6
interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini
individuallashtirish va differensiyalashtirishga;
sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv
materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim
etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim
ahamiyat kasb etadi.
1. Axborot informatikaning asosiy tushunchasi
Axborot tushunchasi ko‘plab fanlarning o‘rganish sohasininng predmeti bo‘lib, u
fanlarning har birida aniqlashtiriladi va to‘ldirilib boriladi. Axborot - qadimgi ajdodlarimizning
qoya toshlariga chizilgan rasmlarida, kitob sahifalaridagi matnlarda, matoga chizilgan rang
tasvirlarda, musiqiy magnitofonning magnit tasmasidagi yozuvlarda, kompyuterning operativ
xotirasidagi ma’lumotlarda, har bir tirik xo‘jayra DNKsining irsiy kodida, inson miyasi
xotirasida saqlanishi mumkin.
Axborot xususiyatlarini o‘rganish, uni yig‘iщ, saqlash, qidirish, qayta ishlash o‘zgartirish
hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan fan
informatika, deb ataladi.
Informatika – axborotlarni hosil qilish, uzatish, qayta ishlash, saqlash, tuzish, tatbiq kilish
jarayonlarini tadqiq qilishda informatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash jarayonlarini
o‘rganadigan ilmiy - texnika faoliyati sohasidir.
Informatika – kompyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni
yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasi bo‘lib, axborot texnologiyalari (AT)
uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Informatika fanining maqsadi - fan, texnika va ishlab chiqarishda, ya’ni inson faoliyatining
barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash,
saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishdan iborat
Kompyuterlarda qo‘llanish sohasiga ko‘ra axborot deyilganda, qayta ishlanayotgan
ma’lumotlarni simvolli (harf, raqam, kodlashtirilgan grafik obrazlar va tovushlar) belgilashlar
ketma-ketligi tushuniladi.
Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish ob’ekti sanalgan barcha
ma’lumotlar axborot sanaladi. Bunday xolarda axborot, boshqaruv maqsadida uni qayta
tashkil etish nuqtai- nazaridan ko‘rib chiqiladi
Axborot paydo bo‘lgan lahzadan to natija olinguncha bajariladigan o‘zaro bog‘liq
amallarning tartiblangan ketma - ketligiga texnologiya jarayoni deyiladi.
1. Axborot texnologiyalari (AT) informatikaning tarkibiy qismi hisoblanadi
2.
Axborot – bu, yaratuvchisi darajasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar
noaniqligi, to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og‘zaki, yozma yoki boshqa usullar
(shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin
bo‘lgan atrof-muhit (ob’ektlar, voqea-hodisalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
3. Demak, informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi
bazasidan ixtiyoriy ob’ektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini;
tarkibiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot
tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
2. Axborotlashtirish. Axborotlashgan jamiyat
Axborotlashtirish deyilganda - axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot
tizimlaridan foydalanilgan holda yuridik, va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun uchun shart-sharoit yaratilishining tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy texnikaviy jarayon tushuniladi.