Birinchi amal
(53-rasm, a). Ikkala qo‘l
kaftlari bachadon tubiga qo‘yilib, barmoqlari
yaqinlashtiriladi. Pastga tomon avaylab bosib,
bachadon tubining qay balandlikda turganligi
aniqlanadi, shunga qarab homiladorlik mud-
dati haqida fikr yuritiladi. Homilaning
bachadon tubida yotgan qismi (ko‘pincha
chanoq tomoni) birinchi amalda aniqlanadi.
Ikkinchi amal
(53-rasm, b). Homilan-
ing orqasi va mayda qismlari ikkinchi amalda
aniqlanadi; homila orqasining vaziyatiga
qarab uning pozitsiyasi va pozitsiya turi ha-
qida fikr yuritiladi. Ikkala qo‘l bachadon tu-
bidan pastga tomon surilib, kindik to‘g‘-
risigacha olib boriladi va bachadonning yon
yuzalariga joylashtiriladi. Homila qismlari
sekin-asta o‘ng va chap qo‘l bilan paypaslab
ko‘riladi. Chap qo‘l bir joyda tinch turadi,
ikkinchi qo‘l barmoqlari esa bachadonning
chap yon yuzasidan sirg‘antirib boriladi-
da, homilaning shu tomonga qaragan qismi
paypaslanadi. So‘ngra o‘ng qo‘l bachadon
devorida tinch turadi, chap qo‘l bilan esa
homilaning bachadon o‘ng devoriga qa-
ragan qismlari paypaslab topiladi. Homilaning bo‘ylama vaziyatida
bir tomondan orqasi, qarama-qarshi tomondan qo‘l oyoqlari may-
da qismlari paypaslab ko‘riladi. Homilaning orqasi bir tekis may-
donchaga o‘xshab seziladi, mayda qismlari ko‘pincha vaziyatini
o‘zgartiradigan kichkina bo‘rtmalar shaklida qo‘lga seziladi; ba’zan
qo‘l-oyoqlarning ildam, zarbsimon harakatlarini sezsa bo‘ladi.
Uchinchi amal.
Homilaning oldinda yotgan qismini aniqlamoq
uchun uchinchi usul qo‘llaniladi. Akusher homilador ayolning o‘ng
tomonida unga yuzma-yuz turadi. Bir qo‘l (odatda, o‘ng qo‘l) sim-
fizning picha yuqorisidan shunday qo‘yiladiki, bosh barmoq bacha-
don pastki segmentining bir tomonida, qolgan to‘rt barmoq shu
segmentning qarama-qarshi tomonida tursin (54-rasm). Barmoqlar
53-rasm.
Homiladorni tashqi
tekshirish: a – birinchi;
b – ikkinchi amal.
118
sekin-asta va avaylab harakatlantirilib, chu-
qur botiriladi va homilaning oldinda yotgan
qismi ushlanadi. Homila boshi ro‘y-rost
yumaloq shakldagi zich bo‘lakka o‘xshab
paypaslanadi.
Homilaning chanoq tomoni oldinda
yotgan bo‘lsa, yumaloq shaklsiz, katta
hajmli yumshoqroq qism paypaslab topila-
di. Ko‘ndalang va qiyshiq vaziyatlarda ho-
milaning oldinda yotgan qismi ilinmaydi.
Homila boshining harakatchanligini
uchinchi amalda aniqlasa bo‘ladi. Kalta-kalta
yengil zarblar bilan homila boshini o‘ng-
dan chapga va aksincha, chapdan o‘ngga
siljitishga harakat qilinadi; ayni vaqtda tek-
shiruvchi barmoqlar homila boshining «liqillab» turganini sezadi,
takror homilador bo‘lgan ayollarda bu, ayniqsa yaqqol ko‘rinadi.
Homila boshi kichik chanoq kirish tekisligidan qancha yuqorida
turgan bo‘lsa, «liqillash» shuncha yaqqolroq seziladi.
Homila boshi kichik chanoq kirish tekisligida qimirlamay tur-
ganda, shuningdek, homilaning chanog‘i oldinda yotganda «liqil-
lash» aniqlanmaydi.
Tekshirishning uchinchi amalida juda avaylab, ehtiyotkorlik bi-
lan ish ko‘riladi; keskin harakatlar qilinsa, og‘riq seziladi va qorin
oldingi devorining muskullari refleks yo‘li bilan taranglashib tek-
shirishga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |