Makroiqtisodiyot” Ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Okiy va O’rta


- Mavzu. Xalqaro savdo nazariyasi Reja



Download 1,94 Mb.
bet104/146
Sana03.02.2022
Hajmi1,94 Mb.
#426386
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146
Bog'liq
Назарова Макро-2017

15- Mavzu. Xalqaro savdo nazariyasi Reja


  1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari

  2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi.

  3. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.

  4. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi

  5. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari

Tayanch so’z va iboralar: import, importga chegaralangan moyillik, devalvatsiya, demping
    1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari


Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’ektiv sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni
import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar O’zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo-sotiqni yo’lga qo’yadilar.
Bu ikki ob’ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini,
Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O’zbekiston yalpi milliy mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo’ldi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:

  • mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;

  • xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;

  • transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;

  • yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou- xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to’g’ri keladi.

Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga bo’linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.



    1. Download 1,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish