Ko'p odamlar tovarlar va xizmatlar miqdorini yoki sifatini oshirishni afzal ko’radilar,Ular yaxshiroq kiyimlarini kiyishni, yaxshiroq restoranlarda ovqatlanishni yoki ko'proq filmlar ko'rishni xohlaydilar. Odamlar o'zlari istaganidan kam iste'mol qilishlarining sababi ularning daromadlari cheklanganligidadir. Boshqacha iste’molchilar qancha sarf qila olish chegarasiga duch kelishadi, bu esa budjet cheklovi deyiladi.Qachon ular qancha iste'mol qilish va qancha kelajak uchun jamg’arish to’grisida qaror qabul qilsalar, ular intertemporal budjet chekloviga duch kelishadi ya’ni bugun va kelajak iste’moli uchun jami resurlar yaroqliligi bilan o’lchanadi.
Oddiy narsalarni saqlab qolish uchun, biz ikki davr yashaydigan iste’molchi qarorini tekshiramiz. Birinchi davr iste'molchi yoshlarni ifodalaydi va ikkinchi davr iste'molchining katta yoshliligini ifodalaydi. Iste'molchi daromad Y1 oladi va birinchi davrda C1 istemol qiladi va daromad Y2 oladi va C2 ikkinchi davrda iste’mol qiladi. (barcha o’zgaruvchilar haqiqiy, ya'ni inflyatsiya uchun o'rnatiladi.) Chunki iste’molchida qarz berish va jamgárish uchun imkoniyatlar mavjud, iste’mol ma’lum bir muddatda daromaddan yuqori yoki aksincha bo’lishi mumkin.
Iste’molchining daromadi ikki davrda qanday chegaralanadi. Birinchi davrda,
jamgárma = daromad minus iste'molga teng. Ya'ni S = Y1 - C1,
S jamgárma. Ikkinchi davrda iste’mol jamgármadagi talab plus ikkinchi davr daromadi ya’ni,
C2 = (1 + r) S + Y2
r – real talab darajasi hisoblanadi. Misol uchun, agar real talab darajasi
5 foiz bo'lsa, keyin jamg’arishning har 1$ birinchi davrdagi, iste'molchi ikkinchi davrda qo'shimcha $ 1,05 ega. Chunki uchinchi davr mavjud emas, iste’molchi ikkinchi davrda jamgára olmaydi.
O`zgaruvchan S jamgárish yoki qarz bo’lishi mumkin va bu tenglamalar ikkala hollarda teng bo’ladi.Agar birinchi davrda iste’mol ikkinchi davr daromadidan kam bo’lsa, iste’molchi jamg’aradi, S noldan katta bo’ladi. Agar birinchi davrda iste'mol daromaddan oshsa,iste’molchi qarz beradi va S noldan kichik bo’ladi. Biz qarz berish talab darajasi va jamgárish talab darajasi bir xil deb faraz qilamiz.
Iste'mol byudjeti cheklovini hosil qilish uchun, ikki oldingi tenglamalarni birlashtirish kerak birinchi tenglamani o’rniga ikkinchi tenglama S qo’yiladi.
C2 = (1 + r) (Y1 - C1) + Y2.
Tenglamani yengillashtirish uchun, biz shartlarini qayta tashkil qilishimiz kerak. (1 + r) C1 o’ng tomondan olinib tenglamaning chap tomonga suriladi va
joylashtiriladi.
(1 + r) C1 + C2 = (1 + r) Y1 + Y2.
Endi 1 + r har ikki tomonidan ajratib olinadi.
C1 + = Y1 +C2/1+r=Y1+Y2/1+r
Bu tenglama daromadga ikki davrlarda iste'mol bilan bog'liq.
Bu intertemporal budjet cheklovini tasvirlashning standart yo’lidir.
Iste'mol byudjeti cheklov osonlikcha talqin etiladi. Agar talab darajasi nolga teng bo’lsa, budjet cheklovi shuni ko’rsatadiki ikkinchi davrdagi jami iste’mol ikkinchi davrdagi jami daromadga teng bo’ladi. Talab darajasi noldan katta bo’laganda kelajakdagi daromad va iste’mol 1+r orqali hisobga olinmaydi. Bu diskontlash jamg’armaga talab orqali vujudga kelgan.Iste'molchi talabi joriy daromaddan kelib chiqadi ya’ni kelajakdagi daromad joriy daromadga qaraganda yaxshiroq.
Xuddi shunday, kelajakda iste'mol uchun jamg’armadan to’lanadi ya’ni kelajakda daromad joriy daromadga qaraganda kamroq bo’ladi. Ikkinchi davr iste’moli omil 1 / (1 + r) bilan o’lchanadi:Birinchi davr istemol miqdori ikkinchi davr iste’molning bir qismini tashkil etishi lozim.
Quyidagi rasmda iste'mol byudjet cheklovi aks etgan.Rasmda uch nuqta belgilangan. Nuqta A, iste'molchi har bir davrda o’zining daromadini iste'mol qiladi (C1 = Y1 va C2 = Y2), shuning uchun ikki davrda ham na qarz olish na
jamg’arish bo’lmaydi.Nuqta B da, iste'molchi birinchi davrida hech narsa iste'mol qilmaydi (C1 = 0) va barcha daromadini jamg’aradi, shuning uchun
ikkinchi davri iste'mol C2 (1 + r) Y1 + Y2hisoblanadi. C nuqtada, iste'molchi ikkinchi davrida hech narsa iste'mol qilmaslikni rejalashtiradi (C2 = 0) va shuning uchun,qarz olish ikkinchi davri daromadiga imkon qadar qarshi bo’ladi, shuningdek, birinchi davri iste'mol C1bu Y1 + Y2 / (1 + r) hisoblanadi.Birinchi va ikkinchi davr iste’molining uchta asosiy kombinatsiyasi mavjud ya’ni iste’molchi B dan C surilishi mumkin.
Qachonki 1-davr iste’moli past va 2-davr iste’moli baland bo’lganda, ya’ni Y nuqtada, ayirboshlashning muhim bo’lmagan qismi baland bo’ladi: iste’molchi 1-davr iste’molining bir qismidan voz kechish uchun ko’proq qo’shimcha tarzda 2- davr iste’moliga ehtiyoj sezadi.
Iste’molchi berilgan o’xshash egri chiziqning hamma nuqtalarida teng ravishda baxtli bo’ladi, lekin u boshqalariga qaraganda ba’zi o’xshash egri chiziqlarni afzal ko’radi. Chunki u kamroq iste’moldan ko’ra, ko’proq iste’molni afzal ko’radi, u quyiroqdagi o’xshash egri chiziqlardan ko’ra yuqoriroqdagi o’xshash egri chiziqlarni afzal ko’radi. Quyidagi chizmada iste’mol IC1 egri chizig’idagi istalgan nuqtalardan ko’ra IC2 egri chizig’idagi istalgan nuqtalarni ma’qul ko’radi.
Iste’molchi afzalligi.
Befarqlik egri chizig’i iste’molchi afzalligini birinchi va ikkinchi iste’mol davrlari bo’yicha ko’rsatib beradi. Befarqlik egri chizig’I ikkita davrda iste’mol egri chizig’I kombinatsiyasini ko’rsatadi.Bu rasm ko’p befarqlik egri chizig’ining ikkitasini ko’rsatadi.
Iste’molchi W,X,Y nuqtalarda bir xil qoniqadi ammo W, X, Y nuqtalarga qaraganda Z nuqtani afzal ko’radi.
Birinchi davr iste'mol,
O’xshash egri chiziqlar to’plami iste’molchi tanlovining to’liq holatini ko’rsatadi. Bu shuni bizga ma’lum qiladiki, iste’molchi W nuqtadan ko’ra Z nuqtani tanlaydi, lekin bu aniq bo’lishi kerak, chunki Z nuqtada ikkala davrda ham ko’proq iste’mol bo’ladi. Z nuqta va Y nuqtalarni taqqoslaymiz: Z nuqtada 1- davrda ko’proq iste’mol va 2-davrda esa kamroq iste’mol mavjud. Qaysi biri tanlangan, Z yoki Y? Z nuqta Y nuqtaga qaraganda yuqoridagi o’xshash egri chiziqda ekanligidan biz bilamizki, iste’molchi Y nuqtadan ko’ra Z nuqtani afzal ko’radi. Shunday qilib, biz 1-davr va 2-davr iste’mollarining istalgan kombinatsiyalarini joylashtirish uchun o’xshash egri chiziqlar to’plamini ishlatishimiz kerak. 7
Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo’lib, uning hajmini avvalo uy xo’jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg’armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste’mol va jamg’arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o’zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog’liq.
Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg’armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko’rsatkichlardir.
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o’zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o’zgarishga bo’lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
7 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics (7th edition). USA, 2009, p 496-498.
Do'stlaringiz bilan baham: |