8
Kompyuterdagi ma’lumot birligi bir bit dan iborat, ya’ni u 0 yoki 1 qiymat qabul qiladi.
Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir bayt dan iborat bo‘ladi.
Demak, bir bayt birligi belgi qiymatini 256 variantda kodlash imkoniyatini beradi, chunki
2
8
=256.
Bayt – sakkiz bitdan iborat axborotning eng kichik o‘lchov birligi bo‘lib, u Klod SHennon
tomonidan taklif qilingan. Bir bit 0 yoki 1 raqamidan iborat bo‘ladi.
Klaviatura alfavitdagi 256 ta simvolni kodlashtirish uchun, aynan sakkiz “bit” bo‘lishi
talab qilinadi. Hisoblash texnikasida bit deyilganda “0” yoki “1” raqamlarini saqlovchi eng
kichik xotirasi tushuniladi.
1) 1 bit = 0 yoki 1 raqamlaridan biri
2) 8 bit = 1 bayt 0 yoki 1 raqamlaridan iborat sonlar kombinatsiyasi
3) 1 Kilobayt (Kb) = 1024 bayt = 2
10
bayt.
4) 1 Megobayt (Mb) = 1024 Kbayt = 2
20
bayt= 1048576 bayt.
5) 1 Gigabayt (Gbayt)= 1024 Mbayt = 2
30
bayt=1 073 741 824 bayt.
6) 1 Terabayt (Tb) = 1024 Gbayt = 2
40
bayt=1 099 511 627 776 bayt.
7) 1 Petabayt (Pb) = 1024 Tbayt= 2
50
bayt =1 125 899 906 842 624 bayt.
1 – savol. Informatika so‘zida qancha bayt axborot bor?
Javob. Bu so‘zda 11 ta harf bor. Kompyuterda 1 ta harf yoki simvolning o‘lchov birligi 1
baytga teng bo‘lsa, Informatika so‘zi 11 bayt axborotga ega
2 – savol. Kompyuter so‘zi necha bitdan iborat?
Javob. Bu so‘z 9 ta harfdan iborat bo‘lgani uchun u 9 bayt axborotga ega. Demak,
kompyuter so‘zida 9x8=72 bit axborotdan iborat.
YUqorida keltirilgan jumlalarni, informatika tili bilan aytganda axborotlarni doskaga yoki
daftarga yozsak , yoki tovishimizni chiqarib o‘qisak yoki e’lon qilsak, magnit tasmasiga yozib
boshqa joyga jo‘natsak, telefonda birorta kishiga aytsak u xabar aylanadi. Demak,
ma’lumotlardan axborotlar hosil qilinadi, axborotlarni uzatish shakli esa xabarni ifodalaydi.
Bugungi kunyoshlari zamonaviy kompyuterlar( jumladan mobil ko‘rinishdagilar)dan foydalanish
qobiliyatini oddiy instrumntlar sifatida namoyish etadi. Huddi shunday, yillar davomida klinik
ishchi stansiyalar oddiy statsionar palatalarida ham mavjud bo‘lib kelgan. yillar o‘tib,
stansiyaorqali aloqa mobil aloqa vositalari tomonidan siqib chiqarila boshlandi. SHunga
qaramay, ko‘pchilik kuzatuvchilar tez yordamni Tizim sifatida baxolaydilar. So‘nggi 30 yil
ichida ancha o‘zgarishlar yuz berib, shaxsiy kompyuterlar, grafik interfeyslar insonning
kompyuter bilan muloqotining yangi ko‘rinishini, axborotlar saqlashning yangi usullari ( lokal
bilan bir qatorda “Oblako”da)ni , mobil qurilmalar, asboblar va instrumentlarning monitoringini
olib borishni o‘rgandi. Internet,tarmoqsiz kommunikatsiya, ijtimoiy media va ko‘pgina boshqa,
ya’ni sog‘liqni saqlash tizimining barcha hodimlari tomonidan qo‘llanilmoqda. Oldinda katta
o‘zgarishlar turibdi. Kompyuter va axborot texnologiyalarining bugunda hayotimizga singib
ketganini his qilar ekanmiz, 70-yillar oxirida birinchi shaxsiy kompyuterlarning yaratilgani, lokal
tarmoq 80- yillardan ishlay boshlagani, Veb tarmoqning 90-yillarda quloch yoygani, smartfon,
ijtimoiy tarmoqlar hamda tarmoqsiz aloqa yaqindagina faqat loyixa bo‘lganini unutmasligimiz
kerak. Bunday keskin rivojlanish bevosita sog‘liqni saqlash tizimining rejlashtirishga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. AKTning keng suratlardagi rivojlanishi, haytga kirib borishi
davlatimiz tomonidan qator islohotlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi.
( Edward H. Shortliffe, James J. Cimino Editors Biomedical Informatics. Springer, New York,
2014, str 4-13)
O‘zbekiston Respublikasi Prezitentining Qaror va Farmonlari, VM Qarorlarini misol qilsa
bo‘ladi.
1. «Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va AKTni qo‘llash haqida» (PF-3080, 30.05.2002;
Postanovlenie KM №200, 6.06.2002)
2.«2002-2010 yillarga kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish dasturi»
3.«AKT ni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida» (PQ-117, 8.07.2005)
Do'stlaringiz bilan baham: |