Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

GEMORRAGIK SHOK

Akusherlikda qon ketishi keyingi yillarda onalar o‘limining

sababchisi sifatida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ayniqsa,

ekstragenital kasalliklar, homiladorlikda uchraydigan giðertenziv

sindrom fonida yuzaga kelgan akusherlik qon ketishlar xavfli bo‘-

lib, 60–70% hollarda onalar o‘limiga sabab bo‘ladi.

Gemorragik shok (GSh) – o‘tkir qon ketishi oqibatida yuzaga

keladigan terminal holat bo‘lib, qisqa vaqt ichida ko‘p qon yo‘-

qotilishi, aylanib yuruvchi qon hajmining (AYuQH) qon tomir

hajmiga mos kelmasligi to‘qima giðoperfuziyasi va hayot uchun

muhim a’zolar yetishmovchiligi bilan o‘tadigan og‘ir patologik

holat, ya’ni markaziy asab tizimi faoliyatidagi og‘ir o‘zgarishlar

oqibatida organizm hayoti uchun barcha muhim funksiyalarning

keskin rivojlanib boruvchi pasayishiga shok deyiladi. “Shok” – in-

glizcha so‘z bo‘lib “zarba”, “turtki” ma’nosini anglatadi.

Shokni qon bosimining keskin pasayishi, qon-tomirlar to-

nusining tushib ketishi oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir rivojla-

nuvchi qon tomir yetishmovchiligi – kollapsdan farq qila bilish

kerak.

Ularning klinik ko‘rinishi juda yaqin bo‘lsa ham, patogenezi



turlicha. Shokda dastlab markaziy asab tizimi tomonidan buzi-

lishlar boshlansa, kollapsda esa yurak-qon tomir tizimida o‘zga-

rishlar sodir bo‘ladi.

Shokda ikki faza tafovut qilinadi: erektil (qisqa muddatli,

beqaror) va torpid fazalari.



283

Akusherlik amaliyotida shokning erektil fazasi ko‘pincha ruhiy

qo‘zg‘alishlar bilan bog‘liq. Tug‘uvchi ayolning tug‘ruqdagi og‘riq-

dan o‘ta asabiylashuvi, qo‘rqishi, uning kuchli ruhiy qo‘zg‘alishiga

olib keladi, natijada muvozanatni, mo‘ljalni yo‘qotadi, hushidan

ketadi. Bu faza juda kam davom etadi va tezda torpid fazasiga o‘tadi.

Shokning torpid fazasi, odatda, 3 darajaga bo‘linadi.

I daraja (yengil) – sistolik arterial qon bosimi 90–100 mm

simob ustuniga qadar pasayadi, yurak urishi bir daqiqada 90–100

marotaba, yengil tormozlanish holati, reflekslarning pasayishi

kuzatiladi.

700 dan 1300 ml gacha aylanib yuruvchi qon hajmining

(AYuQH) 15–25% miqdorida qon yo‘qotadi. Dastlab qonning

tomirlarda taqsimlanishi va shaklli elementlarning depo a’zolardan

chiqishi kuzatiladi.

II daraja (o‘rta og‘irlikdagi shok) – arterial bosim 80–90 mm

simob ustunigacha pasayadi, puls 110–120 tagacha tezlashadi,

hushi o‘zida, lekin kuchli tormozlanish holatida, nafas olish tez-

lashadi, yuzaki bo‘ladi. Qon yo‘qotish 1300–1800 ml gacha,

ya’ni AYuQH ning 25–30% ni tashkil etadi.

III daraja (og‘ir, dekompensatsiya darajasi) – sistolik arterial

bosim keskin 60–70 mm simob ustuniga qadar pasayadi, umumiy

ahvol juda og‘irlashadi, teri yuzasi oqargan, butunlay tormozlan-

gan, ter bosgan, yuzaki vena qon tomirlari teri ostidan bilinmaydi.

2000–2500 ml yoki AYuQH 35 va undan ortiqroq foiz qon

yo‘qotganda kuzatiladi.

Agarda ahvol og‘irlashib ketaversa, o‘z vaqtida shokka qarshi

kurash chora-tadbirlari ko‘rilmasa, terminal holatlar yuzaga

keladi, organizmning hayot uchun muhim funksiyalari o‘la

boshlaydi.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish