Chala tug
‘
ishning kechishi.
Chala tug‘ish muddati yetib
tug‘ishga o‘xshaydi. Dard va to‘lg‘oq tutadi, bachadon bo‘yni
tekislanadi, bachadon bo‘ynining teshigi ochiladi, qog‘onoq suv
ketadi, homila tug‘iladi, so‘ngra yo‘ldosh tushadi. Ammo chala
tug‘ish muddati yetib tug‘ishga qaraganda ko‘proq og‘irlashadi.
Avvalo qog‘onoq suvlari barvaqt (va ilk) ketib qoladi, tug‘ruq
kuchlari sust bo‘ladi.
Chala tug‘ishda ko‘proq homilaning chanoq tomoni oldinda
yotadi, homila qiyshiq va ko‘ndalang vaziyatlarni oladi, tug‘ruq
vaqtida va ayniqsa, yo‘ldosh tushish davrida qon ketadi.
Homila asfiksiyasi, tug‘ruq shikastlari – kalla ichining travmasi
va o‘lik tug‘ish, muddati yetib tug‘ishdagiga qaraganda ko‘proq
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |