Chala tug
‘
ishni davolash va tug
‘
ruqni boshqarish.
Tug‘ruq
alomatlari boshlangan paytda chala tug‘ishning oldini olish uchun
choralar ko‘rishga harakat qilish, tug‘ruq jarayonini to‘xtatish
mumkin.
Ayolni tug‘ruqxonaning patologiya bo‘limiga yotqiziladi. Qat’iy
o‘rinda yotish buyuriladi. Uyquning normal bo‘lishi va davolash
muhofaza rejimini saqlash katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir
vaqtda, bachadon mushaklari qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiruvchi
dorilar qo‘llaniladi. Bular vitamin E, magniy sulfat eritmasi, to-
kolitik preparatlardan partusisten 0,5 mg, ritodrin 1 mg va bosh-
qalar. Ritodrin 1 mg 250–400 mg natriy xlor eritmasi bilan vena
ichiga yuboriladi. Qon bosimi pasayib, ko‘ngli aynishi, qusish,
bosh og‘rishi bilinadi. Shamchalardan papaverin gidroxlorid, in-
dometatsinli shamchalar qo‘llaniladi.
Fizioterapevtik usullardan: endonazal galvanizatsiya, elektrofa-
rez Mg bilan bachadon elektrorelaksatsiyasi qo‘llaniladi.
Asab tizimiga ta’sir qiluvchi (bromidlar, valeriana, trioksazin)
askorbinat kislotasi (200–300 mg) sutkasiga, vitamin B
1
(20–30
mg) sutkasiga, vitamin A
1
, PP buyuriladi.
Infantilizmda
– ekstrogenlar (estriol) bilan progesteron buyu-
riladi.
Tug‘ruq jarayoni rivojlangan holda, bu dorilar samarasiz bo‘l-
gan paytda tug‘ruqni quyidagicha davom ettirish kerak.
Chala tug‘ishda akusherlik taktikasi tug‘ruq jarayoni bosqichiga,
homila pufagining holatiga (suv ketgan-ketmaganligi), bachadon
bo‘yni teshigining ochilish darajasiga, infeksiya alomatlari bor-
240
yo‘qligiga, tug‘ruq kuchlarining muntazamligiga ya’ni akusherlik
vaziyatiga bog‘liq.
Chunonchi, agar muntazam tug‘ruq dardlari, infeksiya alo-
matlari, og‘ir ekstragenital patologiya, homila nuqsonlari bo‘lsa,
tug‘ruq faol olib boriladi. Agarda homiladorlik muddati 34 hafta-
gacha bo‘lib, ona va homila ahvoli yaxshi bo‘lsa, muntazam tug‘ruq
kuchlari bo‘lmasa, bachadon bo‘ynining kanali 4 sm dan kam
ochilgan bo‘lsa, kutish pozitsiyasiga amal qilinadi.
Ayol organizmining tug‘ruqqa tayyorligi tekshiriladi. Buning
uchun oksitotsin testi, Xechinashvili usuli, kolpotsitogramma,
ma’lumotlari katta ahamiyatga ega.
Agar qog‘onoq suvlari barvaqt yoki vaqtidan oldin ketgan
bo‘lsa, kutish pozitsiyasi homiladorlikning 34 haftalik muddati-
gacha davom etishi mumkin. Bunday taktika tug‘ruq yo‘llari infek-
siyasi bo‘lmasa, homilaning ahvoli qoniqarli, boshqa akusherlik
patologiya bo‘lmasa, to‘g‘ri hisoblanadi.
Tug‘ruqni olib borishda ona va homilani juda avaylash kerak.
Tug‘ruqning birinchi davri odatdagiday olib boriladi. Ikkinchi
davrda birinchi marta tug‘ayotgan, vulvar halqasi tor, tug‘ruq
yo‘llarining yumshoq to‘qimalari qattiq bo‘lgan ayollarda
Do'stlaringiz bilan baham: |