tashkiliy masalalariga e’tibor qaratish lozim.
1. Turli hajmda qon yo‘qotgan ayolni qabul qilishga tayyor
bo‘lgan sharoit yaratish lozim. Har xil guruhdagi qon zaxiralarni
286
2. Tug‘ruq bloki xodimlari qon ketish sabablari, yo‘qotilgan
qon hajmi, qon ketish tezligi, bemorning og‘ir holatida yordam
berishning prinsiðial sxemasini bilishlari lozim.
3. Jarrohlikka doir asbob-uskunalar va tibbiy asboblar yurak
o‘pka reanimatsiyasi uchun kerakli asboblar, o‘pka sun’iy venti-
latsiyasi (O‘SV) apparati tayyor holda bo‘lishini ta’minlash.
4. Hayotiy muhim bo‘lgan organlar faoliyatini ekspress diag-
nostika qilishga sharoit yaratish.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra
500 ml yoki undan ko‘p qon yo‘qotish tug‘ruqdan keyingi qon
ketish deb qabul qilinishi mumkin.
Tuqqan ayollarda massiv qon ketishida quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:
1. Kislorodni adekvat uzatilishini ta’minlash (intranazal kateter-
lar, spontan yoki sun’iy o‘pka ventilatsiyasi, traxeya intubatsiyasi).
2. Hayot uchun muhim ko‘rsatkichlar – puls, A/B, nafas soni
es-hush holatini baholash va unga asoslanib, qon ketish og‘irlik
darajasini va taxminiy hajmini aniqlash.
3. Bir vaqtning o‘zida vena punksiyasi va kateterizatsiya qilinadi.
Dastlab tirsak venasidan boshlanadi, qon eritrotsitlar antigenlari
bo‘yicha guruhni aniqlash uchun olinadi (agar avval aniqlanma-
gan bo‘lsa), umumiy klinik tahlil (Hb, Ht, eritrotsitlar, trom-
botsitlar), biokimyoviy tekshiruv (kreatinin, kaliy, natriy, xlorid-
lar, kislota-ishqor muvozanati, umumiy oqsil) va koagulopatik
tekshiruv (protrombin indeksi va vaqti, fibrinogen ivish vaqti)
uchun olinadi. 30–60 daqiqa davomida 1 litr yangi muzlatilgan
plazma quyiladi.
4. Giðovolemiya darajasini qayta baholash kristalloidlarni 1–2
litr hajmda A/B ko‘tarilguncha va stabillashguncha, ya’ni 60 mm
sim. ustunidan past bo‘lmagan darajaga yetguncha quyish.
5. Giðokoagulatsiya qon ketishi saqlangan holda, yangi muzla-
tilgan plazma quyishni davom ettirish, transfuziya hajmini 2 litr-
gacha yetkazish.
6. Siydik pufagiga kateter qo‘yish.
7. Gemodinamikaning stabillashuviga erishish.
8. 2 litrdan yoki AKHning 30% dan ko‘p qon yo‘qotilganda
gemodinamika ko‘rsatkichlari turg‘un bo‘lmasa, konyuktiva oqarib
borishi kuzatilganda, eritrotsitlar quyish, bir xil guruhli eritrotsitar
massa bo‘lmaganda O (I) pH manfiy eritrotsitlar quyilishi mumkin.
287
9. Bemorni ixtisoslashgan bo‘limga ko‘chirish vaqtini qisqarti-
rish.
10. Barcha eritmalar isitilgan holda, bemor tana haroratini 37
0
C gacha ko‘tarib quyish kerak.
Qonni to‘xtatish maqsadida yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratish, in-
strumental yoki qo‘l bilan bachadon bo‘shlig‘ini nazorat qilish,
bachadonni himoyalab ichki va tashqi massaj qilish, vaqtincha
Baksheyev bo‘yicha parametriyga klemma qo‘yish usullari
qo‘llaniladi. Shu bilan birga bachadonni qisqartiruvchi vositalarni
vena ichiga yuborish maqsadga muvofiqdir. Bular metilergometrin
yoki oksitotsin 1,0 tezlik bilan vena ichiga yuborish. Oksitotsin yu-
qori dozalarda 25–30 TB (5,0–6,0) 400 ml natriy xlorid aralash-
masi bilan tomchilab yuborish mumkin. Bu aralashmani yuborish
tezligini bachadon qisqarishi nazoratida o‘zgartirsa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: