Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili


Dаvlаt byudjеti tаrkibi vа uni tаkоmillаshtirish yo`llаri



Download 0,67 Mb.
bet14/27
Sana02.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#730323
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
makroiqtisod41 mavzu 41

Dаvlаt byudjеti tаrkibi vа uni tаkоmillаshtirish yo`llаri.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston davlati tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning mamlakatimiz aholisiga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasida amalga oshirilgan islohatlar,imtiyoz va yangiliklarning tobora demokratlashib,insonparvarlik tamoyillariga asoslanib barqaror rivoj topayotgani bilan izohlash mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohaning rivojlanish darajasi iqtisodiyotning eng muhum ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.Davlat byudjeti mablag’larining 40 foizdan ortig’i 2018- yilda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, 2019-yilga kelib qariyib 60 foizi, yoki 1,5 marta ko’p ushbu sohaga sarflanishi rejalashtirilgan.Shunday ekan,bozor munosabatlari avj olib borgani sari aholini ijtimoiy ta’minlashga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish zarurati oshib borishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlab va kafolatlab qo‘yilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida shunday deyiladi: «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining boshqa turlari rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas».
Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u insonparvar davlat bo‘la oladi.Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashning kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin.
Byudjеt-sоliq siyosаti
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi.
Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda. Bu xususida Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidladilar: Yillik budjet yalpi ichki mahsuloyga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi.
2016 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki o`tgan yilga nisbatan ko`proq mablag` ajratiladi. Jumladan, ta`lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog`liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo`naltiriladi. Ta`lim-tarbiya sohasini ta`minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o`tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog`liqni saqlash tizimida 16 foizga ko`payadi.
1.Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish