Mustаqillik yillаridа O`zbеkistоn Rеspublikаsi rivоjlаnishining mаkrоiqtisоdiy ko`rsаtkichlаri tаhlili
Milliy ho‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mexnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga (I va II bo‘linma) ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baxo beriladi va milliy iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillari aniqlanadi.
Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.
O`zbеkistоn Rеspublikаsining YAIM tаrkibidаgi o`zgаrishlаr tаhlili
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.
Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YAIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi ta`minlandi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YAIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi.
Mustaqillik yillarida YAIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YAIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |