Sangemeyster o‘lchami
– homila boshining oldingi yuzasi va
Mixaelis rombining yuqori burchagi orasidagi masofa. Bu o‘lcham
tazomer yordamida o‘lchanadi. Sangemeyster o‘lchami tashqi
konyugata bilan solishtiriladi. Odatda tashqi konyugata, ya’ni sim-
fizning yuqori qirrasidan Mixaelis rombining yuqori burchagigacha
bo‘lgan masofa 20–21 sm ga teng bo‘ladi.
Sangemeyster o‘lchami quyidagicha aniqlanadi: ayol yoni bilan
yotqizilib, avval tashqi konyugata o‘lchanadi, so‘ngra tazomerning
oldingi tugmachasi simfizdan homila boshining oldingi yuzasining
turtib chiqqan nuqtasiga ko‘chiriladi (orqadagi tugmacha joyida tura-
di). Homila boshi chanoqqa mos kelgan taqdirda, Sangemeyster
o‘lchami tashqi konyugatadan 3–4 sm kam bo‘ladi. Homila boshi
chanoqqa qisman mos kelmaganda, Sangemeyster o‘lchami tashqi
konyugata bilan teng bo‘ladi. Homila boshi chanoqqa mutlaq mos
kelmasa, Sangemeyster o‘lchami tashqi konyugatadan katta bo‘ladi.
Funksional jihatdan tor chanoq homila boshi va chanoq o‘l-
chamlarining mos kelmasligi jihatidan 3-darajaga bo‘linadi (Kolga-
nova bo‘yicha).
1-darajasi
funksional tor chanoq kuzatilganda: tug‘ruq mexa-
nizmi va homila boshining suqilishi xususiyatlari normal tug‘ruq
mexanizmiga mos bo‘ladi, homila boshi yaxshi konfiguratsiyalanadi.
Vasten belgisi manfiy, Sangemeyster o‘lchami tashqi konyugata-
dan kam, tug‘ruq kuchi normal bo‘lib, tug‘ruq 2–4 soatga cho‘-
ziladi. Ko‘pincha bu darajasi tug‘ruq paytida aniqlanishi qiyin.
2-darajali
funksional tor chanoq (nisbiy mos kelmaslik) bel-
gilari: tug‘ruq mexanizmi va homila boshining suqilish xususiyatlari
anatomik tor chanoq shakliga mos keladi, homila boshi keskin
konfiguratsiyalanadi, homila boshi kichik chanoq tekisliklarida uzoq
turib qoladi, siydik pufagining qisilishi, Vasten belgisi “baravar”,
Sangemeyster o‘lchami tashqi konyugata o‘lchamiga teng bo‘lishi,
tug‘ruq kuchlarining susayishi, ko‘pincha to‘lg‘oq sustligi bilan ifo-
dalanadi. Tor chanoqning bu shakli funksional tor chanoqlarning
40% ni tashkil qiladi. 20% hollarda ayollar o‘zlari mustaqil ravishda
273
tug‘ishi, qolgan 80% hollarda u yoki bu turdagi akusherlik ope-
ratsiyalari yordamida tug‘diriladi (kesar kesish operatsiyasi, va-
kuum ekstraksiya, kraniotomiya va h.k.).
3-darajali
funksional tor chanoq (mutlaq mos kelmaslik);
bunday holda tug‘ruq biomexanizmi chanoq torayish shakliga xos
emas, boshning konfiguratsiyasi sezilarli emas yoki butunlay ku-
zatilmaydi, Vasten belgisi musbat, Sangemeyster o‘lchami tashqi
konyugatadan katta, siydik pufagining qisilish belgilari namoyon
bo‘ladi, bachadon bo‘yni to‘liq ochilmasdan to‘lg‘oq boshlanadi.
Tug‘ruq kuchlari normal, bachadon bo‘yni to‘liq ochilgan bo‘-
lishiga qaramay homilaning ilgarilanma harakatlari sust yoki umu-
man yo‘q, bachadon yorilish xavfi belgilari paydo bo‘ladi (bacha-
don qum soati shakliga kiradi, kontraksion halqa kindikdan ancha
yo‘qorida va qiyshiq joylashadi, ayollarda o‘limdan qo‘rqish hissi
paydo bo‘ladi, qorin sohasining pastki qismida kuchli og‘riq se-
ziladi).
Funksional tor chanoqning bu darajasida tug‘ruq faqat kesar-
kesish operatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |