Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet431/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Umumiy narkoz. 

Umumiy ingalatsion narkoz ko‘proq qo‘l-

laniladi, bunda bemor narkotik moddalarning bug‘lari bilan nafas

oladi. Odatda, narkoz sifatida efir ishlatiladi, kichik operatsiyalar

uchun esa, ba’zan xloretil qo‘llaniladi.

Efir tiniq suyuqlik bo‘lib, g‘alati hidi bor, u juda tez bug‘la-

nib, badanni qattiq sovitadi; efir oson alangalanadi, shu sababli

uni olovdan ehtiyot qilish kerak. Efir ochiq bankada va yorug‘da

turganda tez parchalanadi.

Narkozga 20—30 minut qolganda bemorni tinchlantirish va

yaxshiroq uxlatish uchun terisining ostiga morfin yoki pantopon

yuborish, shuningdek, nafas yo‘llari shilliq pardasining sekretor




374

funksiyasini kamaytirish uchun atropin berish kerak. Umumiy

narkozdan ilgari bemorlarga veronal berish tavsiya etiladi. Veronal

yurakka yaxshi ta’sir etadi va tez uxlatadi. Bemor operatsiya xonasi-

ga g‘ildirakli aravachada keltiriladi.

Narkoz berishni boshlashdan oldin narkoz stolchasida hamma

narsa tayyorligini, ya’ni efir (yetarli miqdorda), niqoblar, tom-

chilovchi idishlar, og‘izni kengaytirgich, metall napalchik, korn-

sang, tog‘orachalar, fonendoskop, inyeksiya shprisi, vazelin,

shuningdek, teri ostiga yuboriladigan dorilar: kamfora, kofein,

adrenalin, strofantin, lobeli borligini tekshirish kerak.

So‘nggi yillarda narkoz berish uchun maxsus mukammalroq

apparatlar ishlab chiqarilmoqda, bu apparatlarda efir kislorod bi-

lan aralashtirib beriladi.

Kislorod-efir narkozi sof efir narkoziga nisbatan quyidagi af-

zalliklarga ega:

– efir ikki baravar kam yutiladi;

– bemor organizmi kislorodga to‘yinadi;

– operatsiyadan keyingi davrda nafas yo‘llarining kasalliklari

kam uchraydi;

– narkoz bemorni kamroq bezovta qiladi.

Ichki a’zolar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak)ning og‘ir kasal-

liklarida efir narkozi tavsiya etilmaydi.

Xloretil hidsiz bo‘lib, narkoz tez boshlanadi va bug‘lari kirish-

dan to‘xtashi bilan narkoz tez yo‘qoladi. Xloretilni uzoq muddat

ishlatish yaramaydi, chunki nafas markazi falajlanishi va yurak

to‘xtab qolish ehtimoli bor. Xloretil bilan ingolatsiya qilish uchun

oddiy niqob ishlatish mumkin; bunda xloretilli shisha ampula

og‘zini niqobning doka qavatiga yaqin tutinishiga qarab tutish kerak.

Efir narkozi kabi xloretil narkozida ham olovdan ehtiyot bo‘lish

lozim, chunki xloretil bug‘lari oson alangalanib ketadi.

Barbituratlar guruhiga oid geksenal va tiopental-natriy, so‘nggi

yillarda keng rasm boldi. Bu preparatlar, odatda, narkoz bera

boshlash uchun, shuningdek, ba’zan asosiy narkoz uchun ham

qo‘llaniladi. Odatda, venaga yuboriladi, lekin ularni ichirish,

to‘g‘ri ichak orqali va muskullar orasiga yuborish ham mumkin.

Zarurat tug‘ilganida narkozni to‘xtatishning iloji yo‘qligi sababli

so‘nggi usullar keng rasm bo‘lmadi.

Geksenal ampulalarda ishlab chiqariladi. Bu achchiq, kristalik

oq kukun. Havo tekkanda geksenal tez parchalanadi, shu sababli




375

eritmasi zaruriyatga qarab tayyorlanishi kerak. Geksenalni tomchi-

latib yuborish uchun 1% li 200 ml eritmasi tayyorlanishi lozim.

Hozir murakkab jarrohlik operatsiyalarda potensiallangan

narkoz tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu narkozda og‘riq qoldiruvchi

turli moddalar neyropleptik va kuraresimon moddalar bilan birga

ishlatiladi.

Potensiallangan narkozda narkoz muddati uzayadi va narkoz

chuqurroq bo‘ladi, shu sababli shok kelib chiqish xavfi kamayadi.

Gaz narkozining boshqa turlari ham ishlatiladi (azot (I)-oksid

N

2

O, ftorotan, siklopropan). Intratraxeal narkozning yuqorida sa-



nab o‘tilgan turlarini, odatda, anesteziologiyadan maxsus o‘qitil-

gan shifokorlar berishlari kerak.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish