Qin vannasini o‘tkazish
Kerakli asbob-anjomlar:
ginekologik kreslo, tabaqali qin ko‘z-
gusi (Kusko ko‘zgusi), rezina qo‘lqoplar, sterillangan material,
dori-darmon vositalari, kornsanglar, 3% li xloramin eritmasi.
Muolajani bajarish algoritmi:
– bemorga davolash mohiyati tushuntiriladi;
– bemor ginekologik kresloga yotqiziladi;
– tashqi jinsiy a’zolar dezinfeksiya vositalari bilan yuviladi;
– qo‘lqop almashtiriladi;
– Kusko ko‘zgusi qin ichiga kiritiladi, dokali tampon bilan
kornsangda qin ajralmalari tozalanadi;
– qinga 37°C gacha ilitilgan dori (20–25 ml) 15–20 daqiqaga
qo‘yiladi;
– 15–20 daqiqadan so‘ng qin quruq tampon bilan artilib qu-
rutiladi;
– ko‘zgu chiqarilib olinadi;
– 20 daqiqagacha kichik jinsiy lablar orasiga quruq salfetka
qo‘yiladi;
– qo‘lqopni yechib, qo‘llar yuviladi;
– ko‘zgu 3% li xloramin eritmasiga 1 soatga solib qo‘yiladi.
Kolposkopiya
Kolposkopiya bachadon bo‘ynining tashqi teshigi atrofini va qin
devorlari to‘qimalarini 10–30 martagacha kattalashtirib ko‘rish
imkonini beradi. Ko‘proq bachadon bo‘yni eroziyasi, bachadon
417
bo‘yni raki va rak oldi kasalliklariga tashxis qo‘yish maqsadida
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |