Nefropatiyaning tasnifi.
Homilador nefropatiyasi badandagi
shishlar, qon bosimining oshishi va siydikdagi oqsil miqdoriga
qarab uch darajaga bo‘linadi.
I darajasi – shish I–II darajali, A/B 150/90 mm simob us-
tuni atrofida.
II darajasi – siydikdagi oqsil miqdori 1 g/l gacha. Shish II–III
darajali, A/B 170/100 mm simob ustunigacha, siydikdagi oqsil
miqdori 3 g/l gacha.
III darajasi – shish III–IV darajali, A/B 170/100 dan ba-
land, kuchli abuminuriya, oqsil miqdori 3 g/l dan ortiq.
Nefropatiyani bundan aniq bo‘linishini barcha olimlar ham tan
olishavermaydi. Chunki, bu holdagi aniq chegaralangan simptom-
lar hozirgi paytda o‘z aksini topmasdan, monosimptomli shakllari
ko‘proq uchramoqda. Shuning uchun homiladorlik nefropatiyasini
yengil (I daraja) va og‘ir (II va III daraja) shakllarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |