"makroiqtisodiyot"


 Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

14.4. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat 
Suzib  yuruvchi  valyuta  kursi  sharoitidagi    byudjet-soliq  va  pul-kredit 
siyosati    qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitidagiga  nisbatan  mutlaqo  boshqacha 
natijalar  beradi.  Endi  rollarni  taqsimlash  muammosini    to’g’ri  hal  qilish  teskari 
ko’rinish  oladi.    Byudjet-soliq  siyosati  savdo,  demak,  to’lov  balansi  uchun  pul-
kredit  siyosatiga  nisbatan  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Aynan  byudjet-soliq 
siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
 Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish   birinchi 
planga chiqadi. 
Agar  qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida    ichki  pul  siyosati  almashinuv 
kursinini  quvvatlab  turishni      ham  ko’zda  tutgan  bo’lsa,  suzib  yuruvchi  valyuta 
kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish 
uchun samaraliroq  ishlatilishi mumkin. 
 Pul  taklifini  kengaytirish  foiz  stavkalarini  pasaytiradi  va  xarajatlarning 
oshishiga    olib  keladi.  Ma’lumki  xarajatlarning  ortishi  importning  o’sishini 
rag’batlantiradi va savdo balansini  yomonlashtiradi. To’lov balansining taqchilligi 
yuzaga  kelishiga    foiz  stavkasining  pasayishi  sababli  kapitalning  mamlakatdan 
chiqib  ketishi  ham  ta’sir  ko’rsatadi.  Lekin  egiluvchan  valyuta  kursi  sharoitida 
taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o’sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy 


195 
 
valyutaga  talab  oshishiga  olib  keladi  va  milliy  valyuta    qadrsizlanadi.  Bu 
qadrsizlanish  mamlakat  eksportchilarining  raqobatbardoshligini  kuchaytiradi. 
Oqibatda  savdo  balansi  yaxshilanadi.  Eksportning  ortishi  mamlakatimiz 
mahsulotiga  bo’lgan  talabning  o’sishini  anglatadi  va  pul  massasining  dastlabki 
o’sishi natijasida  yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. 
Demak,  pul  siyosati  ichki  daromadlarga      bevosita  (pul  taklifining  o’sishi 
orqali)  va    bilvosita  (almashinuv  kursining  pasayishi  hamda    eksportning  o’sishi 
orqali)  ta’sir ko’rsatadi. 
Kapitalning  oqib  ketishiga  va  o’z  navbatida    milliy  valyutaning 
qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko’rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ammo,   pul-kredit siyosati  murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi 
sababli    uning  ishlab  chiqarish  hajmiga  ijobiy  ta’siri  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki 
ko’proq  tashqi  dunyo  orqali  ro’y  beradi  deb  tasavvur  qilish  mumkin.  Boshqacha 
aytganda,  kapitalning  chiqib  ketishi  va  valyutaning  qadrsizlanishi  sharoitida 
mamlakat  mahsulotlariga  talabning  o’sishi    uning  eksportiga  talabning  oshishi 
hisobiga  ro’y  beradi.    Shu  sababli    pul  siyosatining  ichki  balansga    ijobiy  ta’siri 
o’ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq 
siyosatining  samaradorligini  baholash  yanada  murakkabroqdir.Ma’lumki,  davlat 
xarajatlarining  ortishi  ichki  va  tashqi  muvozanatga  ikki  yo’nalishda:  daromad 
orqali  va  foiz  stavkasi  orqali  ta’sir  ko’rsatadi.  Daromadlarning  ortishi( 
multiplikator  samarasi  orqali)  importni  ko’paytiradi,  savdo  balansini 
yomonlashtiradi  va  milliy  valyutaning  kursini  pasaytiradi.  Davlat  xarajatlarining 
ortishi,  shuningdek,  hukumat    olayotgan  qarzlarini  ko’paytirayotganligini  
anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari 
esa  xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini 
oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa  kapitalning 
mobilligi darajasiga bog’liq bo’ladi. 
 Kapitalning past mobiligi sharoitida  byudjet ekspantsiyasi daromad orqali 
ko’proq  ta’sir  ko’rsatadi.  Kapitalning  uncha  ko’p  bo’lmagan  miqdorda    oqib 
kelishi  savdo balansining taqchilligini  qoplay olmaydi va oqibatda  valyuta kursi 
pasayadi. 
Milliy  valyutaning  arzonlashishi  eksportning  o’sishi  uchun  qulay  sharoit 
yaratadi  va  to’lov  balansining  taqchilligini  bartaraf  qilish  imkonini  beradi. 
Eksportning  ortishi,  shuningdek,  byudjet  ekspantsiyasining  ichki  ishlab 
chiqarishga ijobiy ta’sirini to’ldiradi. 
  Shu  bilan  birga  kapitalning  mobilligi    ortib  borishi  bilan    kapital 
schyotining  to’lov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi.  Kapitalning 


196 
 
yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro’y bergan valyuta kursining  
ko’tarilishi  tendentsiyasi  ustunlik  qiladi.  Bu  eksportning  qisqarishiga  va  savdo 
balansi  taqchilligining  ortishiga  olib  keladi.    Kapitalning  katta  miqdorda  oqib 
kelishi  bu  taqchillikni  qoplash  va  to’lov  balansini  muvozanatlashtirish  imkonini 
beradi.  Ammo  byudjet  ekspantsiyasining ishlab chiqarish  hajmiga  yakuniy  ta’siri 
deyarli nolga teng bo’ladi.  Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni  
xususiy  investitsiyalarni  foiz  stavkasining  oshishi  orqali  va  eksportni  almashinuv 
kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo’ladi. 
Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq  ijobiy ta’siridan farqli 
ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning  past mobilligi sharoitidagina samarali 
bo’ladi.  
 Xulosa yasab,  pul va byudjet  –soliq siyosatining,   tashqi balansni saqlab 
turgan  holda  ishlab  chiqarish  hajmiga  ta’sir  ko’rsatishi    nuqtai  nazaridan,  nisbiy 
samaradorligini baholashimiz mumkin. 
Ma’lumki,  qayd  qilingan  valyuta  kursi  sharoitida  ichki  monetar  siyosat 
amalda “falajlangan”  bo’ladi va faqat byudjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va 
bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan ko’payib boradi. 
 Suzib  yuruvchi  valyuta  kursi  sharoitida  ichki  ishlab  chiqarish  hajmiga, 
shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.  

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish