Makkajoʻxori haqida Makkajoʻxori biologiyasi va yetishtirish texnalogiyasi Makkajo‘xorining kenja turlari Makkajoʻxori



Download 41,83 Kb.
bet12/13
Sana13.06.2022
Hajmi41,83 Kb.
#662323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Makkajoʻxori urug`chiligi

Begona o‘tlarga qarshi kurash. Makkajo‘xorichilikda begona o£tlar hosildorligini oshirishdagi asosiy to‘siqlardan biri. Keyingi yillarda urug‘larni ekishgacha penitron gerbitsidini gektariga 1—2 1, stomp 3—6 kg/ga me’yorida qo‘llash bir yillik g£alladosh o£tlar va ikki pallali be­gona o£tlarga qarshi kurashda yuqori samara bermoqda. Eradikan bir gektarga 4—8 1 me’yorida 300 1 suvga aralashtirilib ekish oldidan pur- kaladi va darhol tuproqqa aralashtiriladi. Bu gerbitsidni keyin ekila- digan ikki pallali madaniy o‘simliklarga zararli ta’siri yo‘q.Agelon, Mayazin, Simazin, Sutan plyus, Prim-ekstra gerbitsidlari ham ekish oldidan tuproqqa beriladi. Ammo ularning keyingi ikki pal­lali ekinlarga ta’siri kuchli.
0‘suv davrida gektariga bazagron 2—4 1/ga, benvil 0,6—0,8 1/ga, pard- ner (22,5%) 1,5 1/ga, titus (25%) — 40—50 g/ga qo'llanilishi mumkin.
Kasalliklarga qarshi kurash. Makkajo'xorida gelmintosporioz, pufakli qorakuya, chang qorakuyasi, so£talar bakteriozi, nigrosporagenez, so‘talar fuzariozi, urugclar va maysalarning mog‘orlashi kasalliklari kuzatiladi.Urug'da kasallik chaqiruvchi, qoczg‘ovchi manbalar bo'lsa, ular urugMarni zaharli dorilash yo£li bilan yo£q qilinadi. Urug‘lik maysalarda pufakli qorakuya bilan kasallangan barglar, so‘talar, poyalar sindirib, daladan chiqarib yo‘q qilinadi. Chang qorakuyasi bilan zararlangan o‘simliklar olib tashlanadi va yocq qilinadi.
Zararkunandalari. 0‘zbekistonda makkajo'xorining 60 dan ortiq za- rarkunandasi ma’lum. Eng ko‘p uchraydiganlariga kuzgi tunlam, qora- dirina, o‘rgamchakkana, chigirtkalar, simqurtlar, may qo‘ng‘izi va boshqalar kiradi. Ularga qarshi agrotexnik, biologik, kimyoviy usullarda uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlari qo‘llaniladi. Ayniqsa, yuksak agro- texnika juda samarali. Hozirda ularga qarshi saniarali insektisidlar qo'llanilmoqda.
Makkajo‘xorini boshqa ekinlarga qo‘shib ekish. Makkajo'xorini dukkakli don ekinlaridan loviya, soya, g'alladosh ekinlardan Sudan o‘ti, oq jo‘xori bilan qo£shib silos ,yoki yashil massasi uchun yetishtirish oziqa sifatini yaxshilaydi, hazmlanadigan protein miqdorini oshiradi.Ayniqsa, makkajo£xori soyaning baland bo£yli navlari bilan qo'shib ekilganda yashil massasining bir oziq birligida 100—120 g hazmlanadi- gan protein bo‘ladi. Toza holda ekilganda bir oziq birligida 60—70 g hazmlanadigan protein bo‘ladi, xolos.MakkajVxori soya bilan qo‘shib ekilganda, bir gektariga 50—60 ming makkajVxori, 80—100 ming soya urug‘i ekiladi. Bunda makkajVxori va soya alohida qatorlarga ekiladi. Sudan o‘ti yoki oq jo‘xorining Vaxsh- skaya—10 navlari qo‘shib ekilganda hosildorlik ortadi. MakkajVxori va Sudan o‘ti yoki oq jVxori aralashmalari o‘rib olingandan keyin, oradan 30—40 kun o‘tgach Sudan o‘ti yoki oq jVxori yana o‘rimga keladi. Yashil massa uchun ikki hosil o£rib olinsa bo‘ladi. Bu usulda qo‘shimcha 300—400 s/ga ko‘k massa hosili olish SamQXIda makkajVxorini perko hamda xashaki lavlagi bilan qo'shib ekish bo‘yicha ijobiy natijalar olin- gan. Bu usulda makkajVxori, xashaki lavlagi yoki perko alohida qator­larga ekiladi. MakkajVxori avgust oyida o‘rib olinsa, lavlagi oktabr oyi- ning oxiriga qadar 300—400 s/ga ildizmeva hosilini to‘playdi. Bunda gektariga 10—14 kg lavlagi urug‘i sarflanadi. Makkajo‘xori urug‘i 8—10, lavlagi urug‘i 4—5 sm chuqurlikka ekiladi.0‘zbekistonda makkajo‘xorini beda bilan qo‘shib ekish juda keng tarqalgan.
Download 41,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish