Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Piskachek usuli. 

Bachadonning pastki segmenti chap qo‘lda

ushlanib qisiladi (bosh barmoq bir tomondan, to‘rt barmoq ik-

kinchi tomondan qo‘yiladi), shu payt bachadon arteriyalari va ve-

nalari qisilib, puchayadi. Ayni vaqtda, bachadon tubi o‘ng qo‘lda

uqalanadi.



Genter usuli. 

Krovatning bosh

tomoni pastga tushiriladi; bacha-

donning pastki segmenti Piskachek

usulidagi kabi siqiladi, bachadon

yuqoriga qattiq tortiladi va shu bilan

bir vaqtda, bachadonning siqilgan

pastki segmenti umurtqa pog‘onasiga

taqab bosiladi (135-rasm). Ta’sirni

kuchaytirish uchun bachadon bo‘sh

qo‘l bilan uqalanadi. Bachadon shu

holatda 10–15 daqiqa ushlab turiladi. Shu payt bachadon tomirlari

qisiladi, aorta bachadonning pastki segmenti bilan umurtqa po-

g‘onasiga taqab bosiladi. Natijada, bachadon qonsizlanib, qisqa-

radi.

135-rasm. 

Bachadonning pastki

segmeptini umurtqa pog‘onasiga

bosib turish.




280

3. Qon ketishi davom etgan taqdirda

bachadon qo‘lda tekshiriladi (ilgari tekshiril-

magan bo‘lsa) va qon laxtalari, parda va

platsenta bo‘laklari (bachadonda bo‘lsa) olib

tashlanadi, so‘ngra qo‘lni bachadondan ol-

may turib, tashqi-ichki uqalanadi. Ichkarida-

gi qo‘l mushtum qilinadi, tashqaridagi qo‘l

esa bachadon tubini qorin devori orqali uqa-

laydi (136-rasm).

4. Qorin aortasini bosib turish. Ro‘y-rost

giðotoniya (atoniya) da bachadonni qonsiz-

lantirish maqsadi bilan aortani bosib turish

tavsiya etiladi. Tuqqan ayolning yon tomonida turib, musht qilin-

gan o‘ng qo‘l asosiy falangalarining dorzal yuzasi bilan qorin

aortasi qopin devori orqali umurtqa pog‘onasiga bosiladi (137-

rasm). Qo‘l charchab qolsa, aortani bosib turgan o‘ng qo‘lining

bilak-kaft bo‘g‘imini chap qo‘l bilan ushlab, yordam beriladi.

Aortani ikkala qo‘l barmoqlari bilan (Biryukov usuli) yoki qattiq

bintlanadigan valik bilan (138-rasm), umurtqa pog‘onasiga taqab

bosish mumkin.

5. Bachadonni tamponlash (tamponada). Yuqorida ko‘rsatilgan

choralar vaqtincha natija bersa yoki natija bermasa, bachadon bo‘s-

hlig‘i keng doka bint bilan tamponada qilinadi. Tampon tomirlarda

tromblar hosil bo‘lishiga va bachadon muskullarining qisqarishiga

yordam beradi. Tamponning salbiy tomoni shuki, infeksiya kirishi

ehtimol. Shu sababli tamponadada aseptika qoidalariga  jiddiy rioya

qilinadi. Tashqi jinsiy organlar akusherlik operatsiyalari uchun

qabul qilingan qoidalarga muvofiq tozalanadi; qinga keng ko‘zgular

kiritiladi, bachadon bo‘yni pulevoy qisqich bilan ushlanadi va




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish