Ichak faoliyatini kuzatish
Operatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda ich yurishiga qarab
turish zarur. Operatsiyadan keyingi davrda ko‘pincha ichakda gazlar
to‘planib qolib ich dam bo‘ladi.
Aksari ginekologik operatsiyalarda ichak bevosita shikastlanma-
gani uchun operatsiyadan keyingi davr aseptika sharoitida o‘tganda
ichak peristaltikasi, odatda, ikkinchi kuni asliga kelib, yel chiqib
keta boshlaydi. Bordi-yu, ikkinchi sutka boshlanguncha ham ichak
peristaltikasi asliga kelmay, parez kuchayaversa, bu kasallikka
qarshi kurashish zarur, chunki ichak parezi bemorlarning ahvolini
og‘irlashtirib qo‘yadi. Yel ushlanib qolgan ichak qovuzloqlari
qorinni shishirib, diafragmani yuqoriga surib, bemorning qattiq
halloslashiga, bo‘g‘ilib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ich dam bo‘lishi (meteorizm)ga barham berishdan oldin uning
sababini mumkin qadar aniqroq bilish kerak. Ichakda gazlarning
ushlanib qolishi: ichak atoniyasiga; to‘g‘ri ichak sfinkterining
spazmiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ichak atoniyasida qorinni auskultatsiya qilish hech narsa yo‘qdek
taassurot beradi. Ozg‘in ayollarning ichak peristaltikasi yupqa qorin
devori orqali sezilmaydi; qorinda sanchiqsimon og‘riq turishini
bemor odatda his qilmaydi.
To‘g‘ri ichak sfinkterining spazmida butunlay boshqacha manza-
rani ko‘ramiz. Yuqorida qayd etilgan belgilarga qarab, bemorga bir-
dan davo buyuriladi. To‘g‘ri ichak sfinkterining spazmida gaz chi-
qishiga to‘sqinlikni yengish uchun to‘g‘ri ichakka trubka qo‘yish
tavsiya etiladi. Shu maqsadda to‘g‘ri ichakka uzunligi 15 sm keladigan
naycha kiritiladi, bu naychaning uchi to‘g‘ri ichak ampulasiga kirib
turadigan bo‘lishi kerak. To‘g‘ri ichak sfinkterining spazmi ko‘pincha
og‘riq refleksining oqibati bo‘lgani uchun ba’zan narkotik moddalar
(morfinli shamchalar) buyurish yaxshi samara beradi.
Ichak atoniyasida moychechak (romashka) yoki soda eritmasi
(0,5%) dan iliq sifonli huqnalar, glitserinli huqnalar (1 stakan
suvga 15 ml glitserin), giðertonik huqnalar (1 stakan suvga 1 osh
qoshiq osh tuzi) qilish, qoringa grelka qo‘yib yoki ba’zan shifo-
korlar tavsiyasiga ko‘ra, yorug‘lik vannalari qilib, qorinni isitish
382
maslahat beriladi. Bu tadbirlar ham ichak peristaltikasining tikla-
nishiga yordam beradi.
Dorilardan pituitrin R (1 ampula) teri ostiga yuborish mum-
kin, ba’zan atropin sulfat (kuniga ikki mahal) teri ostiga yuboriladi.
Qayd etilgan tadbirlar foyda bermasa va tegishli belgilar borligi
sababli ichakda mexanik to‘siq (ileus) paydo bo‘lgan yoki peritonit
kelib chiqqan deb gumon qilinsa, qorin devorini ochib (relapar-
tomiya) operatsiya qilish bemorni o‘limdan saqlab qolishning bir-
dan bir chorasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |