Maket Akusherlik 2013. pmd


XXXIII BOB. TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLAR



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet441/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

XXXIII BOB. TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLAR

SOG‘LIG‘INI MUHOFAZA QILISH

KONTRASEPSIYANING ZAMONAVIY USULLARI

Onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash masalasi, ayniq-

sa, tug‘ish yoshidagi ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilish hukumati-

mizning asosiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Respublikada ona va bola salomatligini muhofaza qilish ishlarini

yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan PQ-1096-son-

li va «2009–2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini

mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy bar-

kamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchay-

tirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘ri-

sida»gi PQ-1144-sonli qarorlarning qabul qilinishi buni yaqqol

ko‘rsatmoqda.

Keyingi qarorda 2009–2013-yilda respublika aholisining reproduk-

tiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy

va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni

yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

Dasturi ishlab chiqildi.

Dasturda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida

ko‘zda tutilgan barcha sohalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan

ishlar 2009–2013-yillar davomida mutasaddi tashkilotlarga taqsim-

lanib, tegishli vazifalar belgilandi.

Bu vazifalar quyidagilardan iborat:

I. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash tizimini

takomillashtirish, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-

sharoitlarni yaratish.

1) tug‘ish yoshidagi, ayniqsa olis va yetib borish qiyin bo‘lgan

tumanlarda ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

– o‘smir qizlarni majburiy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tka-

zilishini tizimli asosda olib borishni kengaytirish va sifatini oshirish.

2) Nikohdan o‘tuvchi shaxslarni nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik

bilan to‘liq qamrab olish va aniqlangan bemorlarni davolash.

3) Ayniqsa ekstragenital kasalliklar bilan “D” nazoratida tur-

gan, 35 yoshdan oshgan, tug‘ruq intervali 3 yildan kam bo‘lgan



384

fertil yoshdagi ayollarni kontraseptiv vositalarning zamonaviy

turlari bilan qamrab olish.

4) Homilador ayollarga birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘ini

mutaxassislari tomonidan antenatal yordam ko‘rsatishni takomil-

lashtirish.

5) Sog‘liqni saqlashning barcha birlamchi bo‘g‘in muassasalarida

tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy

etish, tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish va bolalikni himoya qilish chora-

tadbirlarini quyidagi dasturlarni bajarish orqali amalga oshirish:

– reproduktiv salomatlikni saqlash;

– samarali perinatal yordam ko‘rsatish;

– yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni birlamchi jonlantirish va par-

varish qilish;

– emizishni targ‘ib qilish;

– bolalar yoshidagi kasalliklarni integratsiyalashgan tartibda

kuzatish;

– bolalarni o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish, oilaviy

ta’lim va boshqalar.

II. Tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza

qilish muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam

ko‘rsatuvchi sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarining

moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash.

III. Aholi o‘rtasida sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbi-

yalash, yoshlarda sog‘lom va ahil oila qurishga, sog‘lom turmush

tarzini olib borishga intilishni shakllantirish bo‘yicha tushuntirish

ishlarini kuchaytirish.

1. Sog‘lom oilani shakllantirish, sog‘lom farzandlarni dunyoga

keltirish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha tibbiyot institutlari va

ilmiy tekshirish institutlari mutaxassislari tomonidan tushuntirish

ishlarini olib borish.

2. Mahallalarda, ta’lim muassasalarida, shuningdek, tashkilot-

larda quyidagilarni:

– nikohdan o‘tuvchi shaxslarni majburiy tibbiy tekshiruvdan

o‘tkazish yo‘li bilan sog‘lom oila qurish;

– tug‘ruq orasidagi muddatni uzaytirish, sog‘lom farzandlar

ko‘rish uchun maqbul yoshga rioya etish;

– istalmagan homiladorlik va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi

nikoh profilaktikasini shakllantirish borasida aholi o‘rtasida tu-

shuntirish ishlarini kengaytirish.




385

3. Respublikaning barcha tug‘ruq muassasalarida yosh onalarni

“Ilk yoshdagi bolalarni parvarishlash asoslari”ga o‘rgatish.

4. Umumta’lim maktablari uchun “Sog‘lom turmush tarzi” va

akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy

ta’lim muassasalari talabalari uchun “Sog‘lom avlod asoslari va

oila” kurslarining yangilangan dasturini ishlab chiqish.

5. Aholining keng qatlamlari uchun sog‘lom turmush tarzi,

oqilona ovqatlanish, reproduktiv salomatlik, sog‘lom oilani shakl-

lantirish masalalari bo‘yicha “Bexatar onalik”, “Sog‘lom oilani

shakllantirish”, “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” mavzularida

bukletlar, plakatlar, broshuralar, eslatma va videoroliklar ishlab

chiqish hamda tarqatish.

IV. Bolalar va o‘smirlarni jismoniy jihatdan bekam-ko‘st hamda

uyg‘un kamol toptirish, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol

yosh avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

1. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini olib

borish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Maktabgacha tarbiya va umumiy ta’lim muassasalarida bola-

larning to‘g‘ri kamol topishi hamda jismoniy yetilishi ustidan

monitoring olib borish.

3. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun “Jozibador tabas-

sum”, o‘smir qizlar uchun “Balog‘at davri” o‘quv-sog‘lomlash-

tirish ishlarini amalga oshirish.

4. Bolalar va o‘smirlarni faol jismoniy faoliyatga jalb qilish,

shuningdek, ularni sport, turistik seksiya va to‘garaklarga qiziqtirish.

V. Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘r-

satayotgan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ayollar va

bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish