"makroiqtisodiyot"



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

MUNDELL-FLEMING modeli.  
Mundell-Fleming  modelining  bu 
grafigi  tovarlar  bozori  muvozanat 
holati IS va pul bozori muvozanat 
holati  LM  ni  chizib  beradi.  Ikkala 
chiziq  ham  foiz  stavkani  dunyo 
foiz stavkasi darajasida o’zgarmas 
qilib 
chizilgan. 
Bu 
ikkata 
chiziqning  kesishmasi  tovarlar  va 
pul 
bozoridagi 
muvozanatni 
ta’minlaydigan  daromad  darajasi 
va valyuta kursi darajasini belgilab 
beradi.  
RASM    14-3 


193 
 
rezervlari  (  sof  xorijiy  aktivlar)    va    bank  tizimining  ichki  kreditlari  yig’indisiga  
tengligini anglatadi. Demak, pul taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog’liq . 
Pul  taklifining  o’zgarishini    ΔM=ΔR
es
  +ΔDS      ko’rinishida  tasvirlash 
mumkin. Bu erda ΔR
es 
to’lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga
 
mos keladi. 
Tashqi  balansni  tiklash,  o’z  navbatida  valyuta  kursini  saqlab  turish  zaruriyati  
xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni  talab qiladi.  Bu esa valyutarezervlarining 
ko’payishi  yoki  kama  yishini  keltirib  chiqaradi.  Lekin,  rezervlarni  sotish 
barobarida  Markaziy  Bank  muomaladagi  pulning  bir  qismini  chiqarib  oladi. 
Rezervlarni  sotib  olish  bilan  esa    pul  taklifi  hajmini  ko’paytiradi.  Shunday  qilib, 
qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida    M  endogen  o’zgaruvchi  bo’lib,    to’lov 
balansining    yuzaga keladigan taqchilligi yoki  ortiqchaligiga  (  ya’ni    almashinuv 
keursini  pasaytirish  yoki  ko’tarish  borasidagi  harakatlarga)    bog’liq  bo’ladi.  
Bunday sharoitda iqtisodiyotni rivojlantirish prognozlari tuzilayotganda pulga talab 
iqtisodiy  o’sish  va  inflyatsiyaning  maqsadli  (rejadagi)  ko’rsatkichlaridan  kelib 
chiqib  aniqlanadi.  Pul  taklifi  esa  sof  xorijiy  aktivlar  va  ichki  kreditlar  hajmiga  
bog’langan  holda  aniqlanadi.  Sof  xorijiy  aktivlvr  to’lov  balansini  tuzish 
prognozlaridan  kelib  chiqib  aniqlanadi.  Ichki  kreditlar  hajmi  esa    qoldiq 
printsipipida aniqlanadi hamda hukumat  va xususiy sektor  o’rtasida taqsimlanadi. 
Xususiy  sektorga  ichki  kreditlar  miqdorini  o’zgartirish  uchun  pul-kredit 
siyosatining uchala usuli ham qo’llaniladi. 
 Markaziy  Bank    to’lov  balansining  iqtisodiyotdagi  pul  taklifiga  ta’sirini  
valyuta  rezervlari  o’zgarishini  sterillash  orqali  neytrallashtirishi  mumkin.  
Masalan,  (to’lov  balansi  taqchilligini  yoki  almashinuv  kursi  pasayishini  bartaraf 
qilish    maqsadlarida  foydalanilishi  natijasida)  rezervlar  qisqarganida    Markaziy 
Bank    ichki  aktivlarni  pul  taklifi  hajmi  o’zgarmasligini  ta’minlaydigan  darajada 
ko’paytirishi   mumkin.  
Ya’ni : M=R
es
 +DS  
Bunda  u  ochiq  bozordagi  operatsiyalar  yoki  pul-kredit  siyosatining  boshqa 
vositalaridan foydalanadi.   
Ammo  sterillash  imkoniyatlari  cheklangan.  Agar  to’lov  balansining 
taqchilligi  uzoq  vaqt  saqlanib  qolsa,  uni  bartaraf  qilishga  intilish  valyuta 
rezervlarini  tugab  qolishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  holatda,  mamlakat, 
almashinuv  kursining  pasayish  tendentsiyasini  bartaraf  qilish  hamda  pulning 
xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki   
pul  massasining  qisqarishiga  yo’l  qo’yib  berishga  majbur  bo’ladi.      To’lov 
balansining  barqaror    ijobiy  qoldig’i  sharoitida    rezervlar  hajmi  shunchalik  ko’p 
bo’lishi mumkinki, ichki kredit nolga teng bo’lib qoladi. Bu esa  amalda mumkin 
bo’lmagan  holatdir  (  banklar  ichki  kreditlarni  kamaytirmasligi,  balki  nobank 
sektoridan pul qarz olishi zarur bo’ladi). 


194 
 
 Demak,  hattoki  sterillash  ham  pul    masssasini  to’lov  balansi  ta’siridan 
himoya qila olmaydi. Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin 
cheklab qo’yadi. 
Qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida  byudjet-soliq  siyosatining 
samaradorligi  kapitalning  mobilligiga  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq..  Davlat 
xarajatlarining    ko’payishi  foiz  stavkasining  o’sishini  keltirib  chiqaradi  (  fond 
bozorida qarzga mablag’ olib, davlat xususiy sektor foydalanadigan  pul massasini 
kamaytiradi)  .  Bu  esa  o’z  navbatida  xorijdan  kapital  oqib  kelishini 
rag’batlantirapdi.  Kapitalning  yuqori  mobilligi  sharoitida    davlat  xarajatlarining 
ko’payishi  bilan  bog’liq  savdo  balansi  taqchilligi  kapital  harakati  schyotining  
musbat (ijobiy) qoldig’i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan   
almashinuv  kursining  o’sish  tendentsiyasini        bartaraf  qilish  uchun  xorijiy 
valyutani sotib olish va muomalaga  milliy valyutani ko’p miqdorda  chiqarishga, 
bu  bilan    esa  pul  taklifini  oshirishga  majbur  bo’ladi.    Bu  tadbir  (davlat 
xarajatlarining  o’sishi    bilan  birgaldikda)  daromadlarning  kengayishi  uchun 
qo’shimcha rag’bat  yaratadi.  
Shunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosati 
pul-kredit  siyosatidan  farli  ravishda  daromad  darajasiga,  o’z  navbatida  ichki 
muvozanatga  muvaffaqiyatli  ta’sir  ko’rsata  oldadi.  Tasir  darajasi  kapitalning 
mobilligi o’sishi bilan ortib boradi. 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish