom ostida joyida yugurish va
boshqalar. Berilgan biror-bir masofadan yengil chiqish vaqtini
o‘lchayotib, chidamlilikning egri usuli baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |