Orqa miya anesteziyasi
Bu anesteziya uchun taxminan 14 sm uzunlikdagi mandrenli
orqa miya ignasi tayyorlanadi. Orqa miya kanaliga katta operatsiyalar
uchun 3 ml, kichik operatsiyalar uchun 2 ml eritma olinadi.
Novokain eritmasi yaxshi yuborilsa, anesteziya deyarli ketma-
ket boshlanib, 40 minutdan 1 soatgacha davom etadi. Orqa miya
anesteziyasida bemor qusishi, boshi qattiq og‘rishi, bosh og‘rig‘i
ba’zan juda uzoq davom etishi va yurak faoliyati susayib qolishi
mumkin. Yuqorida aytilgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish
uchun “yengil” eritmalar deb nomlanadigan eritmalarni ishlatgan
ma’qul (96° li spirtning 10 %li eritmasida tayyorlanadigan 5 %li
novokain eritmasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |