Makro va mikro iqtisodiyot fanidan mustaqil ish



Download 0,74 Mb.
bet2/4
Sana24.07.2021
Hajmi0,74 Mb.
#126944
1   2   3   4
Bog'liq
Tashqi tasirlar va bozor samarasizligi. Salbiy tashqi tasirlar.

Salbiy tashqi ta’sirlar

Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir

ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun

chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab,

bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir

ko`rsatadi?



Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun harajati

alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir

alyuminiy birligi uchun ijtimoiy harajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z

ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi.

Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab

chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga

oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks

ettiradi.

Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob

berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner)

nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy

ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab

chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi

alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga

olishini tushunadi.

Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan

darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy

vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab

chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i

balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan

(ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja

tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha

alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib

yuboradi.

E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul

miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy

harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida

chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx

beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past

bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati

darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.

Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir

yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar

soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini

yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini

aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri

chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar

alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.

Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki

u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o`z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga

undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi

haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki

soliq ularni tashqi harajatlarini ham to`lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab

chiqaruvchilarga qo`yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy

iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat



Iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob

qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal

qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish