Makroiqtisodiyot o`quv-uslubiy majmua



Download 10,48 Mb.
bet163/194
Sana15.06.2022
Hajmi10,48 Mb.
#674828
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Majmua 2021

ta‘limdagi o`rni


Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur‘atlarini ta‘minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o`stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo`lib hisoblanadi. Davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asoslari sifatida tan olinadigan fanlar qatorida «Makroiqtisodiyot»fani alohida o`rin tutadi.
Yalpi ishlab chiqarishining barqaror o`sishini, resurslarning to`liq bandliligini, inflatsiyaning past sur‘atlarini va to`lov balansining muvozanatini ta‘minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qilish va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o`rganish «Makroiqtisodiyot»fanining predmetini tashkil etadi.
«Makroiqtisodiyot»fani milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog`liq barcha jihatlarni, jumladan mehnat resurslari, tovarlar, pul bozorlarining amal qilishi, monetar, fiskal va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish hamda boshqa masalalarni qamrab oladi.
«Makroiqtisodiyot»fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo`lib, talabalar uni III-IV-semestrlarda o`rganishadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar iqtisodiyot nazariyasidan etarlicha ma‘lumotga ega bo`lishlari lozim.
«Makroiqtisodiyot»fani “Mintaqaviy iqtisodiyot”, “Mehnat iqtisodiyoti”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Moliya”, “Institutsional iqtisodiyot” va boshqa fanlarni o`rganishda asos bo`lib xizmat qiladi.

II. O`quv fanining maqsadi va vazifasi


Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi va davlatning makroiqtisodiy siyosati to`g`risida bir tizimga solingan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo`lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to`g`risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash, makroiqtisodiy konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, makroiqtisodiy siyosat natijalarini aniqlash usullarini o`rgatishdan iborat. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`ydagi talablar qo`yiladi. Talaba:

  • makroiqtisodiyot fanining predmetini, ob‘ekti hamda makroiqtisodiy agentlar;

  • makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning mohiyati va ularni hisoblash shartlari;

  • asosiy makroiqtisodiy modellar va ularda iqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosat natijalarini aks ettirish;

  • tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanatga erishish mehanizmining mohiyati;

  • pulga talab, pul taklifi va pul bozorida muvozanatga ta‘sir etuvchi omillar;

  • budjet-soliq va pul – kredit siyosatining maqsadlari, vositalari, ko`rinishlari;

  • iqtisodiy o`sishning mohiyati, o`lchanishi, omillari va modellari;

  • tashqi sado siyosatining nazariy asoslari va vositalari;

  • mamlakat to`lov balansining tuzilishi, makroiqtisodiy ahamiyati va uni tartibga solish usullari;

  • valuta kursining mohiyati, makroiqtisodiy ahamiyati, uni belgilovchi omillar va barqarorligini ta‘minlash shartlari;

  • ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo`llashni;

  • makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil qilishni;

  • makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berishni;

  • makroiqtisodiy siyostaning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash;

  • asosiy makroiqtisodiy modellarning o`zgaruvchilarini aniqlash va

tenglamalarini tuzish;

  • tovarlarlar va xizmatlar bozorida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta‘minlash mexanizmini tushuntirib berish;

  • pul bozorida muvozanat yuzaga kelishining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko`rsatkichlarga ta‘sir ko`rsatishi qonuniyatlarini aniqlash;

  • turli makroiqtisodiy vaziyatlarda budjet-soliq yoki pul-kredit siyosatini qo`llash hamda o`zaro muvofiqlashtirish shartlarini tushuntirib berish;

  • tashqi savdo siyosati va valuta kursini tartibga solish orqali to`lov balansi holatiga, yalpi talab va yalpi taklif hajmlariga ta‘sir ko`rsatish usullarini tavsiflab berish;

  • ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda makroiqtisodiy siyosatning o`ziga xos xususiyatlarini, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal qilishini izohlab berish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 10,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish